Oliy ligada 10-tur yakunlari
15 may 2017 15:24
Yangiliklar
Oliy ligada 10-tur yakunlari
Dastlab 10-tur natijalarini yodga olsak:
12 may (juma)
"Metallurg" - "So'g'diyona" 3:1
"Paxtakor" - "Buxoro" 2:1
"Navbahor" - "Qo'qon-1912" 1:1
"Neftchi" - "Obod" 1:0
"SHo'rtan" - "Bunyodkor" 1:0
13 may (shanba)
"Mashal" - "Olmaliq" 0:0
"Lokomotiv" - "Qizilqum" 2:0
"Dinamo" - "Nasaf" 1:1

Turning muhim voqealari:
- Bu turda darvozalarga jami 15ta to'p kiritildi: 11ta mezbonlar, 4ta mehmonlar. Bitta uchrashuvda darvozalarga umuman gol urilmadi: "Mashal" - "Olmaliq" 0:0. Bundan tashqari, to'rtta o'yinda mehmonlar gol ura olishmadi. Bular - "Obod", "Bunyodkor", "Olmaliq" va "Qizilqum" futbolchilari.
- 10-turda ikki futbolchi penaltidan foydalana olmadi: "Mashal" himoyachisi Sardor Rahmonov bilan "Qizilqum" etakchisi Ilhom Yunusov.
- Eng ko'p gol "Metallurg" - "So'g'diyona" (3:1) o'yinida kuzatildi - to'rtta.
- Bu turda hech bir futbolchi dubl yoki xet-trik qayd etmadi.
- Eng ko'p sariq kartochka ikkita bahsda kuzatildi. "Mashal" - "Olmaliq", "Lokomotiv" - "Qizilqum" uchrashuvlarida 7 nafardan futbolchi ogohlantirildi.
- "SHo'rtan" - "Bunyodkor" bahsida hech bir jamoa futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatilmadi.
- PFLga taqdim etilgan qaydnoma bo'yicha eng ko'p muxlis "Navbahor" stadioniga tashrif buyurdi - 20220 nafar. Eng kam muxlis esa "Netfich" ishtirokidagi bahsga keldi - 758ta.
- 10-turda hech kim "qizil" olmadi.
Bazi qiziqarli malumotlar:
- "Lokomotiv"ning ketma-ket mag'lubiyatsiz seriyasi 5ta o'yinga etdi: to'rt g'alaba, bir durang.

- "Nasaf" safarda ketma-ket ikkinchi marta durang o'ynadi.
- Uch yillik tanaffusdan so'ng yana "Bunyodkor"ga qaytgan Mirjalol Qosimovning debyuti o'xshamadi. Jamoa G'uzorda "SHo'rtan"ga 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi.
- "Qizilqum"ga penaltidan to'p kiritgan "Loko" hujumchisi Marat Bikmaevning gollari soni 10taga etdi. U to'purarlar poygasida birinchi o'rinda bormoqda. Ikkinchi o'rindagi Dragan CHeran ("Nasaf") hisobida 6ta gol bor.
- Kemat-ket ikki mag'lubiyatdan so'ng "Paxtakor" keyingi uchta o'yinni yutqazmadi va 7 ochko jamg'ardi.

- "Qizilqum"ning g'alabasiz seriyasi qatorasiga beshta o'yinga etdi: to'rt durang va bir mag'lubiyat.
- Nihoyat, "Metallurg" mavsumdagi ikkinchi g'alabasini nishonladi. Jamoa bungacha beshta o'yindan beri uch ochkoli bo'la olmay kelayotgandi.
- "SHo'rtan" bu yil gol o'tkazmasdan Toshkentning uchala grandini ham mag'lub etdi. "SHo'rtan" - "Lokomotiv" 2:0, "SHo'rtan" - "Paxtakor" 3:0, "SHo'rtan" - "Bunyodkor" 1:0.
- Aytgancha, "SHo'rtan"ning "Bunyodkor" ustidan g'alaba qozonishi ketma-ket uchta mag'lubiyatdan so'ng ro'y berdi.

- "So'g'diyona"ning safar o'yinlaridagi g'alabasiz seriyasi davom etmoqda: ikki durang, to'rt mag'lubiyat.
- Va nihoyat, 10-turga kelibgina "Neftchi" o'z maydonidagi ilk g'alabasini tantana qildi. Jamoa autsayder "Obod"ni zo'rg'a 1:0 hisobida mag'lub etdi.

- So'nggi daqiqalarda belgilangan penalti "Qo'qon-1912"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. SHu tariqa jamoaning mag'lubiyatsiz seriyasi 9ta o'yinga etdi.
- "Mashal" ketma-ket ikki o'yindan beri gol ura olmayapti. Agar Sardor Rahmonov penaltidan to'p kiritganida "Olmaliq" mag'lub etilishi ham mumkin edi.

- "Olmaliq" oxirgi to'rtta uchrashuvda uchinchi marta durang o'ynadi. Viktor Kumikov Muborakda sobiq jamoasini enga olmadi.
- "Obod"ning g'alabasiz seriyasi davom etmoqda. Rauf Inileev shogirdlari ketma-ket ettinchi o'yinda ham g'olib bo'la olishmadi.
- "Navbahor" safarda "Paxtakor"ga yutqazganidan beri uyda ikkita o'yin o'tkazib, ikkalasida ham durang o'ynadi.
- "Dinamo" o'z maydonida "Nasaf"ni enga olmadi, lekin yutqazib ham qo'ymadi. Jamoa oxirgi to'rt uchrashuvda uchinchi marta durangga erishdi.

Muxlislar tashrifi (O'yinlar qaydnomasiga ko'ra):
1. "Navbahor" - 20220
2. "Dinamo" - 10100
3. "Paxtakor" - 5650
4. "SHo'rtan" - 3221
5. "Mashal" - 2021
6. "Lokomotiv" - 1155
7. "Metallurg" - 1112
8. "Neftchi" - 758

10-turda gol urgan futbolchilar:
"Lokomotiv" - M. Bikmaev (penalti), J. Masharipov.
"Qo'qon-1912" - M. Xolmuhamedov (penalti).
"Nasaf" - A. G'aniev
"Buxoro" - I. Nagaev
"Navbahor" - N. Yovanovich
"Dinamo" - J. Azimov
"Mashal" - hech kim
"Paxtakor" - V. Kozak, S. Nurullaev.
"Olmaliq" - hech kim
"SHo'rtan" - U. Eshmurodov
"So'g'diyona" - G'. O'runov (penalti).
"Bunyodkor" - hech kim
"Qizilqum" - hech kim
"Neftchi" - M. Mamazulunov.
"Metallurg" - I. Qobilov, D. Tursunov, J. Abdumo'minov.
"Obod" - hech kim

10-turda sariq kartochka olgan futbolchilar:
"Lokomotiv" - I. To'xtaxo'jaev, K. Maxaradze, D. Turopov, T. Kapadze, J. Masharipov.
"Qo'qon-1912" - D. Gojkovich, A. Merzlyakov.
"Nasaf" - A. G'aniev, I. Golban.
"Buxoro" - E.Ismoilov
"Navbahor" - A.Aliev, A.Samatov, A.Turg'unboev, D. Jabborov.
"Dinamo" - J. Azimov, A. Safarov, F. Abdusalimov.
"Mashal" - SH. SHaymanov, M. Kamolov.
"Paxtakor" - A.Ahmedov
"Olmaliq" - R. Berdimurodov, K. Murzoev, D. Jo'raev, V. Kosminin, SH. Grigalashvili.
"SHo'rtan" - hech kim
"So'g'diyona" - I.Toshpo'latov
"Bunyodkor" - hech kim
"Qizilqum" - E. Boydullaev, A. Gevorkyan.
"Neftchi" - A. Maxsitaliev.
"Metallurg" - Z.Abdullaev
"Obod" - N. Xaipov

Oliy liga. 11-tur uchrashuvlari
17 may (chorshanba)
“Bunyodkor” – “Paxtakor”
“Qo'qon-1912” – “Lokomotiv”
18 may (payshanba)
“Nasaf” – “Mashal”
“Olmaliq” – “Metallurg”
“So'g'diyona” – “SHo'rtan”
“Buxoro” – “Navbahor”
“Obod” – “Dinamo”
“Qizilqum” – “Neftchi”
X.Xoliqov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar