Olim Navkarov katta futbolga qaytdi

29 apr 2015, 21:26
Taniqli hujumchi so'nggi yillarda o'yindan tashqari xolatda qolib ketayotgandi.

Futbolchilik faoliyati davomida asosan “Traktor” safidagi yorqin o'yinlari bilan tanilgan Olim Navkarov yana katta futbolga qaytgan. “Lokomotiv”, "Qizilqum" va “Andijon” kabi jamoalarda ham o'ynagan 31 yoshli hujumchi jaroxat sabab yashil maydonda ko'rinmay qolgandi. 

Joriy yildan u birinchi liga ishtirokchisi “NBU-Osiyo” safidan o'rin egalladi. “Bankirlar” jamoasi Navkarov uchun begona emas. Boisi Olim ilgari aynan ushbu klubda o'ynab, keyinchalik oliy liga klubi “Traktor”ga ko'chib o'tgandi. Ma'lumot uchun Navkarov kecha jamoasining Kubok bahsida "Buxoro"ga qarshi o'tkazgan o'yinida gol urdi.

Aytish lozimki, Rifat Akramxo'jaev boshqaruvidagi jamoada Navkarovdan tashqari sobiq “Traktor”ning sobiq o'yinchisi Muzaffar Umurzoqov ham bor. Shuningdek Leonid Koshelev bu yil ham “NBU-Osiyo”da qolib o'ynashni maqul topdi.


Manba: championat.asia