So’nggi yangiliklar

22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  1 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  8 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  6 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  10

Oliy liga. 4-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 4-tur ramziy terma jamoasi

Oliy ligada 4-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Bu turda ham bir qator qiziqarli bahslar o'tkazildi. Xususan vodiy derbisida "Andijon" joriy mavsumdagi ilk ochkosini qo'lga kiritgan bo'lsa, poytaxt derbisida "Lokomotiv" "Bunyodkor"ni yirik hisobda mag'lub etdi.
SHuningdek, "Nasaf" va "Paxtakor" jamoalari safarda bir xil 2:0 hisobi bilan g'alaba qozonishdi. "Mashal" esa o'z maydonida "Olmaliq"dan ustun keldi.  

Saytimizga odatiga binoan 4-tur ramziy terma jamoasini keltirib o'tamiz. Bu safar ramziy termadan "Paxtakor", "Mashal", "Lokomotiv", "Andijon", "Neftchi", "Nasaf" futbolchilari joy olishdi. Qolgan jamoalardan esa nomzod ko'zga tashlanmadi.



DARVOZABON
Aleksandr Lobanov ("Paxtakor")

HIMOYACHILAR
Siroj Hamroev ("Mashal")
Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv")
Davron Tursunov ("Andijon")



YARIM HIMOYACHILAR
Abbos Maxsitaliev ("Neftchi")
Jamshid Hasanov ("Mashal")
Artur Gevorkyan ("Nasaf")
Vladimir Kozak ("Paxtakor")
Ikrom Aliboev ("Lokomotiv")
Jasur Hasanov (katta, "Lokomotiv")



HUJUMCHI
Ilhom SHomurodov ("Nasaf")

Bosh murabbiy: Vadim Abramov

"Paxtakor" safarda "Qizilqum"ni mag'lub etib qaytdi. Amaldagi chempionlar posboni Aleksandr Lobanov bir nechta vaziyatda o'z darvozasini goldan qutqarib qoldi. Bu o'yinda maydonda harakat qilgan futbolchilardan Vladimir Kozak ham iliq taassurot qoldirdi. SHu bois uni ham ramziy termaga kiritdik.

Oliy ligada chempionlik uchun kurashayotgan "Lokomotiv" esa Toshkent derbisida "Bunyodkor"ni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu o'yinda maydon egalari safida Islom To'xtaxo'jaev, Ikrom Aliboev hamda katta Jasur Hasanov ajralib turishdi. Ko'z tegmasin, ayniqsa Ikrom Aliboevning o'yini turdan turga qovushib bormoqda.



Nihoyat, 4-turga kelib "Andijon" chempionatdagi ilk ochkosiga ega bo'ldi. Edgar Gess shogirdlari safarda "Qo'qon-1912" bilan durang o'ynashdi. Bu bellashuvda himoyachi Davron Tursunov yaxshi harakat qildi. "Nasaf" etakchisi Artur Gevorkyan yana katta sahnaga qaytmoqda. Jarohatidan tezda forig' bo'lgan yarim himoyachi "Buxoro"ga qarshi bahsda o'zini ko'rsatdi. U ham o'zi gol urdi, ham Ilhom SHomurodov to'p kiritgan vaziyatda to'pni unga etkazib berdi. Hujum chizig'iga esa aynan Ilhom SHomurodovni qo'ydik. Surxondaryolik hujumchi chempionatdagi gollari hisobini ochdi. Keyingi turlarda ham o'zini ko'rsatsa ajab emas.



4-tur ramziy terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida "Loko" ustozi Vadim Abramovni maqul ko'rdik. Negaki uning qo'l ostidagi jamoa "Bunyodkor" darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritdi. Qolaversa, "temiryo'lchilar" oxirgi uch o'yinda 11ta gol urishning uddasidan chiqishdi. Bu esa yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi. Aftidan, Vadim Abramov qo'l ostidagi jamoa o'z o'yinini to'liq topib olgan ko'rinadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика