So’nggi yangiliklar

17:37Малайзия "CAFA Nations Cup 2025”да иштирок этмайди  0 17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   0 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  13 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  3 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  9 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  5 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  3 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16

Oliy liga. Muxlislar statistikasiga o'zgartirish kiritildi Yangiliklar

Oliy liga. Muxlislar statistikasiga o'zgartirish kiritildi

Malumki, o'tgan hafta oliy liganing 9-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Ortda qolgan uchrashuvlarning qaydnomalariga nazar tashlaymiz.

Muxlislar tashrifi haqida gap ketganida birinchi o'rinda “Dinamo” gavdalanadi. Negaki samarqandliklar uy o'yiniga bu turda nisbatan eng ko'p muxlis tashrif buyurgan. Garchi jamoaning natijalari kutilganidek chiqmayotgan bo'lsada, ishqibozlar klubni yolg'izlatib qo'ymayapti va har bir uy o'yiniga kirib, qizg'in qo'llab-quvvatlamoqda. O'tgan shanba oqshomida “Dinamo” – “So'g'diyona” bahsiga jami 8052 nafar tomoshabin tashrif buyurgan. Geografik jihatdan qo'shi bo'lgan ushbu jamoalarning o'yiniga Jizzaxdan ham ko'plab ishqibozlar qadam ranjida qilganini takidlash joiz.
Bu borada eng past ko'rsatkich vodiy derbisida qayd etildi. Ha, afsuski shunday. Ilgari vodiy derbilariga kirish yaxshigina muammo bo'lgan. O'yindan 1 kun oldin kassalardi deyarli chipta tugab bo'lardi. Afsuski so'nggi paytlarda unday deya olmaymiz.


SHanba kuni “Sog'lom avlod” stadionida kechgan bahsni atiga 1325 nafar ishqiboz kuzatib borgan.

O'ZGARTIRISH.

Andijon statistikasiga o'zgartirish kiritildi

Uchrashuv komissari va malumotlarni qabul qiluvchi PFL vakilining tomoshabinlar hisobida anglashilmovchilikka yo'l qo'ygani malum bo'ldi.

"Andijon" jamoasining rasmiylarini saytimizga xabar qilishicha, 1325 tomoshabin emas 13 250 nafar muxlis kelgan. Bu erda bitta "0" tushib qolgan ekan.



Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?


Bunyodkor (Toshkent) – Mashal (Muborak) – 4:0. 1430 tomoshabin.
Nasaf (Qarshi) – Metallurg (Bekobod) – 0:1. 3460 tomoshabin.
Paxtakor (Toshkent) – Neftchi (Farg'ona) – 2:0. 4227 tomoshabin.
Qo'qon-1912 (Qo'qon) – SHo'rtan (G'uzor) – 2:1. 6500 tomoshabin.
Olmaliq (Olmaliq) – Lokomotiv (Toshkent) – 2:2. 6830 tomoshabin.
Buxoro (Buxoro) – Qizilqum (Navoiy) – 1:2. 7503 tomoshabin.
Dinamo (Samarqand) – So'g'diyona (Jizzax) – 2:0. 8052 tomoshabin.
Andijon (Andijon) – Navbahor (Namangan) – 3:2. 13250 tomoshabin.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика