So’nggi yangiliklar

14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  0 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  0 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  4 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  3 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  0 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  4 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  3 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  4 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  5 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  15 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  6 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  9

"Olmaliq": "Nasaf" bilan o'yinga doir.. Yangiliklar

"Olmaliq": "Nasaf" bilan o'yinga doir..

"Olmaliq" O'zbekiston milliy chempionatida Qarshining "Nasaf" jamoasiga qarshi 17-o'yinini o'tkazadi.

Qarshiliklar bilan o'tgan o'yinlar statistikasiga etibor qaratadigan bo'lsak, ustunlik nasafchilar tomonida bo'lib turibdi. Hozirga qadar o'tgan 16 o'yindan faqat bittasida jamoamiz zafar quchgan. 7 o'yinda durang qayd etilgan bo'lsa, 8 bahsda voha jamoasi g'alaba qozongan. To'plar nisbati 14-26.

Har ikki jamoa safida turli yillarda to'p tepgan futbolchilar borasida to'xtaladigan bo'lsak, ayni damda jamoamiz sharafini himoya etayotgan Islom Inomov 2010 yil "Nasaf" jamoasi tarkibida "Olmaliq"qa qarshi maydonga tushgan. SHuningdek, Rahmatullo Berdimurodov ham raqib jamoa safida faoliyat yuritgan. SHu kabi holat bu yil "Nasaf" safiga qo'shilgan Dilshod Rahmatullaev bilan ham bog'liq. Dilshod 2011 yilgi mavsumda jamoamiz sharafini himoya etgan va voha jamoasiga qarshi maydonga tushgan.

"Olmaliq" - "Nasaf" uchrashuvini boshqarib boruvchi hakam Vladislav Ceytlin bilan ham qiziqarli malumotlar mavjud. 2001 yildan oliy ligada bosh hakamlik qilib kelayotgan Ceytlin shu kungacha "Olmaliq"ning 21 uchrashuvida faoliyat olib borgan ekan. 11 mart kungi o'yin jamoamiz ishtirokida FIFA referisi uchun 22-o'yin bo'larkan. Qiziq tomoni bu bahs Vladislav Grigorevich uchun oliy ligadagi 222-o'yin bo'lib tarix zarvaraqlariga yozilishi mumkin. O'zaro o'yinlar tarixida ham bir marta Ceytlin nomi o'yin qaydnomasidan joy olgan. 2009 yil Qarshi shahrida o'tgan uchrashuvda "Nasaf" 2:1 hisobida g'alaba qozongan. Ceytlin boshqargan "Olmaliq"ning 21uchrashuvidan 5tasi Olmaliq shahrida qayd etilgan. Bunda jamoamiz 2009 yil "Qizilqum" bilan 2:0, 2010 yil "Lokomotiv" bilan 1:1, 2011 yil "Neftchi" bilan 2:1, 2012 yil "SHo'rtan" bilan 2:3 va 2015 yil "SHo'rtan" bilan 3:1 hisobi qayd etilgan. "Nasaf" ishtirokidagi bahslar soni 30ta ekan. SHundan 15tasi ajdarlarning safar o'yinlariga to'g'ri kelgan ekan. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari 15 o'yindan 7tasida g'alaba qozonishgan, 3 o'yin durang va 5 o'yin mag'lubiyat bilan yakun topgan. 2015 yilgi  mavsum bo'yicha hisoblaydigan bo'lsak, "Olmaliq"ning 3 o'yinida bir g'alaba va 2 durang, "Nasaf"ning 4 o'yinida 4 g'alaba qayd etilgan. Jamoamiz safarda "Navbahor" va "Dinamo" bilan durangga erishgan va yuqorida yozganimizdek, Olmaliqda "SHo'rtan" taslim etilgan. "Nasaf" esa o'z maydonida "Lokomotiv"ni 1:0, "Mashal"ni 3:0, safarda "Qo'qon-1912"ni 3:1 va "So'g'diyona"ni 2:1 hisobida taslim qilgan. Darvoqe Vladislav Ceytlinning oliy ligadagi debyut o'yinida ham bu jamoa ishtirok etgan. 2001 yil 10 mart kuni "Nasaf" Bekobod shahrida "Metallurg"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика