"Oliy liga - BML" Kubogi 1-tur

Nadirkhuja Yuldashev
6 noya 2014, 15:54
Soat 16:00da BML Kubogining yangi mavsumi boshlanadi. Marhamat ishtirok eting.
Musobaqa jadvali 24 soat ichida e'tiboringizga havola etiladi.
Savollar mazkur saxifada har 10 daqiqada berib boriladi.
Qoidalar bilan tanishtirib o'tamiz:
  1. Chat qilmaslik.
  2. Flud (bitta gapni qayta-qayta) qoldirmaslik.
  3. "CA" tomonidan javob berilganidan so'ng qoldirilgan javoblar inobatga olinmaydi.
  4. O'quvchining birinchi javobi qabul qilinadi.
  5. Javob bergan o'quvchi tomonidan qoldirilinadigan har qanday fikr o'chiriladi.
Qonun-qoidaga amal qilmagan o'quvchi 24 soatga band qilinadi. 

SAVOL #1: 16:00 - 16:10 (vaqt)

2002 yilda oliy ligadagi eng so'nggi golni qaysi futbolchi urgan? 

Javob: "Neftchi" - "Paxtakor" 4:0 (Rustam Do'rmonov)

SAVOL #2: 16:10 - 16:20 (vaqt)

1997 yilda oliy ligada qatnashgan 18ta klubdan nechtasi 2014 yilgi oliy ligada ishtirok etmadi. 

Javob: 11ta

SAVOL #3: 16:20 - 16:30 (vaqt)

2012 yil oliy ligada 39ta gol o'tkazib antirekord qayd etgan darvozabon kim? Yordam uchun 2014 yil oliy ligada o'ynadi. 

Javob:  Mamur Ikromov "Metallurg"



SAVOL #4: 16:30 - 16:40 (vaqt)

1.Hali biron marotaba O'zbekiston chempioni bo'lmagan

2.Terma jamoada "xet-trik" qayd etgan

3.O'ng oyoqda zarba beradi

BU FUTBOLCHI KIM?
Javob: Farhod Tojiev. O'zbekiston - Qatar o'yinida uchta gol urgan. Biron marotaba oliy liga chempioni bo'lmagan.

SAVOL #5: 16:40 - 16:50 (vaqt)
BU KIM?
 


Javob: Kaxi Maxaradze


"LOKOMOTIV" - "DINAMO"  1:2 (0:1)

19.08.2009. 18 tur. Toshkent. 500 tomoshabin.

O'yinda Filimonov qizil kartochka olganligi uchun Kaxi Maxaradze darvozada turgan edi.



Musobaqa jadvali 24 soat ichida e'tiboringizga havola etiladi.

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia