So’nggi yangiliklar

00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:31Германия кубоги финали. "Арминия" ва "Штутгарт" ўзаро баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  2 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:11ПСЖ — "Реймс". Франция кубоги финали учун таркиблар маълум  3 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  6 23:05"Милан" — "Монца". Таркиблар маълум  0 23:02Суперлига. "Сўғдиёна" ва "Бухоро" муроса кўчасини танлади  29 22:45Та "Бавария" билан шартнома имзолайди. "Байер" ҳимоячини компенсация эвазига КЖЧга қўйиб юбориш таклифини кутмоқда  0 22:30ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ғалабага эришди, Раҳмоналиев захирадан ўйинга қўшилди  0 22:25CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди  4 22:00"Краснодар" ўз тарихида илк бор Россия чемпиони бўлди  4 21:21Аморим Гарначога янги жамоа қидиришни айтди. Футболчи Европа лигаси финалидан кейин МЮ устозидан норози бўлганди  11 21:10Ла Лига. "Реал" сўнгги ўйинда Мбаппенинг дубли эвазига "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, "қироллик клуби" мавсумни иккинчи ўрин билан якунлади  31 20:59Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида бир киши кам "Шўртан"ни йирик ҳисобда енгди  29

Oliy liga. 23-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 23-tur ramziy terma jamoasi

Oliy ligamizda 23-tur bahslari bo'lib o'tdi.
Ushbu turda o'tkazilgan ettita o'yindan uchtasida durang qayd etildi, yani Samarqand, Muborak va Andijonda kechgan bahslarda hech bir jamoa g'alaba qozonmadi. Turning markaziy uchrashuvi esa Toshkentda o'tkazilib, unda “Paxtakor” “Nasaf”ni 2:0 hisobida mag'lub etib, chempionlik sari dadil qadam tashladi. Bu tur safarda g'alaba qozongan jamoa birgina “Lokomotiv” bo'ldi. “Temiryo'lchilar” Olmaliqdan 1:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytishdi. Quyida 23-tur ramziy terma jamoasini keltirib o'tamiz.



DARVOZABON
O'tkir Yusupov (“Nasaf”)

O'tkir Yusupov qisqa fursat ichida o'zini ko'rsata oldi. Eldor Suyunov terma jamoaga chaqirilgach, “Nasaf” bosh murabbiyi O'tkir Yusupovga ishonch bildirdi va hozircha darvozabon murabbiyning ishonchini oqlab kelyapti. Toshkentda “Paxtakor” bilan kechgan bahsda Yusupov o'zini ko'rsata oldi. Garchi “Nasaf” mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, bunda darvozabonning aybi deyarli yo'q. Endi Yusupov va Suyunov o'rtasida haqiqiy raqobat yuzaga kelsa ajab emas.



HIMOYACHILAR
Siroj Hamroev (“Mashal”)
Avaz Agaliev (“Dinamo”)
Oybek Nurboev (“Buxoro”)
Ayubxon No'monov (“So'g'diyona”)

Himoyachilardan Siroj Hamroev bu yil o'sishga erishdi desak bo'ladi. U “Mashal”ga qaytib kelgach, ko'pchilik Siroj yana zaxirada o'tirib qoladi deb taxmin qilgandi, biroq uning o'zi mehnati orqali taxminlarni yo'qqa chiqarib, jamoasining asosiy tarkibida o'z o'rnini topa oldi.

Faoliyatini ko'p klublarda o'tkazgan Avaz Agaliev ham “Dinamo” safida ancha ishonchli harakat qilmoqda. U “Paxtakor” bilan kechgan bahsda ham ajralib turishga harakat qilgandi. Umuman olganda, Agaliev oliy ligamizning barqaror himoyachilaridan biri hisoblanadi.

Oybek Nurboev ham “Buxoro”da o'z o'rnini topib keta oldi. U joriy mavsum himoyada yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Klubda bosh murabbiy o'zgargach, yangi murabbiy Seid Seidov ham doim bu futbolchiga ishonch bildirib kelyapti.

“So'g'diyona”ning oliy ligada qolish imkoniyatlari haqida bir narsa deyish qiyin, ammo jamoa safida bir qator nomlar porladi. SHulardan biri Ayubxon No'monov. Agar “So'g'diyona” birinchi ligaga tushib ketadigan bo'lsa, Ayubxon katta ehtimol bilan boshqa klubga o'tib ketadi.



YARIM HIMOYACHILAR
Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”)
Dilshod Jabborov (“Navbahor”)
Dilshod Rahmatullaev (“Lokomotiv”)
Sardor Rasulov (“Metallurg”)

Yarim himoyachilardan ushbu turda Jamshid Iskanderov, Dilshod Jabborov, Dilshod Rahmatullaev, Sardor Rasulov singari o'yinchilar o'zlarini ko'rsata olishdi. Xususan Iskanderov “Nasaf” darvozasini ajoyib tarzda ishg'ol qilgan bo'lsa, “Lokomotiv”dan “Navbahor”ga o'tgan Jabborov jarima to'pini juda mahorat bilan amalga oshirdi.



CHempionlik uchun kurashayotgan yana bir jamoa “Lokomotiv”ning safarda g'alaba qozonishiga Dilshod Rahmatullaev ham o'z hissasini qo'sha oldi. Umuman olganda, Rahmatullaev “Loko” safiga qaytib kelgach, tezda o'z o'yinini topib ketdi. “Metallurg”da tezkor futbolchilar ko'p va shulardan biri Sardor Rasulov hisoblanadi. Kosonlik yarim himoyachi o'tgan turda “Andijon” darvozasiga to'p kiritishga erishdi.



HUJUMCHILAR
Vohid SHodiev (“Bunyodkor”)
Lochin Soliev (“Andijon”)

Terma jamoa safida o'zini ko'rsatib kelayotgan Vohid SHodievdan ko'pchilikning umidi katta. Sergey Lushan “Bunyodkor” bosh murabbiyi sifatida endi ish boshlagan kezlar SHodiev zaxirada qolib ketayotgandi, lekin keyinchalik yana asosiy tarkibdagi o'rnini qaytarib oldi. “So'g'diyona” bilan kechgan bahsda Vohidning yagona goli “Bunyodkor”ga navbatdagi uch ochkoni taqdim etdi.

“Andijon” yutishi kerak bo'lgan o'yinda “Metallurg”ni mag'lub eta olmadi. Jamoa o'z maydonida durang o'ynab qimmatli ochkolardan mahrum bo'ldi. Ammo shu bahsda hujumchi Lochin Soliev o'zini ko'rsata oldi. Soliev borasida ham shuni aytishimiz mumkin, “Andijon” birinchi ligaga tushib ketadigan bo'lsa, Lochinga oliy liganing boshqa klublaridan albatta taklif bo'ladi.

TUR MURABBIYI - Denis Ivankov (“Nasaf”)
Biz uzoq o'ylanishlardan so'ng 23-tur ramziy terma jamoasiga murabbiy etib “Nasaf”da darvozabonlar bilan ishlab kelayotgan Denis Ivankovni tanladik. Bunga sabab shuki, aynan Denis Ivankovning mashg'ulotlari tufayli Eldor Suyunov, O'tkir Yusupov singari darvozabonlar yarq etib porlab chiqishdi. Qolaversa, Sanjar Quvvatovning ham shu darajaga chiqishida Ivankovning xizmati katta. Bu murabbiy shu paytgacha “Mashal”da ishlab kelayotgandi, hozir esa “Nasaf”da faoliyat olib bormoqda. O'ylaymizki, Denis Ivankovni jamoaga taklif qilib, “Nasaf” futbol klubi to'g'ri qarorga keldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика