So’nggi yangiliklar

09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  0 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  1 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  0 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  1 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  4 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  6 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  64 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  3 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1

Olimpiada sari harakat. Ikkinchi urinish. Sidney-2000 Yangiliklar

Olimpiada sari harakat. Ikkinchi urinish. Sidney-2000

O'zbekiston terma jamoasi qatnashmagan ikkita katta musobaqa qoldi.

Biri jahon chempionati bo'lsa, ikkinchisi Olimpiya o'yinlari. Kecha O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Olimpiada sari dastlabki urinishini (1996 yilgi Atlanta Olimpiadasi) yodga olgandik. Bugun vakillarimizning Sidney-2000 Olimpiya o'yinlari yo'lidagi ishtirokiga to'xtalamiz. 

2000 yilgi musobaqada Osiyodan kimlar qatnashgan? 

Sidneyda o'tkazilgan Olimpiadaga ham Osiyodan uchta jamoa borgan: Janubiy Koreya, Yaponiya va Quvayt. Bu jamoalardan faqat Yaponiya keyingi bosqichga chiqqan. Janubiy Koreya bilan Quvayt guruhda 3-o'rinni egallab, o'z ishtirokini yakunlagan.

Sidney-2000 Olimpiya o'yinlarida Kamerun musobaqa g'olibi bo'lgan. Kamerun U-23 terma jamoasi finalda Ispaniyani penaltilar seriyasida mag'lub etgan. O'yin 2:2 hisobida tugaydi va lotereyalar bahsi 5:3 hisobida afrikaliklar foydasiga yakun topadi. Bronza medallar uchun kechgan bahsda CHili AQSHni 2:0 hisobida mag'lub etgan.


O'zbekiston yo'liga kim to'g'anoq bo'lgan?

1996 yilgi Olimpiya o'yinlari saralash bosqichida bizni Qozog'iston terma jamoasi guruhda qoldirib ketgandi. Buni qarangki, Sidney-2000 yo'lida ham Qozog'iston bizni ortda qoldirib ketgan.

Osiyoda saralash ikki bosqichda o'tkazilgan. Birinchi bosqichda 35 jamoa 9ta guruhga bo'lingan holda kurashgan. Har bir guruhdan birinchi o'rinni egallagan jamoalar keyingi bosqichga chiqqan. Ikkinchi bosqichda 9ta jamoa 3tadan 3 guruhga bo'lingan va faqat guruh g'oliblarigina Olimpiada yo'llanmasiga ega chiqqan.


O'zbekiston qayd etgan natijalar

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi saralash bahslarining 5-guruhida ishtirok etgan. Bu guruhda 5ta jamoa kurash olib borgan: bizdan tashqari Qozog'iston, Turkmaniston, Qirg'iziston va Tojikiston. 

1-tur. 03.04.1999

O'zbekiston - Qirg'iziston 3:1


2-tur. 10.04.1999

O'zbekiston - Tojikiston 3:0


3-tur. 24.04.1999

Turkmaniston - O'zbekiston 1:1


4-tur. 15.05.1999

O'zbekiston - Qozog'iston 0:2

O'zbekiston: Evgeniy Safonov, Vitaliy Pochuev (SHerzod SHaripov, 67), Asror Aliqulov, Ravshan Mataliev, Oleg Sobirov, Leonid Koshelev (Umid Isoqov, 79), Xurshid G'ofurov, Vyacheslav Ponomaryov, Anvar Soliev (Vladimir SHishelov, 60), Maksim SHackix, Andrey Akopyanc. 

Gollar: Samat Smakov, 49. Dmitriy Galich, 72.


5-tur. 29.05.1999

Qozog'iston - O'zbekiston 3:1

O'zbekiston: Evgeniy Safonov, Vitaliy Pochuev, Asror Aliqulov, Ravshan Mataliev, Leonid Koshelev, Vyacheslav Ponomaryov, Maksim SHackix (Ulug'bek Baqoev, 56), Andrey Akopyanc, Vladimir SHishelov (Umid Isoqov, 64), Vladimir Baranov (Nikolay Sergienko, 71), Konstantin Kuznecov.

Gollar: Dmitriy Galich, 14. Alixan Akkazinov, 24. Ali Aliev, 89 - Igor Soloshenko, 65 avtogol.   


6-tur. 12.06.1999

O'zbekiston - Turkmaniston 3:0


7-tur. 26.06.1999

Tojikiston - O'zbekiston 0:2


8-tur. 03.07.1999

Qirg'iziston - O'zbekiston 0:2

Ko'rib turganingizdek, guruhda 8ta uchrashuv o'tkazgan vakillarimiz shundan 5tasida g'alaba qozonib, 1 durang va 2 mag'lubiyat qayd etgan holda ikkinchi bo'lishgan. Har ikkala mag'lubiyat Qozog'iston bilan kechgan bahsda qayd etilgan. Qozog'iston yagona mag'lubiyatini safarda Turkmanistondan qabul qilib olgan.


Guruh g'oliblari

Saralashning birinchi bosqichi jamoalarni 9ta guruhga bo'lgan holda o'tkazilganini aytib o'tdik. Guruh g'oliblari sifatida quyidagi jamoalar keyingi bosqichga yo'l olgan: 

Qatar

Quvayt

Saudiya Arabistoni

Bahrayn 

Qozog'iston

Yaponiya

Xitoy

Janubiy Koreya

Tailand

Ikkinchi bosqichda 9 g'olib jamoa uchtadan uch guruhga bo'lingan:

"A" guruhi: Quvayt, Saudiya Arabistoni, Qatar.

"B" guruhi: Janubiy Koreya, Xitoy, Bahrayn. 

"C" guruhi: Yaponiya, Qozog'iston, Tailand.

Har bir guruhdan faqat birinchi o'rinni egallagan jamoa (Quvayt 9 ochko, Janubiy Koreya 10 ochko, Yaponiya 12 ochko) Sidneyda o'tkazilgan yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan. O'zbekiston terma jamoasi esa Olimpiada sari ikkinchi urinishda ham birinchi bosqichdayoq o'z ishtirokini to'xtatgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика