"Olmaliq": Asosiy tarkibda durang, yoshlarda esa mag'lubiyat
28 iyu 2016 10:56
Yangiliklar
"Olmaliq": Asosiy tarkibda durang, yoshlarda esa mag'lubiyat
Paxtakor Markaziy stadionida bo'lib o'tgan bahsda kuchlar teng keldi. SHerzod Karimov tomonidan urilgan golga jamoamizdan Mo'ydin Mamazulumov javob qaytardi. Birinchi taymda Mamazulumov penaltidan ham unumli foydalana olmadi. Bu jamoamizning ikkinchi davra arafasida so'nggi nazorat o'yini bo'ldi.
Bu o'yinda jamoamiz quyidagi tarkibda maydonga tushdi.
"Olmaliq": Umid Xonimqulov, Xurshid Muxtorov, Evgeniy Gogol, Saidkomil Akbarov, Hasan Asqarov, Otabek Valijonov, Rahmatillo Berdimurodov, Murod Rajabov, Diyor Turopov, Zohir Pirimov, Mo'ydin Mamazulumov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Nikita SHkvirin, Muhammad Isaev, Doniyor Ismoilov, Doston Abdurahmonov, Ruslan Vagapov, Timur Usmonov, Islom Inomov, Yahyo Ro'ziev.
Bugun shuningdek, yoshlar jamoamiz ham navbatdagi nazorat o'yinini o'tkazdi. Bekobod shahrida "Metallurg" yoshlariga qarshi uchrashuvda 3:1 hisobida mezbonlar zafar quchishdi. Jamoamizdan yagona golni Qadamboy Nurmetov kiritdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar