So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  3 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  3 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  10 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  17 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Oliy liga. Ikkinchi tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. Ikkinchi tur ramziy terma jamoasi

Kuni kecha O'zbekiston chempionatining 2-tur bahslari o'z yakuniga etdi.

Odatimizga ko'ra saytimiz xodimlari bilan birga o'tgan turda o'zini ko'rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdik.

Darvozabon
Dilshod Hamroev ("Obod")

Darvozaga oliy liga debyutanti "Obod" klubi posboni Dilshod Hamroevni joylashtirdik. Sababi o'tgan yil Yangi Zelandiyada o'tgan yoshlar o'rtasidagi mundialda qatnashib qaytgan posbon "Buxoro"ga qarshi bahsda ishonchli o'ynadi. Himoyachilar yordamida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan Dilshod o'tgan mavsum "Qizilqum"da ijarada o'ynagandi. Bu yil "Bunyodkor" uni "Obod"ga ijaraga bergan. 



Himoyachilar
Xurshid G'iyosov ("Obod")
Kamoliddin Tojiev ("Paxtakor")
Otabek Narzullaev ("Qizilqum")

"Obod"dan himoyachi ham ramziy terma jamoaga kiritildi. "Buxoro" bilan bahsda himoyada ishonchli o'ynagan Xurshid G'iyosov ham O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida mundialda qatnashib qaytgandi. Kechagi bahsda u tajribali raqib hujumchilariga gol urish imkoniyatini bergani yo'q. Qizig'i G'iyosov ham "Bunyodkor"ga tegishli va "Obod"da ijara asosida o'ynamoqda.

Tajribali Kamoliddin Tojiev bu mavsum "Paxtakor" sardoriga aylandi. U markaziy himoyada ishonchli o'ynashda davom etmoqda. "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsda Tojiev nafaqat himoyada yaxshi o'ynadi, balki gol urish uchun imkoniyatga ega bo'ldi. "SHerlar" gol o'tkazmasligida Kamoliddinning xissasi juda katta bo'ldi.

"Buxoro"dan "Qizilqum"ga ko'chib o'tgan Otabek Narzullaev Navoiy klubida asosiy futbolchiga aylandi. U "SHo'rtan" bilan bahsda himoyada juda yaxshi o'ynadi va raqiblarga gol urish imkoniyatini bermadi. Igor Taran, Zafar Polvonov kabi hujumchilar shu kuni "Qizilqum" darvozasiga yo'l topa olishmadi. Navoiy klubi mavsumni 2ta g'alaba bilan boshlab muxlislarini quvontirdi.



Yarim himoyachilar
SHerzod Karimov ("Paxtakor")
Bahrom Abdurahimov ("Nasaf") 
Sardor Mirzaev ("Lokomotiv") 
Umid Qodirov ("Neftchi")

"Paxtakor" yarim himoyachisi SHerzod Karimov "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi. Yirik hisobdagi g'alaba qozonilgan bahsda SHerzod gol urishdan tashqari sherigiga golli pas ham oshirdi. Uni haqli ravishda ramziy terma jamoaga kiritdik.

Bu mavsum "Nasaf"da asosiy tarkib azosiga aylanib olgan Bahrom Abdurahimov qiziqqonligini aytmasa juda yaxshi futbolchi. O'tgan turda ikkita golda qatnashgan futbolchi, "Olmaliq" bilan o'yindagi uchala golda ham ishtirok etdi. 72-daqiqada Abdurahimovning o'zi hisobni tenglashtirdi. So'ngra Rahmatullaev va Rahmatovga gol urish uchun imkoniyat yaratib berdi. Bitta gol va ikkita golli pas, ajoyib natija!

Mavsumni super boshlagan futbolchilardan yana biri bu Sardor Mirzaev. "Lokomotiv" azosi OCHLda ham, oliy ligada ham gollar urdi. Birinchi turda dublga erishgan Mirzaev "Andijon"ga qarshi bahsda bitta to'p kiritdi va bitta golli pas oshirdi. SHu ketishda o'ynayversa uni har bir turda ramziy termaga kiritamiz shekilli.

"Neftchi" vodiy derbisida "Navbahor"ni mag'lub etdi. Farg'onadagi bahsda yagona golni SHerzod Hakimov urdi. Unga to'pni Umidjon Qodirov etkazib bergandi. Qodirov bundan tashqari shu kuni maydon markazida juda faol o'ynadi va jamoasining g'alabasiga xissa qo'shdi. 



Hujumchilar
Temurxo'ja Abduxoliqov ("Lokomotiv")
Javohir Esonqulov ("Metallurg")
Bahodir Nasimov ("Bunyodkor") 

"Temiryo'lchilar" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov Andijondagi bahsni ajoyib o'tkazdi. Uchrashuv oxirida u ketma-ket ikkita gol urishga erishdi. Hujumchining vazifasi gol urish, demak Abduxoliqovning ishlari yaxshi ketmoqda.

Ramziy terma jamoamizdan yana bir "Bunyodkor"ga tegishli bo'lgan futbolchi o'rin oldi. 1997 yilda tug'ilgan yosh hujumchi Javohir Esonqulov bu mavsumni "Metallurg" klubida ijarada o'tkazmoqda. Muborakda "Mashal"ga qarshi o'tgan o'yinda 18 yoshli futbolchi oliy ligadagi debyut golini urishga muvaffaq bo'ldi. Bundan tashqari Esonqulov golli pas ham oshirishga erishdi. Yosh futbolchi o'z ustida ishlashda davom etishi kerakligini eslatib qo'ymoqchimiz.

Nihoyat ramziy terma jamoamizning so'nggi azosi "Bunyodkor" hujumchisi Bahodir Nasimov bo'ldi. Jizzaxda "So'g'diyona"ni mag'lub etilishida salmoqli xissa qo'shgan Nasimov ketma-ket ikkinchi bahsda ham gol urishga erishdi. Tajribali futbolchidan OCHL o'yinlarida ham samaradorlik kutib qolamiz.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика