Olimpiada sari harakat. Oltinchi urinish. Rio-2016
18 iyu 2021 15:07
Yangiliklar


Olimpiada sari harakat. Oltinchi urinish. Rio-2016
2013 yildan OFK Olimpiya o'yinlari saralashida yangilikka qo'l urdi. Bungacha Olimpiada yo'llanmasi uchun kurash bosqichma-bosqich o'tkazib kelingan bo'lsa, 2014 yildan boshlab U-23 Osiyo chempionati tashkil qilindi va shunga ko'ra, musobaqani yuqori o'rinda yakunlagan 3ta jamoa yo'llanmaga ega chiqadigan bo'ldi.
Farqi shundaki, U-23 Osiyo chempionati (dastlabki yillari U-22 Osiyo chempionati deyilgan) har ikki yilda o'tkazib kelinadi va Olimpiada bo'ladigan yil musobaqa yo'llanma uchun o'ynaladi.
2016 yil yozgi Olimpiya o'yinlari Braziliya poytaxti Rio-de-Janeyroda o'tkazilgan bo'lib, qisqacha Rio-2016 deymiz. Bunda ham Osiyodan uchta jamoa qatnashgan: Yaponiya, Janubiy Koreya va Iroq.
CHempion - Braziliya!
2016 yil Braziliya o'zida o'tgan Olimpiya o'yinlarida oltin medallarni qo'lga kiritgan. Finalda braziliyaliklar Germaniya U-23 terma jamoasini mag'lub etib bosh sovringa ega chiqqan. O'yin 1:1 hisobida yakun topgan, penaltilar seriyasi 5:4 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo'lgan. SHunday qilib Rio-2016da Markinos, Neymar, Gabriel Jezus, Rafinya, Felipe Anderson kabi futbolchilar Braziliyaga chempionlikni taqdim etishgan.
Osiyo qanday natija qayd etgan?
Rio-2016da Osiyodan uchta jamoa qatnashgan bo'lsa, faqat Janubiy Koreya guruhdan chiqa olgan. Koreyaliklar guruh uchrashuvlarini Germaniya, Meksika va Fiji orollariga qarshi o'tkazib, Fijini 8:0 hisobida mag'lub etishgan. Germaniya bilan 3:3 o'ynagan Janubiy Koreya oxirgi turda Meksikani 1:0 hisobida mag'lub etgan. Lekin ularning yurishi chorak finalda Gonduras bilan o'yinda to'xtagan. Bunda Osiyo vakili 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan.
Yaponiya olimpiya terma jamoasi guruhdagi ishtirokini Nigeriyaga qarshi boshlab, 4:5 hisobida mag'lub bo'lgan. Keyingi turda Kolumbiya bilan 2:2 o'ynagan yaponlar oxirgi turda SHveciyani 1:0 hisobida mag'lub etishgan, biroq guruhdan chiqish uchun 4 ochko etarli bo'lmagan.
Iroq esa o'z guruhida 3 ochko to'plab uchinchi o'rinni egallagan va bu jamoa ham guruh bahslaridan so'ng musobaqani tark etgan. Iroqliklar dastlab Daniya bilan 0:0, keyin Braziliya bilan ham 0:0 o'ynashgan. Uchinchi turda JAR termasi bilan 1:1 qayd etilgan. SHunday qilib Iroq olimpiya termasi 3 marta durang o'ynab Rio-2016 bilan xayrlashgan.
U-23 Osiyo chempionatiga saralash
Olimpiadaga yo'llanma bergan U-23 Osiyo chempionati 2016 yil 12-30 yanvar oralig'ida Qatarda o'tkazilgan. Lekin ungacha saralash bosqichi tashkil etilgan. Saralashda jamoalar 10ta guruhga bo'lingan va musobaqa reglamentiga ko'ra, har bir guruh g'olibi va eng yaxshi 5ta ikkinchi o'rin egasi U-23 Osiyo chempionati yo'llanmasiga ega chiqqan. Qatar mezbon sifatida saralashdan ozod etilgan.
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi saralash o'yinlarini "E" guruhida Suriya, Hindiston va Bangladeshga qarshi o'tkazgan. Yakunda vakillarimiz 6 ochko bilan ikkinchi bo'lishgan va eng yaxshi 5 jamoadan biri sifatida musobaqaga yo'l olgan. SHuni aytish lozim, guruh bahslari Bangladeshda o'tkazilgan.
27.03.2015. O'zbekiston - Hindiston 2:0
Gollar: Igor Sergeev, 87. Vladimir Kozak, 90.
29.03.2015. Bangladesh - O'zbekiston 0:4
Gollar: Jaloliddin Masharipov, 4. Sardor Rahmonov, 12, 29. Abbos Maxsitaliev, 40.
31.03.2015. Suriya - O'zbekiston 2:1
Gollar: Omar Xrbin, 29, 45+2 penalti - Abbos Maxsitaliev 59.
U-23 Osiyo chempionati
Osiyo chempionatiga saralash jarayonida O'zbekiston 3-savatchadan joy olgan. 2015 yil 12 sentyabr kuni Qatar poytaxti Dohada qura tashlash marosimi o'tkazilgan va bunda jamoalar 4tadan 4 guruhga bo'lingan.
"A" guruhi: Qatar, Eron, Suriya, Xitoy.
"B" guruhi: Yaponiya, KXDR, Saudiya Arabistoni, Tailand.
"C" guruhi: Janubiy Koreya, Iroq, O'zbekiston, Yaman.
"D" guruhi: BAA, Iordaniya, Avstraliya, Vetnam.
Musobaqadagi ishtirokini "C" guruhida boshlagan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bir g'alaba va ikki mag'lubiyat bilan 3 ochko to'plabholda guruhdan chiqa olmagan.
13.01.2016. Janubiy Koreya - O'zbekiston 2:1
Gol: Doston Hamdamov, 57.
16.01.2016. O'zbekiston - Iroq 2:3
Gollar: Doston Hamdamov, 1. Timur Hakimov, 79.
19.01.2016. O'zbekiston - Yaman 3:1
Gollar: Javohir Sohibov, 18. Igor Sergeev, 68, Jaloliddin Masharipov, 90+3.
SHunday qilib Rio-2016 Olimpiadasi sari harakat Osiyo chempionati guruh bosqichidayoq yakuniga etgan. Vaholanki o'sha musobaqada yaxshi tarkib yig'ilgandi, lekin guruhdan chiqishni uddalay olmaganmiz.
O'sha yil musobaqada g'oliblik Yaponiyaga nasib etgan. Yaponiya U-23 termasi finalda Janubiy Koreyani 3:2 hisobida mag'lub etgan. Uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda Iroq Qatardan 2:1 hisobida ustun kelib, yakunda Yaponiya, Janubiy Koreya va Iroq Olimpiadaga yo'llanma olgan.
Musobaqada qatnashgan O'zbekiston U-23 tarkibi
Darvozabonlar
Asilbek Omonov ("Qo'qon-1912")
Abdumavlon Abdujalilov ("Neftchi")
Javohir Ilyosov ("Mashal")
Himoyachilar
Akrom Komilov ("Bunyodkor")
Sardor Rahmonov ("Neftchi")
Doston Tursunov ("Neftchi")
Maksimilian Fomin ("Buxoro")
Javlon Mirabdullaev ("Metallurg")
Muhsin Ubaydullaev ("Paxtakor")
Yarim himoyachilar
Jamshid Boltaboev ("Paxtakor")
Vladimir Kozak ("Paxtakor")
Javohir Sohibov ("Paxtakor")
Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")
Jamshid Iskanderov ("Paxtakor")
Husniddin G'ofurov ("Yavor", Serbiya)
Ikrom Aliboev ("Lokomotiv")
Doston Hamdamov ("Bunyodkor")
Abdulloh Olimov ("Paxtakor")
Otabek SHukurov ("Bunyodkor")
Hujumchilar
Igor Sergeev ("Paxtakor")
Jasur Hakimov ("So'g'diyona")
Timur Hakimov ("Oqtepa")
Eldor SHomurodov ("Bunyodkor")
Yuqorida kuchli tarkib bilan Osiyo chempionatida ishtirok etganimizni aytib o'tdik. Afsuski, yaxshi tarkibga ega bo'lishimizga qaramay, guruhda faqat Yamanni mag'lub etganmiz, xolos.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar