So’nggi yangiliklar

11:28Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Элит ОЧЛ учрашувида ишлайди  0 11:07Суперлига. Марказий ўйинларда кимда қандай имконият? Дербида устунлик қайси жамоада? — Эксперт фикри  1 10:50"Арсенал" ва "Барселона" германиялик футболчи учун курашмоқда  1 10:21"Манчестер Сити" футболчиси Европанинг бошқа бир ТОП клубига ўтиши мумкин  0 09:52"Реал"ни бошқариш учун аргентиналик мутахассис номзоди илгари сурилмоқда  1 09:23Трансфермаркт АПЛнинг энг қиммат футболчилар рейтингини тузди  3 09:19"Машъал" бош мураббийи бугунги учрашувда жамоаси билан бирга бўлмайди  0 08:54Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Марокашга қарши учрашувга чақирилган футболчилари эълон қилинди  5 08:25Икки нафар футболчимиз спорт формасини ушлаб туриш учун Тошкент жамоасида машғулот олиб бормоқда  5 07:56Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Осиё кубогидаги эҳтимолий рақиблари маълум  1 07:28Суперлига. Бугун 3-турга старт берилади. Бизни супер тўқнашувлар кутиб турибди  6 02:13Ироқ мураббийи ФИФАдан ЖЧ плей-офф ўйинини қолдиришни сўради: "Бизга тайёргарлик учун вақт керак"  5 01:35Алиссон ва Кьеза "Галатасарой"га қарши ўйнамайди: Слот вазиятга ойдинлик киритди  0 01:10«Каттақўрғон» ўз сафига уч нафар янги ҳимоячини қўшиб олди, улар орасида «Пахтакор» тарбияланувчилари ҳам бор  2 00:48"Реал" Почеттинони олиб келмоқчи: Арбелоага фақат мўъжиза ёки Чемпионлар Лигасидаги ғалаба ёрдам беради  15

Oliy liga. 20-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 20-tur ramziy terma jamoasi

25 va 26 avgust kunlari mamlakatimiz stadionlarida oliy liganing 20-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Saytimiz odatiga ko'ra bu turning ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.


Darvozabon:
Akmal Rahimov ("SHo'rtan" yoshlari)

Bu safar darvozaga oliy liga emas yoshlar ligasidan nomzodni loyiq ko'rdik. Sababi "SHo'rtan" darvozaboni Akmal Rahimov "Paxtakor" bilan o'yinda jarima to'pidan gol urib barchani lol qoldirdi. Qizig'i o'sha o'yinda "Paxtakor" vakili Temur Tolipov penaltidan gol ura olmagandi, uning zarbasi noaniq ketgan. O'yin davomida raqibning barcha hujumlarini bataraf etgan posbonni ramziy terma jamoa darvozasiga qo'ydik.



Himoyachilar:
SHuhrat Muhammadiev ("Nasaf")
Adnan Oraxovac ("Paxtakor")
Evgeniy Gogol ("Olmaliq")
Umar Eshmurodov ("SHo'rtan")

Qarshining "Nasaf" klubi himoyachisi SHuhrat Muhammadiev "Qizilqum"ga qarshi bahsda birinchi golga hammualliflik qildi va aynan u ishlagan penaltidan Gevorkyan gol urdi. Hujumga ko'p qo'shiladigan Muhammadiev Navoiydagi bahsda o'z qanotida yaxshi harakat qildi.

"Paxtakor" himoyachisi Adnan Oraxovac "SHo'rtan" bilan o'yinda himoyada yaxshi o'ynash bilan birga raqib darvozasiga muhim golni urdi.

O'sha o'yinda G'uzorliklar safida Umar Eshmurodov juda faol o'ynadi. Aynan uning harakatlari tufayli "sherlar" safarda 2 ochko yo'qotishdi. Eshmurodov tajribali himoyachilar bilan birga o'zini juda yaxshi his qilmoqda.

"Olmaliq" safida bu mavsum 3ta qizil kartochka olgan Evgeniy Gogol Qo'qondagi uchrashuvda raqib hujumchilariga deyarli imkon qoldirmadi. Havodan oshirilgan barcha to'plar Gogol tomonidan qaytarib turildi.



Yarim himoyachilar:
Sato Minori ("Bunyodkor")
Zafar To'raev ("Mashal")
Suhrob Nematov ("Buxoro")
Jasur Hasanov (katta) ("Lokomotiv")



"Bunyodkor"ning yaponiyalik legioneri Sato Minori Namanganda "Navbahor" bilan o'yinda hal qiluvchi golni urishga erishdi. Uning 88-daqiqada urgan goli Sergey Lushan jamoasiga g'alaba keltirdi.

"Mashal" yarim himoyachisi Zafar To'raev "Neftchi" bilan bahsda maydon markazida juda faol o'ynadi. "Gattuzo" shu kuni gol urmagan bo'lsa ham jamoasining g'alabasiga katta xissa qo'shdi.



"Buxoro" mavsumdagi ikkinchi g'alabasini "Andijon" ustidan qo'lga kiritdi. Bu o'yinda Suxrob Nematov hisobni ochishga erishdi. Bundan tashqari buxoroliklar sardori boshqa vaziyatlarda ham faolligi bilan ajralib turdi.

"Lokomotiv" azosi katta Jasur Hasanov doimgidek tezkor va chaqqon harakat qildi. U zaxiradan maydonga tushib o'yinning borishini keskin o'zgartirib yubordi. Aynan uning ikkita to'p uzatishi golga aylantirildi va Hasanov haqli ravishda ramziy termadan o'rin oldi.



Hujumchilar:
Akmal Abdurahmonov ("So'g'diyona")
Humoyun Murtazoev ("Mashal")

"So'g'diyona" klubi ushbu mavsumda safarda birinchi bor g'alabaga erishdi. Bekobodga safar qilgan Davron Fayziev shogirdlari 2:1 hisobida zafar quchishdi. Jizzax jamoasi safida Akmal Abdurahmonov muhim golni urishga erishdi.

"Mashal" hujumchisi Humoyun Murtazoev ketma-ket ikkinchi bor ramziy terma jamoaga kiritilmoqda. Bu safar u "Neftchi"ga qarshi o'yinda bahsda gol urib jamoasining g'alabasini taminladi.


Bosh murabbiy: Muxtor Qurbonov ("SHo'rtan")

G'uzorning "SHo'rtan" klubi bosh murabbiyi Muxtor Qurbonov tur ramziy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Sababi G'uzor jamoasi o'z uyida amaldagi mamlakat chempioni "Paxtakor"dan 2 ochko tortib oldi. O'tgan safar "Bunyodkor" bilan durang o'ynagan "SHo'rtan" ikkinchi davrani ajoyib boshladi. Muxtor Qurbonov shogirdlarini barcha o'yinlarga shunday tayyorlashda davom etsa jamoa yuqori o'rinlarga chiqib boraveradi. 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика