So’nggi yangiliklar

01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  0 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  22 01:29Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Абдихолиқовдан ассист  0 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  4 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  2 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  4 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  1 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  3 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  104 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1 20:54Суперлига. "Андижон" "Бобур Арена"да "Сурхон"ни енгиб ғалабасиз сериясига барҳам берди  53 20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  3

Oliy liga. 9-tur. "Bunyodkor" "Buxoro"ga javobsiz 3ta gol urdi Yangiliklar

Oliy liga. 9-tur. "Bunyodkor" "Buxoro"ga javobsiz 3ta gol urdi

Teglar :  BuxoroBunyodkor
Oliy liganing 9-turida "Bunyodkor" Toshkentda "Buxoro"ni yirik hisobda mag'lub etdi.

Uchrashuvning 52-daqiqasida Otabek SHukurovdan to'pni qabul qilib olgan Sato Minori chamasi 27 metrlar masofadan to'pni to'g'ri darvozaga yo'lladi va super gol muallifiga aylandi. To'p avvaliga darvoza to'siniga tegdi va keyin darvoza to'ridan joy oldi - 1:0.

63-daqiqada Maksimilian Fominning qo'pol xatosidan so'ng Eldor SHomurodov oradagi farqni ikkitaga oshirdi - 2:0. Ikki daqiqa o'tgach "Bunyodkor"ning chap qanot orqali boshlangan hujumi maydon markaziga ko'chdi va Nasimov Hamdamovni to'p bilan taminladi. Dostonbek esa yakkama-yakka vaziyatda hisobni yiriklashtirishga erishdi - 3:0. 


Bunyodkor (Toshkent) – Buxoro (Buxoro) 3:0
14 may 2016. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00
Hakamlar:
SH. Qosimov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).

Gollar: Sato Minori 52, - 1:0 (Otabek SHukurov). Eldor SHomurodov 63, - 2:0. Dostonbek Hamdamov 65, - 3:0 (Bahodir Nasimov).

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal SHorahmedov (16.Dilshodbek Ahmadaliev, 70), 3.Akrom Komilov, 7.SHaker Zuagi, 9.Sato Minori (71.Aleksandr Alempievich, 80), 10.Eldor SHomurodov, 11.SHahzodbek Nurmatov (14.Bahodir Nasimov, 53), 17.Dostonbek Hamdamov, 22.Rustam Ashurmatov, 29.Otabek SHukurov, 30.Yurica Bulyat
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 6.Anvar G'ofurov, 19.Zabihillo O'rinboev, 77.Viktor Karpenko.

"Buxoro": 1.Muhiddin Xudoyorov, 7.Suhrob Nematov (61.Aziz Ibragimov, 46), 10.SHavkat Salomov (S), 11.Sanat SHixov (8.Salamat Quttiboev, 46), 16.Artyom Filiposyan, 19.Jamshid Hasanov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 85.Ruslan Melziddinov, 87.Alisher Sanoev, 93.Maksimilian Fomin, 97.Kamoliddin Murzoev (18.Bahodir Pardaev, 73)
Zaxira: 30.Asilbek Omonov, 3.Sardor Rahmonov, 21.Pavel Smolyachenko, 33.Boburjon Omonov,

Ogohlantirishlar: Artyom Filiposyan 34, Jasur Hasanov 72

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика