Olimpiya terma jamoamiz Indoneziyadagi turnirda ishtirok etadi
22 apr 2018 07:49
Yangiliklar
Olimpiya terma jamoamiz Indoneziyadagi turnirda ishtirok etadi
Ravshan Haydarov murabbiyligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoamiz Indoneziyaning Jakarta shahrida o'tkaziladigan xalqaro turnirda qatnashadi.
Bizdagi malumotlarga ko'ra terma jamoamiz delegaciyasi 25 aprel kuni Indoneziyaga jo'nab ketadi va 27 aprelda turnir doirasidagi ilk uchrashuvda maydonga tushadi.
Ushbu mini musobaqada mezbonlar va bizdan tashqari KXDR va Bahrayn terma jamoalari ham ishtirok etadi. Ayni paytda terma jamoamiz “CHig'atoy” (sobiq nomi) terma jamoalar markazida mashg'ulot o'tkazyapti.
Aynan mana shu terma jamoamiz avgust oyida va aynan Indoneziyada o'tkaziladigan Osiyo o'yinlarida ishtirok etadi. Haydarov jamoasi qita o'yinlariga Osiyo chempioni sifatida tashrif buyuradi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar