Oliy liga-2015 yakunlari. "Neftchi" haqida
04 dek 2015 14:44
Yangiliklar


Oliy liga-2015 yakunlari. "Neftchi" haqida
Navbat bu yil beshinchi o'rinni olgan Farg'onaning "Neftchi" klubiga etib keldi.
Mavsum
Farg'onaliklar chempionatni ikkita durang bilan boshlashdi. Keyin ketma-ket 6ta o'yinda raqiblarni taslim qilib musobaqa jadvalida peshqadam bo'lib olishdi. Biroq "Paxtakor" va "Nasaf" bilan o'yinlarda yutqazib qo'ygan "Neftchi" birinchi davrani to'rtinchi o'rinda tugatdi. Ikkinchi davra boshi jamoa uchun omadsiz bo'ldi. Ketma-ket uchta mag'lubiyat qayd etildi. CHempionat oxirida 4-o'rin uchun imkoniyat bor edi, ammo ko'plab mag'lubiyatlar va ochko yo'qotishlar natijasida "Neftchi" mavsumni beshinchi pog'onada tugatdi.
Murabbiylar
Jamoani mavsum davomida ikkita murabbiy boshqardi. 21-turga qadar Murod Ismoilov bosh murabbiy sifatida ishladi. Sog'ligidagi muammolar tufayli o'zi yordamchi murabbiylikka o'tdi va Andrey Fyodorov bosh murabbiyga aylandi. Ismoilov qo'l ostida Toshkentda "Bunyodkor" mag'lub etildi, vodiy derbisida "Andijon" safarda 4:0 hisobida taslim qilindi. Fyodorov bosh murabbiy bo'lganidan so'ng "Paxtakor" va "Bunyodkor" Farg'onadan mag'lubiyat bilan qaytishdi.
Etakchi
Akmal Xolmatov va Mansur Saidov
Jamoaning faxriy yarim himoyachilari yosh futbolchilarga o'rnak bo'lishdi. Ikkala futbolchi ham bir necha o'yinlarda ishtirok eta olishmadi. Bazida Xolmatov, bazida Saidov asosiy tarkibda o'ynadi. Akmal Xolmatov gol urgan eng faxriy futbolchiga aylandi. Uning hisobida 4ta gol bor.
Kashfiyot
Umid Qodirov. 1992 yilda tug'ilgan yarim himoyachi o'tgan mavsumda 10ta o'yinda (4ta to'liq) maydonga tushgan edi. 2015 yilda esa 28ta uchrashuvda (24ta to'liq) ishtirok etdi va 2ta gol urdi. Agar ko'proq bahsda maydonga tushganida Himoyachi Doston Tursunov ham kashfiyotlardan biri bo'lardi. Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga borib kelgan futbolchi faqat 2ta o'yinda maydonga tushdi xolos.
Eng yaxshi o'yin
"Neftchi" - "Paxtakor" 3:2
24-turda Farg'onada "Paxtakor"ni qabul qilgan "Neftchi" muxlislarga ajoyib g'alaba taqdim etdi. Birinchi bo'limda Umid Qodirov hisobni ochgan, 4 daqiqa o'tgach SHerzod Hakimov jarima to'pidan keyin ikkinchi bor raqib darvozasiga gol urdi. Adnan Oraxovac hisobni qisqartirdi. 78-daqiqada Otabek Isroilov to'p kiritib farqni yana ikkita oshirgandi. Bahs tugashiga 5 daqiqa qolganida Sergeevning penaltidan urgan goli yakuniy hisobni o'rnatgandi - 3:2. SHu tariqa "Neftchi" chempionlik uchun kurashayogan "Paxtakor"ni mag'lub etgandi.
Eng yaxshi futbolchi
Evgeniy CHeremisin.
Rossiyalik posbon oliy ligamizda mavsumning eng yaxshi legionerlaridan biri bo'ldi. CHeremisin 30ta o'yinning barchasida maydonda to'liq o'ynagan ikki futbolchidan biri bo'ldi. Posbon 11ta uchrashuvda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi va 30ta gol o'tkazib yubordi.
Kim qancha o'ynadi?
Futbolchi | Amplua | Tug'.sana | O'yin |
Daqiqa |
Gol |
SK |
QK |
CHeremisin Evgeniy | Dar | 29.02.1988 | 30 | 2700 | 0 | 2 | 0 |
Qodirov Umidjon | Yahm | 26.06.1992 | 28 | 2350 | 2 | 6 | 0 |
Po'latov SHukurali | Him | 23.02.1990 | 27 | 2430 | 3 | 8 | 0 |
Ermatov Dilyorbek | Him | 30.04.1989 | 27 | 2413 | 1 | 8 | 0 |
Xolmatov Akmal | Yahm | 04.04.1976 | 27 | 1425 | 4 | 2 | 1 |
Rahmonov Sardor | Him | 09.07.1994 | 26 | 2295 | 2 | 4 | 0 |
Hakimov SHerzod | Yahm | 13.03.1987 | 26 | 1294 | 8 | 4 | 1 |
Maxstaliev Abbosbek |
Yahm |
12.01.1994 |
25 | 1756 | 2 | 5 | 0 |
Ahmedov Ro'zimboy | Huj | 30.05.1987 | 25 | 1471 | 5 | 5 | 0 |
Ubaydullaev Muhsin | Yahm | 15.07.1994 | 24 | 1718 | 0 | 7 | 1 |
Saidov Mansur | Yahm | 01.11.1983 | 23 | 1928 | 0 | 4 | 2 |
Bobojonov Murod | Yahm | 16.07.1994 | 21 | 735 | 5 | 0 | 0 |
Rasulov Javohir | Yahm | 18.05.1993 | 19 | 1379 | 1 | 0 | 0 |
Yoqubov Baxtiyor | Yahm | 13.09.1984 | 19 | 1365 | 1 | 1 | 0 |
Mehmonov Jahongir | Him | 28.05.1990 | 18 | 1620 | 0 | 2 | 0 |
Kashkaval Adrian** | Him | 10.06.1987 | 14 | 1260 | 2 | 2 | 0 |
Isroilov Otabek** | Huj | 07.12.1989 | 12 | 287 | 2 | 3 | 0 |
Haydarov Otabek* | Yahm | 11.10.1991 | 11 | 407 | 2 | 0 | 0 |
Nurboev Oybek* | Him | 03.05.1988 | 8 | 554 | 1 | 1 | 0 |
Tursunov Doston | Him | 13.06.1995 | 2 | 94 | 0 | 0 | 0 |
Olimov Abdulloh* | Yahm | 11.02.1993 | 1 | 45 | 0 | 0 | 0 |
Kapadze Kamronbey | Him | 29.01.1994 | 1 | 45 | 0 | 0 | 0 |
Nurmatov Zokir | Yahm | 08.01.1993 | 1 | 7 | 0 | 0 | 0 |
* - birinchi davradan so'ng jamoani tark etganlar.
** - ikkinchi davrada jamoaga kelganlar
"Neftchi-2015" mavsum statistikasi
O'yinlar | 30 |
Gollar | 41 |
Uydagi gollar | 24 (58,54%) |
Mehmondagi gollar | 17 (41,46%) |
O'tkazilgan gollar | 30 |
Uyda o'tkazilgan gollar | 12 (40%) |
Mehmonda o'tkazilgan gollar | 18 (60%) |
O'rtacha gol | 1,37 |
O'rtacha o'tkazilgan gol | 1 |
Uydagi ochkolar | 31/45 (68,89 %) |
Mehmondagi ochkolar | 21/45 (46,67 %) |
Eng yirik g'alaba | 4:0 - "Andijon" |
Eng yirik mag'lubiyat | 1:4 - "SHo'rtan" |
"Quruq" o'yinlar | 11 (36,67%) |
Gol ura olmagan o'yinlar | 7 (23,33%) |
Irodagi g'alaba | 2 |
Yirik g'alabalar | 2 |
Yirik mag'lubiyatlar | 1 |
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan) | 0/0 |
Ogohlantirishlar (o'rtacha) | 65 (2,17) |
CHetlatishlar (o'rtacha) | 5 (0,17) |
Maydonga tushganlar (legioner) |
24 (2 - 8,33%) |
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha) | 208999/6967 |

Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Lokomotiv" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Nasaf" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Bunyodkor" haqida
O’xshash yangiliklar

Fikrlar