Oliy liga. 9-tur. "Bunyodkor" o'z uyida so'nggi o'rindagi jamoa bilan durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
3 may 2017, 20:54
Oliy liganing 9-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Metallurg" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Bahsning 10-daqiqasida jarima to'pidan Dostonbek Hamdamov hisobni ochdi - 1:0. Ikkinchi taym boshida Alisher Ziyovuddinov hisobni tenglashtirdi - 1:1.

64-daqiqada Sanjar Qodirqulov raqib jarima maydoni ichida penalti ishladi. 11 metrli jarima to'pini esa Mirg'iyos Sulaymonov amalga oshirdi. Uning zarbasini Murodjon Zuhurov oyoqlari bilan qaytardi!

78-daqiqada hakam endi mehmonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. "Nuqtadan" Dostonbek Hamdamov zarba berdi, qizig'i bu safar Zafar Safoev o'zini ko'rsatib to'pni qaytardi!

Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi va jamoalar bittadan ochkoga ega bo'lishdi.


9-tur. 3 may (chorshanba)
Bunyodkor (Toshkent) – Metallurg (Bekobod) 1:1
Hakamlar:
D. Pislegin (Toshkent), X. Shodmonov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), N. Qosimov (Qarshi)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
O'zPFL vakili: N. Lutfulin.

Gollar: Dostonbek Hamdamov 10, - 1:0. Alisher Ziyovuddinov 51, - 1:1.

Amalga oshirilmagan penalti: Mirg'iyos Sulaymonov 64 (darvozabon), Dostonbek Hamdamov 78 (darvozabon)

"Bunyodkor": Murodjon Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akram Komilov, Shahzod Nurmatov, Alisher Sanoev (Jovlon Ibrohimov, ), Dostonbek Hamdamov, Nurillo To'xtasinov, Sardorbek Azimov (Eldor Shomurodov, ), Dilshod Ahmadaliev, Davronbek Umirov, Otabek Shukurov
Zaxira: Dilshod Hamroev, Javlon Mirabdullaev, Vadim Chemirtan, Nodir Kamolov, Javohir Esonqulov

"Metallurg": Zafar Safoev, Hikmat Hoshimov, Murodjon Toshmatov (Ayubxon No'monov, 70), Sanjar Qodirqulov, Davronbek Karimqulov, Zohid Abdullaev, Mirg'iyos Sulaymonov, Alisher Ziyovuddinov (Vusol Magerramov, 83), Dostonbek Tursunov, Islom Qobilov, Jahongir Abdumo'minov
Zaxira: Suhrobjon Sultonov, Dilmurod Karimov, Doniyor Odilov, Muhammadodil Qahramonov, Timur Usmonov


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia