So’nggi yangiliklar

14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  11 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  1 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  4 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  2 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  84 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  12 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  1 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  3

Oliy liga. 6-tur. Bekobodda hisob ochilmadi Yangiliklar

Oliy liga. 6-tur. Bekobodda hisob ochilmadi

Teglar :  MetallurgNavbahor
Oliy liganing 6-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Bekoboddagi uchrashuv kuchli shamol ostida boshlandi. Dastlabki daqiqalardan chempionatda peshqadamlardan biri bo'lib turgan “Navbahor” poytaxt viloyatiga katta niyatlar bilan kelganligini yashirmayapti. Ammo o'yin mezbonlarning tashabbusi ostida o'tmoqda. Uchrashuvning 6-daqiqasida G'iyosjon Komilov ogohlantirildi. Dilmurod Karimov tepgan jarima to'pini Asilbek Amonov egallab oldi.

19-daqiqada bekobodliklar burchakdan to'pni o'yinga kiritishdi. Vusol Magerramovning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng to'p shundoqqqina darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.

Uchrashuvning 25-daqiqasida “Metallurg” hisobni ochishimi mumkin edi. Darvozabon to'pni chap qanotga tashlab berdi. Abdumo'minov – Qodirqulov – Magerramov kombinaciyasidan keyin to'p 11 metrlik belgi yaqiniga etkazib berildi. Dilmurod Karimovning zarbasi biroz noaniq bo'ldi.

33-daqiqada Vusol Magerramovning xatosidan mehmonlar foydalanishiga bir bahya qoldi. Oradan ikki daqiqa o'tib Azizbek Turg'unboevning bosh bilan bergan zarbasidan keyin Zafar Safaev to'pni ushlab oldi.

Birinchi taymning so'nggi daqiqalari mezbonlarning katta usmtunligi ostida o'tdi, ammo darvozalar dahilsizligi saqlab qolindi – 0:0.

Ikkinchi taym bekobodliklarning ketma ket hujumlari bilan boshlandi. Birgina Alisher Samatov o'z darvozasi chizig'i ustidan ikki marta to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Jahongir Abdumo'minov, Zohid Abdullaev, Murodjon Toshmatovlar qulay vaziyatlardan foydalana olishmadi. 58-daqiqada Magerramov – Sulaymonov kombinaciyasidan so'ng Zohid Abdullaev darvozani nishonga olishga urindi. To'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

66-daqiqada mehmonlar burchakdan to'pni o'yinga kiritishdi. Mansur Saidov etkazib bergan to'pni Hasanboy Ergashev boshi bilan darvoza tomon yo'naltirdi. Zarba noaniq chiqdi.68-daqiqada mezbonlar tarkibida Doniyor Ismoilov maydonga chiqarildi. U tushishi bilan jamoaning hujumida ishtirok etdi va chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi va zarba berdi. Darvozabon to'pni egallab oldi. 71-daqiqada Ayubxon No'monov uzatgan to'pni Zohid Abdullaev boshi bilan darvozaga to'g'rilab qo'ygandi. Zarba biroz noaniq bo'ldi.

78-daqiqada “Navbahor” futbolchilari jarima zarbasini amalga oshirishganda Ro'zimboy Ahmedov boshi bilan to'pning yo'nalishini o'zgartirdi. Ammo to'p darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. SHu daqiqaning o'zida mezbonlarning hujumi navbahorchilar tomonidan o'yin qoidasining buzulishi bilan tugadi. Jarima zarbasini Dilmurod Karimov bajardi. Mehmonlar posboni Asilboe Omonov jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

O'yinning oxirgi daqiqalarigacha mezbonlar hujumga zo'r berishdi. Ammo “Navbahor” durang natijani saqlab qoldi.




Oliy liga. 6-tur.  
15 aprel (shanba)
Metallurg (Bekobod) – Navbahor (Namangan) 0:0
Hakamlar:
H. Ro'ziev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), O. To'ychiboev (Farg'ona)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
O'zPFL vakili: N. Lutfulin.

“Metallurg”: 1. Zafar Safaev, 3. Vusol Magerramov, 4. (s) Hikmat Hoshimov, 6. Dilmurod Karimov,  7. Doniyor Odilov (8. Ayubxon No'monov, 58), 11. Murodjon Toshmatov, 13. Sanjar Qodirqulov (77. Doniyor Ismoilov, 68), 15. Zohid Abdullaev, 17. Mirg'iyos Sulaymonov, 40. Islomjon Qobilov, 70. Jahongir Abdumo'minov (95. Timur Usmonov 75).

Zahira: 32. Suhrobjon Sultonov, 14. Davron Karimqulov, 20. Dostonbek Tursunov, 27. Muhammadodil Qahramonov.

 “Navbahor”: 30. Asilbek Amonov, 2. Alisher Samatov, 3. Hasanboy Ergashev, 5. G'iyosjon Komilov, 9. Dilshod Jabborov, 19. Mirzohid G'afurov, 21. Azamjon Aliev, 32. Jahongir Mehmonov, 44. Darko Stanoevich (10. Mansurjon Saidov, 46), 77. Azizbek Turg'unboev (22. Ro'zimboy Ahmedov, 56), 84. Nemenya Yovanovich.

Zahira: 1. Akmal Ortiqov, 4. Abbosjon Otaxonov, 8. Ravshanbek Xursanov, 20. Alisher Mirzaev, 33. Tohirjon SHamsuddinov.

Ogohlantirishlar: G'iyosjon Komilov (5), Mucrodjon Toshmatov (23), Nemanya Yovanovich (32), Jahongir Mehmonov (54), Azamjon Aliev (58).


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика