So’nggi yangiliklar

09:42"Ал Насcр" кетма-кет 7 та ўйинда ғалаба қозонди. Роналду кетма-кет 2 та баҳсда самарали ҳаракат қилгани йўқ  2 09:21"Атлетико" мухлислари Нико Уильямсни "маймун" дейишди, Гризманн ва Коке эса...  2 09:01"Нефтчи" - "Металлург" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 08:39"Барселона" эркаклари қила олмаган ишни аёллар жамоаси амалга оширди  5 08:18МЛС. "Интер Майами"дан йирик ғалаба. Мессида 2+1, Суарес ҳам гол урди  10 07:54Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Индонезия билан ўйинга тайёргарликни бошлади + Ҳусайн Норчаевдан интервью   2 07:30Футзал. Бугун Ўзбекистон бронза медали учун Тожикистон билан ўйнайди  0 07:09Ўзбекистон кубоги. Бугун "Андижон" - "Насаф", "Динамо" - "Навбаҳор" ва яна 4 та ўйин бор  3 06:50Серия А. "Ювентус" - "Милан" 0:0   0 06:45АПЛ. "Астон Вилла" - "Челси" 2:2   0 06:40АПЛ. "Ньюкасл" - "Шеффилд" 5:1   0 06:35АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Бернли" 1:1   2 06:30АПЛ. "Вест Хэм" - "Ливерпуль" 2:2   1 06:25Бундеслига. "Байер" - "Штутгарт" 2:2   0 06:20Бундеслига. "Лейпциг" - "Боруссия Д" 4:1   0

Oliy liga-2017 oldidan. Yangi bosh murabbiylarda qancha vaqt bo'ldi? Yangiliklar

Oliy liga-2017 oldidan. Yangi bosh murabbiylarda qancha vaqt bo'ldi?

Ayni paytda oliy liga klublari yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.

2017 yilgi oliy liga bahslari boshlanishiga roppa-rosa 2 hafta muddat qoldi. Yani 14 kundan so'ng O'zbekistonda yangi mavsum rasman start oladi.

Mavsumlar oralig'ida oliy liganing 5ta klubida yangi bosh murabbiy ish boshladi. Biz yangi murabbiylar qachon ish boshlashganini eslab ularda yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish uchun qancha muddat bo'lganini hisoblab chiqdik.

"Olmaliq"
Yangi bosh murabbiy tayinlangan sana:
15 dekabr 2016
Oliy liga-2017dagi birinchi o'yini sanasi: 4 mart 2017
Muddat: 79 kun

"Olmaliq" rahbariyati o'tgan mavsumdagi omadsiz ishtirok tufayli jamoani 9 yil boshqargan Igor SHkvirin bilan xayrlashishga qaror qildi. Uning o'rniga rossiyalik mashhur murabbiy Viktor Kumikov bosh murabbiy etib tayinlandi. Kumikovda jamoani shakllantirish va yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish uchun deyarli 80 kun vaqt bo'ldi. Jamoa ayni paytda Turkiyada ikkinchi xorijiy yig'inni o'tkazmoqda.

"Olmaliq" klubi rasmiy sayti Kumikovning tayinlanishini quyidagicha elon qilgandi:

"Olmaliq" futbol klubiga vaqtincha bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Ibragim Yuldashev jamoa azolariga yangi murabbiylar shtabini tanishtirdi. SHu paytgacha faoliyat yuritgan jamoa murabbiylar shtabi bilan shartnomalar uzaytirilmaydigan bo'ldi.

Ibragim Haydarovich bosh homiy rahbariyati tomonidan rossiyalik mutaxassis Viktor Balyutovich Kumikov bosh murabbiy etib tayinlanganligini elon qildi. SHundan so'ng, bosh murabbiyga ko'maklashuvchi shtab tanishtirildi. SHuningdek, jamoa boshlig'i lavozimi bundan keyin sport direktoriga o'zgartirildi. Bu lavozimda Muxtor Qurbonov faoliyat olib boradi.



"Obod"
Yangi bosh murabbiy tayinlangan sana:
19 dekabr 2016
Oliy liga-2017dagi birinchi o'yini sanasi: 4 mart 2017
Muddat: 75 kun

O'tgan yil oliy ligada jon saqlab qolgan "Obod" klubi rahbariyati Jafar Irismetovning o'rniga Rauf Inileevni bosh murabbiy etib tayinlashga qaror qildi. Rauf Talgatovich o'z vaqtida O'zbekiston terma jamoasi va turli klublarda ishlagan. Inileev 19 dekabr kuni bosh murabbiy sifatida ish boshlagandi. Biroq sog'lig'i bilan muammolar tufayli Rossiyaga borib oyog'ini operaciya qildirdi. SHu bois ayni paytda "Obod"ni yangi mavsumga yoshlar jamoasi ustozi Tigay va Anvar G'ofurov tayyorlashmoqda.

"Obod" klubi rasmiy saytida yangi bosh murabbiyning tayinlanishi haqidagi xabar quyidagicha ko'rinish olgandi:

Aytish kerak, "Obod" yangi mavsumga yangi bosh murabbiy bilan tayyorgarlik ko'radi. Tajribali mutaxassis, o'z vaqtida O'zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan, "Osiyoning eng yaxshi murabbiyi", deya tan olingan Rauf Inileev jamoamiz bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi. Indindan boshlanadigan mashg'ulotlarni aynan Rauf Talgatovich olib boradi.

Yangi mavsumga tayyorgarlikning birinchi bosqichi 21-28 dekabr kunlari Toshkentda bo'lib o'tadi. SHundan so'ng futbolchilar qisqa muddatli tanaffusga chiqadi. Yanvar oyining dastlabki kunlaridan boshlab tayyorgarlik yana poytaxtimizda davom ettiriladi.



"Buxoro"
Yangi bosh murabbiy tayinlangan sana:
26 yanvar 2017
Oliy liga-2017dagi birinchi o'yini sanasi: 4 mart 2017
Muddat: 37 kun

O'tgan yil oliy ligada bronza medalini olishiga bir bahya qolgan "Buxoro" klubida rahbariyat o'zgardi va shu bilan birga oldingi murabbiylar ishdan ketishdi. Maslahatchi murabbiy Tachmurad Agamurodov va bosh murabbiy Jamshid Saidovga javob berildi. Ularning o'rniga buxorolik sobiq futbolchi Ulug'bek Baqoev jamoaga bosh murabbiy etib tayinlandi. O'tgan yil "A" licenziyasiga o'qigan Baqoev bu yildan oliy ligada bosh murabbiy bo'lib ish boshlaydi. Murabbiylikni endi boshlayotgan Baqoevda "Buxoro"ni yangi mavsumga tayyorlash uchun 37 kun vaqt bo'ladi. Buning natijasi qanday bo'lishini mavsum boshlangach ko'rib olamiz.  

"Buxoro" rasmiy sayti shunday xabar bergandi:

Jamshid Saidov va Tachmurad Agamuradov klubni tark etishdi. Bugun klubning yangi murabbiylar shtabi tasdiqlandi. Buxoro va O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Ulugbek Baqoev Buxoro bosh murabbiyi etib tayinlandi.

O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoasi sobiq ustozi Vadim Karlenovich Abramov ham Buxoroda ishlaydi. Abramov klubda maslahatchi murabbiy sifatida ish olib boradi. SHuhrat Fayziev katta murabbiy, Nurillo Xabibov darvozabonlar murabbiyi etib tayinlandi.



"SHo'rtan"
Yangi bosh murabbiy tayinlangan sana:
2 fevral 2017
Oliy liga-2017dagi birinchi o'yini sanasi: 4 mart 2017
Muddat: 30 kun

O'tgan mavsumni 6ta mag'lubiyat bilan boshlangach "SHo'rtan" rahbariyati Ixtiyor Karimovni bosh murabbiy etib tayinlagandi. Bu murabbiy mavsumning qolgan qismida yaxshi natijalarga erishdi va "SHo'rtan" chempionatni 9-o'rinda yakunladi. Biroq 2017 yilgi oliy liga oldidan Ixtiyor Karimovning o'rniga boshqa bosh murabbiy keldi. O'tgan yil boshlanmasidan turib "SHo'rtan"ga kelgan va tez orada "Navbahor"ga ketib qolgan Aleksandr Volkov bu yil nihoyat "SHo'rtan" bilan mavsumni boshlaydigan bo'ldi. O'z vaqtida "Bunyodkor" klubini boshqargan murabbiy G'uzor klubiga yangi mavsum boshlanishiga 30 kun qolganida keldi.

"Aleksandr Volkov "SHo'rtan" bosh murabbiyiga aylandi. Ixtiyor Karimovda PRO licenziyasi yo'qligi uchun shunday qarorga keldik. Endi Karimov texnik direktor lavozimida ishlaydi. Murabbiylar shtabiga jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassisni olib kelmoqchimiz. Bu borada Mikola SHevchenkoning nomzodi bizga maqul kelmoqda, - degandi o'shanda "SHo'rtan" ijrochi direktori SHodi Namozov.  



"Dinamo"
Yangi bosh murabbiy tayinlangan sana:
10 fevral 2017
Oliy liga-2017dagi birinchi o'yini sanasi: 3 mart 2017
Muddat: 21 kun

2016 yil birinchi ligada qatnashib oliy ligaga qaytgan "Dinamo" klubi hozirgacha yangi bosh murabbiyga ega bo'lgan so'nggi jamoa bo'lib turibdi. Samarqandliklar tajribali Edgar Gessning xizmatlariga ehtiyoj sezishdi va germaniyalik murabbiy bosh murabbiy etib tayinlandi. Edgar Yakovlevichda "Dinamo"ni 2017 yilgi mavsumga tayyorlash uchun 21 kun vaqt bo'ladi. Uch hafta muddat juda oz, lekin rahbariyat murabbiyga jamoani topshirdimi demak unga ishonadi.

"Dinamo" klubi rasmiy sayti bu borada shunday xabar bergandi:

O'tgan yili sog'lig'idagi muammolarga qaramay, Dinamo jamoasini Oliy Ligaga qaytargan jamoa bosh menejeri Ilhom SHaripovning salomatligini tiklashi hamda bosh menejer sifatida shartnomasi yakunlangani bois, Oliy Ligada klubni boshqarish katta masuliyatligini inobatga olib, Dinamo klubiga bosh murabbiy etib tajribali mutaxassis Edgar Gess tayinlandi.

Ilhom SHaripov esa sog'lig'ini tiklash bilan birga klub rahbariyatidagi faoliyatini davom ettiradi. Uchqun Qobilov va Rafael Balasanyanlar yangi bosh murabbiyga yordam berishda davom etadilar.


Narzulla Saydullaev

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика