So’nggi yangiliklar

09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  1 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  2 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  4 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  8 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  9 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  25 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3

Oliy liga-2017. Qura tashlandi Yangiliklar

Oliy liga-2017. Qura tashlandi

Teglar :  Oliy ligaQura
Bugun O'FF matbuot anjumanlari zalida 2017 yilgi oliy liga bahslariga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Soat 11:00da boshlanadigan qura tashlash marosimini shu sahifada onlayn kuzatib boring.

YANGILASH


10:40. Qura tashlanadigan zalga birin ketin murabbiylar, matbuot kotiblari va klub xodimlari kirib kelishmoqda. 

10:49. Yangi mavsumda oliy ligada jamoalar soni o'zgarishsiz qolishi malum bo'ldi. Yani "Andijon" birinchi ligada o'ynaydi.

10:51. Zalga deyarli barcha vakillari etib kelib bo'lishdi. Tadbir boshlanishi arafasida.

10:59. Tadbir boshlanishiga 1 daqiqa qoldi. Zalga PFL bosh direktori Farhod Magametov kirib keldi. Zalga ikkita katta kubok olib kelindi. 


11:02. Tadbirni Farhod Magametov kirish so'zi bilan ochib berdi.

"Barchani yangi yil bilan tabriklayman. Yangi yil barchaga omadli kelsin. Qisqa tarzda yakunlangan mavsum haqida to'xtalib o'tamiz va yangi mavsum haqida malumotlar beramiz. Afsuski bugungi kunga qadar bironta klub PFLga taklif bilan chiqqani yo'q. Bu mavsumda "Andijon" oxirgi o'rinni oldi va keyingi yil birinchi ligada o'ynaydi. "Navbahor" esa oliy ligada qolish uchun bahsda "Norin"ni mag'lub etib elitada qolishga erishdi. 22ta gol urgan Temurxo'ja Abduxoliqov oliy liga to'purari bo'ldi. 2016 yilgi mavsumda 10 mamlakatdan kelgan 51 nafar legioner ro'yxatdan o'tkazildi. Yil boshida O'zbekiston Superkubogi bahsi o'tkazilgandi. Unda "Nasaf" o'z tarixida ilk bor Superkubok sohibi bo'ldi. "Lokomotiv" esa bu yil ham chempion, ham kubok sohibiga aylandi. Afsuski tomoshabinlar tashrifi o'tgan yilgidan kamaydi. Bundan tashqari turli sabablarga ko'ra PFL taqvimida ko'plab o'zgarishlar sodir bo'ldi. Bunga etarli sabablar bo'lgan edi. Biz ham taqvim o'zgarmasligi tarafdorimiz. Ammo xalqaro o'yinlar tufayli o'zgarishlarga majbur bo'ldik. 

O'FF prezidenti yordamida ikkita yangi kubok olib kelindi. Ulardan biri O'zbekiston chempioniga, ikkinchisi O'zbekiston kubogi sohibiga topshiriladi. Ular endi doimiy ravishda g'oliblarga topshiriladi. Ikkala kubok ham qimmat metallardan yasalgan.

Yakunlangan mavsumda G'uzorning "SHo'rtan" klubi tushib qolgan vaziyatni barcha bilsa kerak. Legionerga maoshini bermagani uchun FIFA bizga klubdan 3 ochko olib tashlashni talab qildi. Biz shunday qildik ham. Yakunda nima bo'ldi? "SHo'rtan" ham 3 ochkodan ayrildi, ham o'sha pulni baribir to'lab berdi.

Yangi yildan boshlab oliy liga klublari bosh murabbilarida PRO licenziyasi bo'lishi shart. Buni biz o'ylab topmadik. Bu OFKning talabi. SHunga tayyor turinglar. Oliy liga qaydnoma topshirish vaqtida xodimlaringiz kelib menejer deydi. Kimu menejer? Klubda aniq lavozim bor - bosh murabbiy! Tamom. Bosh murabbiy kimligini aniq ko'rsatish kerak.

Yana bir yangilik: 2017 yil Superkubok bahsi o'tkazilmaydi. Sababi "Lokomotiv" chempion bo'ldi va kubok sohibiga aylandi. SHu bois bu o'yinga qiziqish bo'lmasa kerak. SHu bois 2017 yilda O'zbekiston Superkubogi o'yini bo'lmaydi, - deydi Farhod Magometov.

"Olmaliq" bosh murabbiyi Viktor Kumikov va "Bunyodkor" bosh direktori Baxtiyor Boboevdan taklif bo'ldi: O'yin qaydnomasiga 18 emas 23 nafar futbolchi kiritilsa yaxshi emasmi? Masalan Qozog'iston va Rossiyada bu narsa qo'llanilmoqda. Bu masala keyinroq ko'rib chiqilishi aytildi. Valeriy Lyotkinning javobi quyidagicha bo'ldi: Hozir zaxira o'rindig'ida qancha odam o'tiradi? Agar 23 nafar futbolchi qaydnomaga kiritilsa zaxira o'rindig'ini qancha uzaytirilishini tasavvur qilayapsizmi?

"Paxtakor" sport direktori Grigoriy Ceytlindan savol: Yangi reglamentda global o'zgarishlar bo'ladimi? Magometovning javobi quyidagicha bo'ldi: Yo'q katta o'zgarishlar bo'lmaydi.

Grigoriy Ceytlindan yana bir savol: Siz hech qaysi klub taklif bermadingiz deb aytdingiz lekin biz 3 oy oldin taklif bergandik. Javob bo'lmadi. Zaxirada ko'proq odam o'tirishi borasida taklif bergandik. Javob quyidagicha bo'ldi: Buni ko'rib chiqamiz.

Ayollar futboli kordinatori Alisher Fayziev: Oliy liganing bir qator klublarida ayollar jamoasi yo'q. Magometovning javobi: Bo'ldi barcha jamoalarda ayollar jamoasi bo'ladi.

Saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov savoli: Jahonda bir klub ham chempionlikni, ham kubok sohibiga aylansa ikkinchi o'rindagi jamoa bilan o'ynaydi. Nega bizda shunday emas? Yana bir savolim oldingi O'zbekiston kubogi jamoalarda qoladimi yoki muzeydami?

Javob: Balki keyingi yil reglamentga o'zgartirish kiritishimiz mumkin. Ikkinchi savolingizga javobim oldingi kubok O'FF muzeyida qoladi.


Savol-javoblar tugadi.


11:42. Qura tashlash jarayoni boshlanmoqda.

1-tur
"Mashal" - "Lokomotiv"
"Buxoro" - "Olmaliq"
"Bunyodkor" - "So'g'diyona"
"Paxtakor" - "Qizilqum"
"Qo'qon-1912" - "Nasaf"
"Metallurg" - "Dinamo"
"SHo'rtan" – "Neftchi"
"Navbahor" – "Obod"


YANGILASH


Reyting: -60   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика