So’nggi yangiliklar

19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  0 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   8 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  2 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  8 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  6 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0

"Olmaliq" - "Dinamo". Ustunlik kim tomonda? Yangiliklar

"Olmaliq" - "Dinamo". Ustunlik kim tomonda?

Teglar :  DinamoOlmaliq
Ushbu turning etiborli o'yinlaridan biri Olmaliq va Dinamo o'rtasida o'tkaziladi.

Bu jamoalarning o'zaro so'nggi o'yinlari principial ahamiyatga ega bo'lmoqda.

UCHRASHUV OLDIDAN


Ushbu bahsdan oldin mezbon Olmaliq jamoasi turnir jadvalida 12-o'rinni band etgan bo'lsa, Dinamo jamoasi 4-pog'onadan joy olgan. Viktor Kumikov shogirdlari so'nggi turda Farg'onada Neftchi bilan 1:1 hisobidagi durang qayd etishdi. Dinamo ham bu borada bugungi raqibidan qolishmadi – So'g'diyona bilan bahs 2:2 hisobida yakunlandi. Qayd etish kerak, Olmaliq singari Dinamo ham so'nggi ikki tur uchrashuvida durang natija qayd etdi.

ESKI TANISHLAR…

Bugungi kunda Olmaliq safidagi bir qator futbolchilar Dinamo muxlislari uchun begona emas.

Jumladan, olmaliqliklar hujumchisi Kamoliddin Murzoev 2015 yilgi mavsumning ikkinchi qismini Dinamo safida o'tkazib, Samarqandda ajoyib o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan edi. Mavsum yakunida jamoa quyi ligaga ravona bo'lgan bo'lsada, Murzoev Dinamo to'purariga aylangan edi.

SHuningdek, Olmaliq yarimhimoyachisi Dilshod Jo'raev ham Oliy Ligadagi debyutini 2012 yilda Dinamo safida amalga oshirgandi.

Olmaliqliklar chap qanot himoyachisi Rahmatullo Berdimurodov ham 2012 yilgi mavsumda Dinamo safida to'p surgan.

Darvoqe, o'tgan mavsum Birinchi Ligada Dinamo sharafini himoya qilgan Viktor Klishin ham bugungi kunda Olmaliq jamoasi hujumchisi sanaladi.

O'YINNI QOSIMOV BOSHQARADI

Oliy Liga 9-turi doirasidagi uchrashuvlarni boshqarib boradigan hakamlar brigadalari ro'yxati elon qilindi.

PFL malumotlariga binoan, 6 may kuni Olmaliq shahrida o'tadigan Olmaliq - Dinamo uchrashuvini boshqarib borish SHerzod Qosimov boshchiligidagi hakamlar guruhiga ishonib topshirilgan. Uchrashuv nazoratchisi etib Alisher Abdullaev tayinlangan bo'lsa, PFK vakili sifatida Ahrol Inoyatov Olmaliqqa boradi.

Oliy Liga. 9-tur. 6 may (shanba)
Olmaliq (Olmaliq) – Dinamo (Samarqand)
Uchrashuv boshlanish vaqti: 18:30.
Hakamlar:
SH. Qosimov (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), R. Abduvohidov (Qarshi)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
O'zPFL vakili:
A. Inoyatov.

O'ZARO O'YINLAR: USTUNLIK MEZBONLARDA

Dinamo jamoasi Oliy Liga doirasida ushbu jamoaga qarshi 16 marta to'qnash kelgan. Ushbu bahslarning 5 tasida Dinamo g'alaba nashidasini surgan bo'lsa, 7 ta o'yin Konchilarning g'alabasi bilan tugagan. 5 ta uchrashuvda esa jamoalar murosa yo'lini tanlashgan.

O'zaro o'yinlardagi gollar nisbati 22:18 ko'rinishida, olmaliqliklar foydasiga. Bahslar davomida Olmaliq 25, Dinamo 19 ochkoni qo'lga kiritgan. Dinamoning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 4:2 ga teng. Olmaliqning eng yirik g'alabasi esa 3:1 natijasidir.

Dinamo so'nggi marta bundan besh yil avval 2012 yilda Olmaliqdan 1:2 hisobidagi g'alaba bilan qaytgan. So'nggi bahslarda esa mezbonlarning ustunligi ko'rinmoqda.

Olmaliqda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

01.06.2015 Olmaliq - Dinamo 3:0
02.10.2014 Olmaliq - Dinamo 2:1
23.10.2013 Olmaliq - Dinamo 3:2
25.06.2012 Olmaliq - Dinamo 1:2
13.08.2011 Olmaliq - Dinamo 1:1

FAKT...

Dinamo - Olmaliq o'rtasidagi so'nggi o'yin 2015 yilgi mavsumning so'nggi turida Samarqandda o'tkazilib, ushbu bahsda 1:0 hisobida g'alaba qozonayotgan dinamochilar so'nggi soniyalarda gol o'tkazib yuborgan va aynan Olmaliq Bahrom Hakimov boshchiligidagi Dinamoni Birinchi Ligaga ravona qilgan edi.

Dinamo klubi matbuot xizmati.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика