So’nggi yangiliklar

10:50“Ливерпуль“ яна бир футболчининг трансферини ҳал қилди (Фабрицио Романо)  2 10:25Игорь Сергеев: "Кўпроқ гол уришдан бошқа барча вазифаларни бажардик"  4 10:00“Барселона“ қизиқаётган футболчи “Реал“га ўтиб кетиши мумкин  4 09:37МЮ Виктор Гёкерешни қўлдан чиқарганидан сўнг Германиядан ҳужумчи олиб келмоқчи  4 09:11Виктор Гёкереш АПЛнинг бошқа жамоаси сабабли МЮнинг таклифини қабул қилмади  8 08:44Суперлига. Бугун 12-тур якунланади  6 08:17"Бунёдкор" ва "Пахтакор" ўртасида бўлиб ўтган Тошкент дербисидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:00Суперлига. "Қизилқум" - "Сўғдиёна" ва ОКМК – "Шўртан" ўйинларида мухлислар гол кўришмади. "Бунёдкор" ва "Пахтакор" ўйинида эса иккита гол урилди  0 07:51“Рома“ асосий ҳужумчисини сотувга қўяди  6 07:17Янги форматдаги клублар ўртасидаги ЖЧ старт олди. Илк баҳсда "Интер Майами" Миср жамосига қарши баҳс олиб борди  10 04:07Элдор Мойлиев: "Устунлик рақибда, омад эса биз томонда бўлди"  2 03:41Илёс Зейтуллаев: "Бугун "Пахтакор"дек жамоага қарши ўйнадик, Качори бир метрдан гол урганда, ҳисоб 2:0 бўларди"  4 00:09Миржалол Қосимов: "Бугунги ўйинга баҳо – 2"  5 23:20ЦСКАнинг янги бош мураббийи маълум  2 22:52Ильгиз Танташев бошчилигидаги ҳакамлар бригадаси "Боруссия" иштирокидаги ўйинни бошқаради  4

Oliy liga. 1-tur. "Lokomotiv" va "Nasaf" mavsumni g'alaba bilan boshlashdi Yangiliklar

Oliy liga. 1-tur. "Lokomotiv" va "Nasaf" mavsumni g'alaba bilan boshlashdi

Bugun oliy liganing 1-turidan o'rin olgan yana ikki uchrashuv bo'lib o'tdi.
Namangandagi bahsning 24-daqiqasida Timur Kapadze o'z jarima maydoni ichida Anvar Rajabovni qo'pollik ishlatib maydonga yiqitgani uchun bosh hakam 11 metrli jarima zarbasini belgiladi. Pishur to'pni darvozaning o'ng tomoniga tepdi, Nesterov chap qanotga tashlandi - 1:0. Dastlabki bo'limda boshqa gol urilmadi.

50-daqiqada Sardor Mirzaev hisobni tenglashtirdi - 1:1. 55-daqiqada "Lokomotiv" futbolchisi jarima maydonidagi palapartishlik vaqtida zarba yo'lladi. Bosh hakam yon qanotdagi referiga asoslanib gol deb topdi - 1:2. 

Uchrashuvning 67-daqiqasida Sanjar SHoahmedov o'z nomini tabloga yozib qo'ydi - 1:3. O'yin tugashiga 2 daqiqa qolganida zaxiradan maydonga tushgan Mo'ydin Mamazulumov hisobni qisqartirdi - 2:3. Uchrashuv mana shu hisob bilan yakunlandi.


Navbahor – Lokomotiv 2:3
6 mart 2016. Namangan. "Markaziy" stadioni. 16:00
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), V. Lushin (Guliston), O. To'ychiboev (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

Gol: Oleksandr Pishur 24 penalti, - 1:0 (Anvar Rajabov). Sardor Mirzaev 50, - 1:1 (Temurxo'ja Abduxoliqov). Sardor Mirzaev 55, - 1:2. Sanjar SHoahmedov 67, - 1:3 (Kaxi Maxaradze). Mo'ydin Mamazulumov 88, - 2:3.

"Navbahor": 25. Akmal Ortiqov, 4. Xayrullo Karimov, 5. Nodir Mavlonov, 7. Akram Baxritdinov (16. SHohjaxon Abbosov, 66), 9. Dilshod Jabborov, 15. Obid Jo'raboev, 18. Anvar Rajabov, 21. Azam Aliev, 29. Igor Golban, 33. Tohir SHamsitdinov, 77. Oleksandr Pishur (11. Mo'ydin Mamazulumov, 71).
Zaxira: 23. Alibek Turobov, 3. Aziz G'ulomxo'jaev, 22. Sardor Azimov, 26. Qaxramon Maxammadjonov, 70. Alibobo Rahmatullaev.

"Lokomotiv": 1. Ignatiy Nesterov, 5. Kaxi Maxaradze, 10. Marat Bikmaev (77. Jasur Hasanov, 72), 11. Timurxo'ja Abduxoliqov (21. Doniyor Usmonov, 77), 15. Sardor Mirzaev, 17. Salim Mustafoev, 18. Timur Kapadze, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 22.Sanjar SHoahmedov, 33. Oleg Zoteev, 37. SHerzod Fayziev.
Zaxira: 12. Mamur Ikromov, 7. Sadriddin Abdullaev, 13. Nemanya Yanichich, 28. Ikrom Aliboev, 29. Quvondiq Ro'ziev, .

Ogohlantirishlar: Anvar Rajabov 7, Temurxo'ja Abduxoliqov 26,


Qarshidagi o'yin boshlandi. 26-daqiqada o'ng qanotdan boshlangan hujum mehmonlar uchun samarali yakunlandi. To'p SHerzod Azamovga tegib, darvoza to'ridan joy oldi - 0:1. Dastlabki bo'limda bitta gol urildi. 

53-daqiqada "Nasaf"ning navbatdagi hujumi paytida "SHo'rtan" himoyachilari o'z jarima maydonchalari ichida Bahrom Abdurahimovga qo'pollik ishlatishdi. Artur Gevorkyan 11-metrlik jarima to'pini aniq amalga oshirdi - 1:1. 

83-daqiqada Abdurahimovning chap qanotdan havolatib jarima maydonchasiga uzatib bergan to'pini Ilhom SHomurodov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 2:1. O'yinda boshqa gol urilgani yo'q.

Nasaf - SHo'rtan 2:1
6 mart 2016. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 17:00
Hakamlar:  H. Ro'ziev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi:  A. Xotamov (Toshkent).

MATNLI TRANSLYACIYA

Gollar: SHerzod Azamov 26 avtogol, - 0:1. Artur Gevorkyan 53 penalti, - 1:1 (Bahrom Abdurahimov). Ilhom SHomurodov 83, - 2:1 (Bahrom Abdurahimov)
"Nasaf":
35.Sanjar Quvvatov, 31.Saydullo Rahmatov, 4.Maqsud Karimov, 23.SHerzod Azamov, 7.SHuhrat Muhammadiev (45.Bobir Abdixoliqov, 79), 20.Erkin Boydullaev, 10.Dilshod Rahmatullaev, 14.SHarof Muhitdinov (21.Azamat Allaniyozov, 46), 18.Bahrom Abdurahimov, 17.Artur Gevorkyan, 9.Ilhom SHomurodov (38.Doniyor Narzullaev, 84).
Zaxira: 25.Eldor Suyunov, 5.Ildar Mamatkazin, 6.Azizjon G'aniev, 19.Deyan Bolevich.

"SHo'rtan": 1.Eldor Tojiboev, 5.Botir Qoraev, 25.Asror Aliqulov, 3.Hasanboy Ergashev, 4.Jamol Otaqulov (15.Xolmurod Xolmurodov, 14), 23.Yusuf Bo'riev (21.Sardor Rasulov, 60), 7.Olim Karimov, 8.Sunnatilla Mamadaliev, 18.Eldor Boymatov, 22.Laziz Ubaydullaev, 9.Igor Taran (6.Abbos Omonov, 77).
Zaxira: 12.Farrux Turdaliev, 2.Elyor Intizomov, 10.Kenja To'raev, 19.Marufxon Murodov.

Ogohlantirishlar: Maqsud Karimov 22, Laziz Ubaydullaev 89.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика