So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  0 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  1 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  1 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  74 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

Oliver Kan: "Yulian bilan shartnoma imzolayotganda u bilan uzoq vaqt ishlaymiz deb o'ylagandik" Yangiliklar

Oliver Kan: "Yulian bilan shartnoma imzolayotganda u bilan uzoq vaqt ishlaymiz deb o'ylagandik"

"Bavariya" klubi boshqaruv raisi Oliver Kan 2021 yilda Yulian Nagelsmann bilan shartnoma imzolangan vaqtni yodga oldi.

"2021 yilda Yulian bilan shartnoma imzolayotgan vaqtimizda u bilan uzoq vaqt ishlashimizga ishonchimiz komil edi va bu biz uchun asosiy maqsadga aylanayotgandi. Yulian muvaffaqiyatli va chiroyli futbol namoyish qilgani bilan diqqatimizni tortgandi. Biroq hozir biz shunday tushunchaga keldikki, o'tgan yilgi chempionlik va tarkibning sifatiga qaramasdan barchasi pastroq darajadadek.

Jahon chempionatidan keyin biz unchalik chiroyli bo'lmagan o'yin ko'rsatdik va muvaffaqiyat ham pastroq bo'ldi. Natijalardagi sezilarli pasayish nafaqat mavsumiy maqsadlarimizni, balki, undan keyin rejalarni ham so'roq ostiga qo'ydi. Aynan shu sababli reakciya qilishni lozim topdik. O'zim va klub nomidan Yulian va uning murabbiylar jamoasiga ularning kelgusi faoliyatiga omad tilaymiz", - dedi Kan.

Bunga o'z navbatida "Bavariya" sport direktori Xasan Salixamidjich ham o'z fikrlarini bildirdi: "Ushbu lavozimga kelganimdan buyon qabul qilingan eng qiyin qaror bo'ldi. Ilk kunlardanoq Yulian bilan ochiq, ishonchli va do'stona munosabatlarni o'rnatganman. Yulian bilan xayrlashish oson bo'lmadi. Ammo jamoaning yanvar oyidan keyingi o'yinlari va natijalarini chuqur taxlil qilib, Yulian bilan xayrlashish qarorini birgalikda chiqardik. Uning "Bavariya" uchun mehnatidan mamnunman va doimo eng yaxshi tilaklarni tilayman".

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика