So’nggi yangiliklar

08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  0 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  0 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  3 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  6 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  7 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  64 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  3 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  8 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0

Olimpiada sari harakat. Uchinchi urinish. Afina-2004 Yangiliklar

Olimpiada sari harakat. Uchinchi urinish. Afina-2004

1996-2020 yillar oralig'ida O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Olimpiada sari harakatini eslashda davom etamiz.

Avvalgi ikkita maqolada Atlanta-1996 va Sidney-2000 yo'lidagi o'yinlar haqida to'xtalgandik. Har ikkala Olimpiada saralash bosqichida bizni Qozog'iston ortda qoldirib ketgani haqida fikr yuritgandik. Bugun esa uchinchi urinish, yani 2004 yil Greciya poytaxti Afinada o'tkazilgan Olimpiya o'yinlari sari harakatni yodga olamiz. 

Afina Olimpiadasida Osiyodan kimlar qatnashgan? 

2004 yil yozgi Olimpiya o'yinlarida ham Osiyodan uchta jamoa ishtirok etgan: Janubiy Koreya, Yaponiya va Iroq. Janubiy Koreya guruhda Mali, Meksika va Greciyaga qarshi bahs olib borib, ikkinchi o'rin bilan chiqqan. Yaponiya o'z guruhida Italiya, Gana, Paragvay bilan bellashib, oxirgi o'rinni egallagan. Iroq esa Kosta-Rika, Marokash va Portugaliyaga qarshi maydonga tushib, hech kim kutmaganda o'z guruhida birinchi o'rinni egallagan. 

Iroq Olimpiya terma jamoasi chorak finalda Avstraliyani 1:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, Janubiy Koreya bu bosqichda Paragvaydan 2:3 hisobida engilib, shu tariqa musobaqani tark etgan. Yarimfinalda Iroq Paragvayga qarshi maydonga tushib, 1:3 hisobida mag'lub bo'lgan va bronza meddalar uchun kurashda Italiyaga ham 0:1 hisobida engilgan.


CHempion kim bo'lgan? 

Afina-2004 Olimpiadasida chempionlik Argentinaga nasib etgan. Argentina finalda Paragvaydan 1:0 hisobida ustun kelgan. Uchrashuvdagi yagona gol Karlos Teves hisobiga yozilgan. Argentinani o'sha yil mashhur murabbiy Marselo Belsa shohsupa sari boshlab kelgan. 


Osiyo saralashi

Osiyoda saralash uch formatda olib borilgan. Dastlab o'tish bosqichi o'yinlari o'tkazilgan. Saralashda jami 36 jamoa uchta yo'llanma uchun kurashgan. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi o'z ishtirokini ikkinchi bosqichdan boshlagan.

Ikkinchi bosqichda 24 jamoa 12ta juftlikka bo'linib, uy-mehmon tarzida o'yinlarni o'tkazgan. Va yakunda 12 jamoa hal qiluvchi uchinchi bosqichga yo'l olib, jamoalar 4tadan 3 guruhga bo'lingan. Har bir guruh g'olibi esa Olimpiada yo'llanmasiga ega chiqqan.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ikkinchi bosqichda Eronga qarshi ikkita o'yin o'tkazgan va har ikkala o'yinda imkoniyatni boy bergan. 2003 yil 3 may kuni Toshkentda o'tkazilgan bahsda 1:3 hisobida mag'lub bo'lgan vakillarimiz 7 iyun kuni safarda 1:6 hisobida mag'lub bo'lishgan. Natijada Eron U-23 hal qiluvchi uchinchi bosqichga yo'l olgan.

03.05.2003. O'zbekiston - Eron 1:3

07.06.2003. Eron - O'zbekiston 6:1 


Uchinchi bosqichda o'ynaganlar

Olimpida saralashidagi oxirgi bosqichda aytib o'tganimizdek, 12 jamoa ishtirok etgan. Jamoalar 4tadan 3 guruhga bo'lingan. 

"A" guruhi: Janubiy Koreya, Eron, Xitoy, Malayziya. 

"B" guruhi: Yaponiya, Bahrayn, BAA, Livan.  

"C" guruhi: Iroq, Ummon, Quvayt, Saudiya Arabistoni.

Guruh natijalariga ko'ra, Janubiy Koreya, Yaponiya va Iroq 2004 yil yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика