So’nggi yangiliklar

14:09Эшитдик-да! "Бунёдкор" бугун "Олимпик" ўйинчиси билан шартнома тузади  2 13:39"Пахтакор" стадионига таъмир керак. У Суперлигани қабул қила олмайди  13 13:10Энцо Фернандес АҚШда "Челси" сафига бориб қўшилди  1 12:52Ўзбекистонлик спортчиларнинг Париж Олимпиадасидаги иштирокидан ОНЛАЙН  1 12:31ЦСКА ҳужумчиси Греция клуби билан шартнома имзолайди   2 12:05Шерзод Файзиев қаерда?   6 11:50"Краснодар" бразилиялик футболчиси билан янги шартнома имзолади   1 11:29Леон Горецкага "Атлетико Мадрид" ва "Наполи" қизиқиш билдирмоқда  1 10:33«Олимпик» 7 нафар футболчи билан шартнома тузди  6 10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  3 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  6 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  10 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  21 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2

Oliy liga 8-tur statistikasi Yangiliklar

Oliy liga 8-tur statistikasi

9-10 may kunlari 2015 yilgi oliy liganing 8-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. O'quvchilarimizga yakunlangan tur statistikasini taqdim etamiz.
Turning 8ta uchrashuvida darvozalarga jami 28ta gol urildi. Har bir o'yinga o'rtacha 3,5tadan gol to'g'ri keladi.

Turdagi 8ta uchrashuvning 4tasida mezbon jamoa zafar quchdi. “Qizilqum” o'z maydonida “Qo'qon-1912”ni qabul qildi. O'yindagi hisobni mehmonlar hujumchisi Nosir Otaqo'ziev ochdi. 17-daqiqada mehmonlar vakili Jalil Kimsanov maydondan chetlatildi. Ikkinchi bo'limda esa Baxriddin Vahobov (2ta) va Vyacheslav SHevchenko gol urib navoiyliklarga irodali g'alabani keltirishdi – 3:1.



Bu mavsum oliy ligada mag'lub bo'lmagan yagona klub “Neftchi” o'z maydonida “Dinamo”ni mag'lubiyatsiz seriyasini uzaytirdi. Abbos Maxstaliev, Javohir Rasulov va Oybek Nurboevning gollariga samarqandliklar tarkibida Otabek Zokirov javob berdi – 3:1.

Tur sensaciyasi Zominda kuzatildi. “So'g'diyona” klubi o'z maydonida “Bunyodkor”ni qabul qilib g'alabaga erishdi. SHu paytga qadar bu raqibga qarshi kechgan 10ta o'yinning barchasida imkoniyatni boy bergan “So'g'diyona” bu yil ushbu qora ananaga barham berdi. Jasur Hakimovning ikki goliga SHaker Zuagi bitta to'p bilan javob berdi – 2:1.

“Lokomotiv” o'z maydonida “Andijon” bilan o'ynaydi. Birinchi bo'limda Sanjar SHoahmedov, ikkinchi bo'limda Salim Mustafoev tomonidan urilgan gollar “temiryo'lchilar”ga 3 ochko keltirdi – 2:0.

Bu turda uch marta durang qayd etildi. Muborakda “Mashal” bu mavsum g'alaba nimaligini bilmay kelayotgan “Buxoro” bilan bellashdi. Bogdan Xaushi hisobni ochib mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Vladislav Ivanov tez orada hisobni tenglashtirdi. Taym so'nggida Jamoliddin Ubaydullaev yana bir bor buxoroliklarni oldinga olib chiqishga muvaffaq bo'ldi. O'yindagi so'nggi golni Zohir Qo'ziboev urdi – 2:2.



Qarshining “Nasaf” klubi Namangandan g'alaba bilan qaytishga yaqin edi. Maqsud Karimovning birinchi bo'limda urgan goliga 90+1-daqiqada Mo'ydin Mamazulumov javob berdi – 1:1.

G'uzorda “SHo'rtan” va “Olmaliq” muxlislarga haqiqiy tomoshabop o'yin namoyish etib berishdi. Birinchi bo'lim boshida SHavkat Salomov hisobni ochdi. Bunga Viktor Karpenko ikki bor javob berdi. Birinchi bo'lim so'nggida Adrian Kashkaval hisobni tenglashtirdi. O'yin tugashiga 6 daqiqa qolganida Suxrob Berdiev gol urdi. “Olmaliq” safida oliy ligada debyut qilgan Doniyor Ismoilov so'nggi daqiqada mezbonlar darvozasini ishg'ol qilib yakuniy natijani o'rnatdi – 3:3.

Safarda faqat bitta jamoa g'alaba qozondi. Bekobodda mehmon bo'lgan “Paxtakor” Bahodir Pardaevning dubli evaziga zafar quchdi. Mezbonlar safida Murod Toshmatovning urgan goli hisobni qisqartirdi xolos – 1:2.

Bu turda hakamlar umuman penalti belgilashmadi. Bugunga kelib 19ta penaltidan 17tasi golga aylantirildi.

Turning 8ta uchrashuvida hakamlar tomonidan 29ta sariq kartochka ko'rsatildi. Bu har bir o'yinda 3,62tadan sariq kartochka ko'rsatildi deganidir. “Qizilqum” – “Qo'qon-1912” uchrashuvida eng ko'p ogohlantirish ko'satildi – 6ta. “Metallurg” – “Paxtakor” o'yinda hakam umuman sariq kartochka ko'rsatmadi. Bu turda hakamlar ikki marta qizil kartochka ko'rsatishdi. “Olmaliq” himoyachisi Evgeniy Gogol “SHo'rtan” bilan bahsda, “Qo'qon-1912” himoyachisi Jalil Kimsanov “Qizilqum”ga qarshi o'yinda qizil kartochka olishdi. Hozirga qadar 13 nafar futbolchi qizil kartochka olib maydonni tark etdi.



Ushbu turda umuman yirik hisob qayd etilmadi. 2015 yilgi mavsumda hozirga qadar etti uchrashuvda yirik g'alaba kuzatilgan edi.

Bu turda to'rtta dubl kuzatildi. CHempionat to'purari “Qizilqum” hujumchisi Bahriddin Vahbov “Qo'qon-1912”ga qarshi bahsda o'zining mavsumdagi 7 va 8-gollarini urdi. “Paxtakor” hujumchisi Bahodir Pardaev “Metallurg” bilan o'yinda, “So'g'diyona” vakili Jasur Hakimov “Bunyodkor”ga qarshi uchashuvda, “SHo'rtan” yarim himoyachisi Viktor Karpenko esa “Olmaliq” bilan bahsda dublga erishishdi. Hozirgacha 11ta dubl va 2ta xet-trik rasmiylashtirildi.

8-turning 8ta uchrashuvini kuzatish uchun stadionlarga jami 43553 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir o'yinga o'rta hisobda 5444 nafar tomoshabin keldi deganidir. Turning eng ko'p tomoshabini “Neftchi” – “Dinamo” uchrashuviga keldi – 9674. Eng kam tomoshabin esa “Lokomotiv” – “Andijon” bahsiga tashrif buyurgan. Ushbu o'yinni ko'rish uchun TTYMI stadioniga 1432 nafar tomoshabin keldi.




8-tur

Ko'rsatkich

2015 yil

8

O'yin

62

28 (3.5)

Gol (o'rtacha)

154 (2.48)

4 (50%)

Mezbon g'alabasi

36 (58.06%)

3 (37.5%)

Durang

13 (20.97%)

1 (12.5%)

Mehmon g'alabasi

13 (20.97%)

0

Penalti belgilandi

19

0

Penalti amalga oshirildi

17 (89.47%)

29 (3.62)

Ogohlantirish (o'rtacha)

262 (4.23)

2 (0.25)

CHetlatish (o'rtacha)

13 (0.21)

0

Yirik g'alaba

7

1

Irodali g'alaba

4

4

Dubl

11

0

Xet-trik

2

43553 (5444)

Tomoshabin (o'rtacha)

359962 (5806)


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика