Oliy liga endi "O'zbekiston Superligasi" deb ataladi, format ham o'zgaradi

Aziz Tukhtamuradov
20 noya 2017, 15:57
O'zbekiston Professional Futbol Ligasi Ijroiya Qo'mitasining qaroriga ko'ra futbol bo'yicha Oliy liga musobaqasi kelasi mavsumdan boshlab “O'zbekiston Superligasi” deb ataladi. Birinchi liga esa “O'zbekiston PRO-ligasi” deb nomlanadi.

O'zbekiston Superligasida jami 12ta jamoa ishtirok etadi. To'rtta davradan iborat musobaqada jami 38ta tur o'yinlari bo'lib o'tadi. 12ta jamoa 33ta tur o'tkazgach, 2ta guruhga bo'linishadi. Yani 1-6 o'rinlarni egallagan jamoalar chempionlik uchun, 7-12 o'rinni egallagan jamoalar esa Superligada qolish uchun yana 5ta tur o'tkazishadi.

38-turdan so'ng ochkolar bo'yicha 1-o'rinni egallagan jamoa chempionlikka erishadi. 12-o'rinni egallagan jamoa PRO-ligaga tushib ketadi. 11-o'rinni egallagan jamoa esa PRO-ligada 2-o'rinni qo'lga kiritgan jamoa bilan ikkita pley-off uchrashuvini o'tkazadi. G'olib jamoa Superligada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi.

O'zbekiston PRO-ligasida 16ta jamoa ishtirok etadi. Ikkita davradan iborat musobaqada jami 30ta uchrashuv bo'lib o'tadi. 1-o'rinni egallagan jamoa Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritadi. 2-o'rin egasi esa Superliganing 11-o'rindagi jamoasi bilan 2ta pley-off uchrashuvini o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: the-uff.com