So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  6 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  4 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

"Olimjon Ahmedov kubogi II". Bugun bo'lib o'tgan barcha o'yinlarning natijalari bilan tanishing Yangiliklar

"Olimjon Ahmedov kubogi II". Bugun bo'lib o'tgan barcha o'yinlarning natijalari bilan tanishing

2009 yillarda tavallud topgan futbolchilar o'rtasidagi "Olimjon Ahmedov kubogi II" musobaqasining birinchi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Bugun bo'lib o'tadigan barcha o'yinlardan onlayn hisob, uchrashuvlardan suratlar va murabbiylarning fikrlarini kuzatib borishingiz mumkin. 

1-tur, 17 dekabr. "Odil Ahmedov FA" stadioni.

9-00.  Odil Ahmedov FA (To'raqo'rg'on) -  "CHig'atoy" 3:0 (TUGADI)

Gol: Jo'raboev Ayubxon 1:0, Asilxon Aliev 2:0, Orifxonov Muhammadodil 3:0

Uchrashuv jarayonidan suratlar

Qahramon Mahammadjonov (Odil Ahmedov FA bosh murabbiyi) - Joriy yilgi musobaqani ko'tarinki ruhda boshlab oldik. «Olimjon Ahmedov II» kubogi avvalgiga qaraganda yuqori saviyada o'tishiga ishonaman. Bunday turnirlar orqali futbolchilarimizni taqyorlab boramiz. Umuman olganda biz uchun foydali bo'ladi, deb o'ylayman.


10-00. Odil Ahmedov FA 10 - "Umid" 3:0 TUGADI

Gollar: Bahodirov Ayub, Erkinov Elchin, Qo'chqoraliev Behruz

Jahongir Sakiev (Odil Ahmedov FA 10 (Toshkent) bosh murabbiyi) - Musobaqaga bir kun oldin etib kelgandik. Tiklanish mashg'ulotlarini ham olib bordik. Tashkilotchilarga rahmat aytaman. Qaysidir manoda havo ham futbol o'ynash uchun qulay bo'ldi. Bugungi o'yinda yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lgan jamoa yutdi.

 

Andijon FA  - Lokomotiv 0:3 TUGADI

Gollar: Toirov Muhamadillox, Maxsumov Sarvar (dubl)

SHavkat Ahmedjanov ("Lokomotiv" murabbiyi) - Birinchi tur bo'lgani uchun biroz hayajon sezildi. Qo'l ostimdagi bolalar kuchliroq edi.  O'yinni o'z tomonimizga og'dirganimiz hisobiga g'alaba qozondik. Raqibning xatolaridan unumli foydalandik. "Andijon" ham yaxshi jamoa ekan.


Namangan FA  - "Do'stlik" (Toshkent) 0:0 TUGADI


Samig' Dadaev ("Do'stlik" Toshkent bosh murabbiyi) - Musobaqa yaxshi tashkillashtirilmoqda. Sifatli hakamlar qo'yilgan. Maydon holati yaxshi. Turnirga teng kuchli jamoalar kelganini ko'ryapmiz. Bu bolalarga katta tajriba vazifasini o'tab beradi. O'yinga keladigan bo'lsak, tengkurashlar ostida o'tdi. Ikki jamoa ham borini berdi. Umuman olganda durangga mos o'yin bo'ldi



Odil Ahmedov FA (Toshkent) - "Do'stlik" (Marg'ilon) 11:2

Gollar: Husan Atabekov (5ta), Humoyun Sindarov (2ta), Husan Erkinov, Mirsaid Mirmaqsudov, Ro'zimurod Ro'zimurodov, Suhrob Sadirjanov


Jamol Qosimov ("Do'stlik" Marg'ilon bosh murabbiyi) - Bugungi juda ham shakllangan va tajribali murabbiyga ega jamoaga qarshi o'ynadik. Birinchi o'yin bo'lgani uchun ham hayajon to'sqinlik qildi. SHuningdek jamoamizni 2010 yilda tug'ilgan bolalar tashkil qiladi. Lekin bu bahonaga o'tmaydi. CHunki raqib kuchli va buni tan olamiz. Ularning o'yini menga manzur keldi.


"Kimyogar" - Odil Ahmedov FA (Samarqand) 0:0 TUGADI

Alisher Ahmedov (Odil Ahmedov FA Samarqand bosh murabbiyi) - Bu raqib bilan ilk bor to'qnash keldik. Ular vodiy ligasining finalchisi hisoblanadi. Musobaqadagi asosiy maqsad bolalarning o'yin amaliyotiga ega bo'lishi. Namanganga kecha etib keldik. Bu borada qo'llab - quvvatlagan homiylarimizga raxmat aytaman.


"Bunyodkor" - "Axmadxon" 3:0 TUGADI

Gollar: Buharov SHahboz, Dilshodov Odiljon, G'ofurov Asatillo


Alisher Ibrohimov ("Bunyodkor" murabbiyi) - Birinchi o'rinda musobaqa tashkilotchilariga minnatdorchilik bildiraman. O'yinga kelsak, yilning oxiri bo'lgani uchun qiyinroq bo'ldi. Raqibga keyingi o'yinlarda omad tilayman. Turnirning birinchi kuni yaxshi va chiroyli tarzda o'tdi.


Namangan FA B  - "Nasaf" 0:3 TUGADI

Gollar:Normurodov Sayyod (2ta), Abdurazzoqov Ozod




Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика