Oliver Kan: "Bavariya" Bundesligani yutishni istaydi"
29 apr 2023 00:35
Yangiliklar
Oliver Kan: "Bavariya" Bundesligani yutishni istaydi"
"Bavariya" bosh direktori Oliver Kan jamoa Bundesligani yutishiga ishonadi.
CHempionat yakuniga 5 tur qolganida Myunxen klubi peshqadam "Borussiya" Dortmunddan 1 ochkoga ortda qolgan holda 2-o'rinni egallab turibdi.
"Albatta, biz ushbu mavsumda ham Germaniya chempioni bo'lishni istaymiz va buni bajaramiz! O'tgan mavsumda ham qiyin holatlarga tushib qolganmiz va "Bavariya" holatni to'g'rilay olgandi. SHunday holatlar orqali jamoa kuchliroq bo'lgandi.
Rahbariyat xotirjamlikni saqlab qolgani muhim. Bu "Bavariya" uchun, jamoaning ishtiroki va mening shaxsiy faoliyatim uchun ham kerak", - dedi "Bavariya" bosh direktori.
Fikrlar