So’nggi yangiliklar

13:49"Қўқон-1912"нинг 9 ўйинлик мағлубиятли серияси якунланган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45"Сурхон" май ойидан буён Термизда гол ура олмаяпти  0 13:24Луис Энрике: "Тоттенхэм" бир ойдан буён тайёрланмоқда, биз эса бир ҳафта шуғулландик холос"  0 12:27"Нефтчи" ва "Насаф" ўртасидаги ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:01Эшитдик-да! "Динамо" - "Пахтакор" учрашуви бош ҳакамига "қизил карточка" кўрсатилди  31 11:51Суперлига 19-турида ишловчи расмийлар маълум  2 11:31Кузатаётган Абрамов, сакраётган Илёсов, ётган Кенжабоев, сиқилаётган Қосимов ёхуд ОКМК - "Қизилқум" ўртасидаги ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 10:47Жанлуижи Доннарумма АПЛ жамоаси билан келишувга эришди  9 10:15"Ньюкасл" "Милан" ҳимоячисини сотиб олди  1 09:41"Ливерпуль" Англия терма жамоаси футболчиси билан шахсий шартнома бўйича келишувга эришди  4 09:09Жанлуижи Доннаруммага Европанинг яна бир ТОП клуби қизиқиш билдирмоқда  2 08:38Пролига. Бугун 11-тур якунланади  0 08:07Расман. "Бухоро"ни вақтинчалик мураббийи маълум қилинди  3 07:35Суперлига. Бугун 18-тур якунланади  1 07:10Суперлига. "Навбаҳор" дербида ғалаба қозонди, "Шўртан" “Қўқон-1912”га ютқазди, ОКМК - "Қизилқум" баҳсида эса нурсиз дуранг  3

Oliy liga 7-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga 7-tur ramziy terma jamoasi

O'tgan hafta oliy liganing 7-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.
Odatimizga ko'ra turning ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.

Darvozabon: Aleksandr Melenchuk ("Navbahor")



"Paxtakor"ga qarshi o'yinda mehmonlar safida eng kuchli chiziq qaysi edi? deb berilgan savolga "sherlar" bosh murabbiyi Samvel Babayan o'ylab o'tirmay darvozabon deb javob berdi. Aleksandr Melenchuk haqiqatdan ham o'sha oqshom juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Bir qator vaziyatlarda "Navbahor"ni gollardan asrab qoldi. So'nggi daqiqalarda xatto gol urishi mumkin edi. Bu turda Eldor Suyunov ("Nasaf") va Botir Nosirov ("Mashal") kabi posbonlar ham yaxshi o'ynashganini takidlash lozim.

Himoyachi: SHukurali Po'latov ("Neftchi"), SHerzod Azamov ("Nasaf"), Sardor Rahmonov ("Neftchi"), Ildar Mamatkazin ("Dinamo")



"Bunyodkor"ni Toshkentda mag'lub etish faqat OCHLdagi klublarga emas o'zbek klublariga ham odat bo'lib qolayapti shekilli. Farg'onaning "Neftchi" klubi Toshkentda "qaldirg'ochlar"ni 1:0 hisobida mag'lub etib ketishdi. O'sha kuni mehmonlar safida SHukurali Po'latov va Sardor Rahmonov himoyadagi ishonchli o'yinlari bilan jamoaga katta yordam berishdi. Ularning harakatlari tufayli ham "Bunyodkor" gol ura olmadi.



"Nasaf" o'z uyida "Lokomotiv"ni mag'lub etdi. Mezbonlar tarkibida himoyada SHerzod Azamov faol o'ynadi, Marat Bikmaevga to'p kiritish uchun imkon bergani yo'q. Raqib hujumlarini jarima maydoniga qadar etib bormasligini taminlay oldi. "Dinamo" klubi oliy ligadagi ilk g'alabasini shu turda "Metallurg" ustidan qo'lga kiritdi. Samarqand klubi safida himoyada Ildar Mamatkazin sheriklaridan ko'ra faolroq bo'ldi.



Yarim himoyachi: Sardor Eminov ("Qo'qon-1912"), Erkin Boydullaev ("Nasaf"), Muqim Toshmatov ("So'g'diyona"), Stanislav Andreev ("Paxtakor")



"Qo'qon" o'z muxlislari qarshisidagi dastlabki g'alabasini 7-turda qo'lga kiritdi. Sardor Eminovning ikkita golli pasi "Buxoro"ning g'alabasiz seriyasini davom ettirishga zamin yaratdi. O'ng qanot yarim himoyasida o'ynagan futbolchi juda ham faol harakat qildi.

"Nasaf"ning g'alabasida Erkin Boydullaevning ham xissasi katta bo'ldi. Tayanch yarim himoyasida harakat qilgan futbolchi raqibning hujumlarini buzishda ancha yaxshi o'ynadi.



"So'g'diyona" vakili Muqim Toshmatov "Mashal"ga qarshi bahsda maydonga tushirildi. U Davron Fayzievning ishonchini to'la to'kis oqladi deyish mumkin. Tezkor harakatlari bilan raqib himoyachilariga ancha tashvish tug'dirdi.

So'nggi turlarda maydonni golsiz tark etmayotgan Stanislav Andreev bu safar ham gol urdi. Oldingilaridan farqli ravishda "Navbahor" darvozasiga penaltidan emas boshi bilan to'p kiritdi. Uning goli jamoaga g'alaba keltirdi.

Hujumchi: Kamoliddin Murzoev ("Olmaliq"), Aziz To'xtaboev ("Qo'qon-1912")



Qozog'istondan qaytgan Kamoliddin Murzoev nihoyat "Olmaliq" safidagi gollari hisobini ochishga erishdi. "Qizilqum"ga qarshi bahsda Murzoev bu mavsumdagi ilk golini urdi.

"Qo'qon-1912" sardori Aziz To'xtaboev "Buxoro"ga qarshi bahsda juda muhim gol urib jamoasiga g'alaba keltirdi. To'xtaboev gol urishdan tashqari sheriklariga dalda berishda va ruhlantirishda juda ham faol bo'ldi.



Bosh murabbiy: Davron Fayziev ("So'g'diyona")

"So'g'diyona" bir necha turlik g'alabasiz seriyaga 7-turga kelib barham berishga muvaffaq bo'ldi. "Mashal"ni Zominda qabul qilgan Davron Fayziev shogirdlari 2:1 hisobida zafar quchishdi. Tur ramziy termasini Davron Fayzievga ishonib topshirishga qaror qildik.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика