Oliy liga-2014. 1-turda sensaciya ko'ramizmi?
15 mar 2014 13:04
Yangiliklar

Oliy liga-2014. 1-turda sensaciya ko'ramizmi?
Bugundan orziqib kutilgan navbatdagi milliy chempionatimiz start oladi.
Bugunning o'zida oltita o'yin bo'lib o'tadi. Aslida ettita bo'lishi kerak edi, biroq Olmaliqda yangi stadion ochilishi munosabati bilan “Olmaliq” – “Metallurg” bahsi ertaga qoldirilgan. Xo'sh, 1-turda sensaciya, yani kutilmagan natija guvohi bo'lamizmi? Quyida o'yinlarning har biriga alohida to'xtalib o'tamiz.
15 mart (shanba)
16:30. “Buxoro” – “Neftchi”
Har ikki jamoa mavsumni yangi murabbiy boshchiligida boshlaydi. O'yin “Vobkent”dagi stadionda bo'lib o'tadi. Bahsni Valentin Kovalenko boshqarib boradi. Oxirgi marta o'tgan yil “Buxoro” o'z maydonida kichik 1:0 hisobda g'alaba qozongan. Bu safar esa “Neftchi” yutib ketishi mumkin.
Taxminiy hisob – 1:2
15:30. “Navbahor” – “Lokomotiv”
Bu ikkala jamoa ham joriy chempionatni yangi murabbiy boshchiligida boshlaydi. Uchrashuv bosh hakami – Hasan Ro'ziev. O'tgan yil “Navbahor” o'z maydonida 1:1 hisobida durang qayd etgan. Lekin bu safar “Loko”ning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.
Taxminiy hisob: 0:2
17:30. “Nasaf” – “Dinamo”
Bu jamoalarda bosh murabbiy o'zgargani yo'q. O'yinni Ravshan Ermatov boshqaradi. O'tgan yil “Nasaf” o'z uyida “Dinamo”ni 3:2 hisobida mag'lub etgan. Bu gal ham qarshiliklarning imkoniyati baland bo'lsa kerak.
Taxminiy hisob – 2:0
16:00. “So'g'diyona” – “Mashal”
O'yin Zomindagi stadionda o'tkaziladi. Bosh hakam – Vladislav Ceytlin. Oxirgi marta 2011 yili “So'g'diyona” o'z uyida “Mashal”ga 2:3 hisobida yutqazib qo'ygan. Bu safar tomonlar durang qayd etishlari mumkin.
Taxminiy hisob – 1:1
17:00. “Bunyodkor” – “Qizilqum”
“Bunyodkor” stadioni maysasi haliyam tayyor bo'lmagani uchun o'yin “Paxtakor”da bo'lib o'tadi. Bosh hakam – Ilgiz Tantashev. O'tgan yil “Bunyodkor” Toshkentda raqibini yirik 4:0 hisobida mag'lub etgan. Bu gal ham “qaldirg'ochlar”ning qo'li baland kelishi mumkin.
Taxminiy hisob – 3:1
16:30. “Andijon” – “Paxtakor”
Andijonda juda qiziqarli bahs kechishi kutilmoqda. Har ikkala jamoa uchun yangi mavsumdagi ilk rasmiy o'yin bo'ladi. O'yinni Olim Tolibjonov boshqarib boradi. 2012 yil Andijonda bo'lib o'tgan bahsda “Paxtakor” 4:2 hisobida yutib ketgan. Bu safar ham omad toshkentliklar tomonida bo'lsa kerak.
Taxminiy hisob – 1:2
16 mart (yakshanba)
17:00. “Olmaliq” – “Metallurg”
Ertaga Olmaliqda yangi mavsum boshlanadi. SHu bilan birga yangi qurib bitkazilgan stadionning ochilish marosimi bo'lib o'tadi. “Olmaliq” hozir juda ko'tarinki kayfiyatda. Uchrashuv bosh hakami Temur To'xtasinov. O'tgan yilgi bellashuvda “Olmaliq” raqibdan 2:1 hisobida ustun kelgandi. Bu yil ham dastlabki bellashuvda Igor SHkvirin shogirdlari zafar quchishlari mumkin.
Taxminiy hisob: 2:0.
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar