So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

Oliy liga-2013 yakunlari. Murabbiylar haqida Yangiliklar

Oliy liga-2013 yakunlari. Murabbiylar haqida

Oliy liganing yakunlangan mavsumi haqidagi malumotlarni berishda davom etamiz. Bu safargi maqolamiz murabbiylarga bag'ishlanadi.
Ushbu mavsumda oliy liga klublarida jami 20 ta murabbiy faoliyat olib bordi. 10 ta klubni mavsum davomida bitta murabbiy boshqarib bordi. Bu klublar: “Buxoro”, “Guliston”, “Navbahor”, “Nasaf”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Metallurg”, “Lokomotiv”, “So'g'diyona” va “Olmaliq”.

2013 yil bosh murabbiyni almashtirgan to'rtta klub:
“Qizilqum” – Ravshan Haydarov 1 aprelga qadar. Rustam Zabirov 2 apreldan boshlab 25 iyulgacha. Yuriy Lukin 26 iyuldan mavsum oxirigacha.
 “Dinamo” – Kamo Gazarov 9 mayga qadar. Ravshan Haydarov 10 maydan boshlab mavsum oxirigacha.
“SHo'rtan” – Edgar Gess 14 mayga qadar. Zoir To'raqulov 15 maydan – 18 oktyabrgacha. Erkin Mirzaev 19 oktyabrdan boshlab mavsum oxirigacha.
 “Neftchi” – Yuriy Sarkisyan 16 mayga qadar. Evgeniy SHoxin 17 maydan 1 iyunga qadar. Amet Memet 2 iyundan mavsum oxirigacha.  

Ushbu mavsum 27 yildan buyon “Neftchi”ga ustozlik qilib kelgan Yuriy Sarkisyan o'z vazifasidan ozod qilingani bilan yodda qoldi. Farg'ona klubi rahbariyati may oyida tajribali murabbiyni ishdan bo'shatishga qaror qildi. Undan so'ng jamoani malum muddat Evgeniy SHoxin, ikkinchi davradan boshlab esa ukrainalik mutaxassis Amet Memet boshqardi.

G'uzorning “SHo'rtan” klubida ham shu yilning o'zida uch bor murabbiy almashdi. Mavsumni Edgar Gess bilan boshlandi, uni o'rnida Zoir To'raqulov ishladi, mavsum so'nggida esa Erkin Mirzaev vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu holat “Qizilqum”da ham kuzatilgani diqqatga sazovor. Ravshan Haydarovni aprel oyi boshida istefoga chiqargan “Qizilqum” rahbarlari uni o'rniga kelgan Rustam Zabirovga iyul oyi oxirida javob berishdi. Ikkinchi davrada jamoani boshqargan Yuriy Lukin “Qizilqum”ni oliy ligada olib qolishga erishdi.

Samarqandning “Dinamo” klubini mavsumga Kamo Gazarov tayyorlagandi. Dastlabki 7ta turdagi qoniqarsiz natijalar tufayli rahbariyat uni o'rniga “Qizilqum”dan ketgan Ravshan Haydarovni olib keldi va aynan shu murabbiy klub bosh murabbiyi sifatida mavsumni yakunladi. Haydarov bu yil oliy liganing ikkita klubida ishlagan yagona murabbiy bo'ldi.

Murabbiylar orasida eng ko'p g'alabaga Mirjalol Qosimov va Hakim Fuzaylov erishishdi. “Bunyodkor” va “Lokomotiv” 26 ta o'yindan 19 tasida uch ochkoga ega chiqdi. Kamo Gazarov (7ta o'yin), Erkin Mirzaev (4ta o'yin) va Evgeniy SHoxin (2ta o'yin) bu yil umuman g'alabaga erisha olishmadi. Igor SHkvirin  boshchiligida “Olmaliq” klubi eng ko'p 7 marta durang o'ynadi. Ikki murabbiy qo'l ostida Yuriy Lukin (“Qizilqum” ) va Evgeniy SHoxin (“Neftchi”) jamoalar bu yil durang qayd etishmadi. Eng kam mag'lubiyatga uchragan murabbiy “Neftchi”ni ikki bor maydonga boshlab tushib ikki marta mag'lub bo'lgan Evgeniy SHoxin bo'ldi. Agarda o'yinlarga nisbatan olsak Qosimov jamoasi 26ta o'yinda atiga 3 bor raqibga imkoniyatni boy berib qo'ydi. “Guliston” esa Baxtiyor Ashurmatov qo'l ostida 18 marta yutqazdi. Aynan Ashurmatov bu yil mag'lubiyat alamini eng ko'p bor totib ko'rgan murabbiy bo'ldi.

Mirjalol Qosimov boshchiligida “Bunyodkor” 26 ta o'yinda 61 ochko to'pladi. Bu eng yuqori ko'rsatkich bo'ldi. Eng kam ochkoni esa ikki murabbiy yig'di. Yuqorida yozilganidek “Neftchi” bilan ikki o'yinda ikki bor taslim bo'lgan Evgeniy SHoxin umuman ochko ololmagan yagona murabbiy bo'ldi.

Ochkolarni foiz hisobida hisoblab chiqsak “Bunyodkor” murabbiyi Mirjalol Qosimov eng yuqori natijaga erishdi. “Qaldirg'ochlar”ni chempion qilgan Qosimov yig'ish mumkin bo'lgan ochkolarning 78,21 foizini qo'lga kiritdi. Bu borada keyingi o'rinlar xuddi oliy liga jadvali kabi ko'rinish olgan Hakim Fuzaylov – 76,92 foiz, Ro'ziqul Berdiev – 74,36 foiz. Bu borada eng past ko'rsatkichga Evgeniy SHoxin “erishdi” – 0 foiz. Erkin Mirzaev esa 4ta tur davomida “SHo'rtan” bilan 1 ochko yig'di. Bu esa yig'ish mumkin bo'lgan ochkolarning 8,33 foizini tashkil qiladi.

Ko'pgina murabbiylar o'yin vaqtida topqirlik bilan o'yinchi almashtirishga intilishadi. Agar zaxiradan maydonga tushirgan futbolchisi gol ursa buni “samarali o'zgartirish” deb atasak bo'ladi. Oliy liga-2012 da 51 ta futbolchi aynan zaxiradan maydonga tushib gol urgandi. Bu yil esa bunday holat 60 marta kuzatildi. 2013 yilgi mavsumda jami 544ta gol urilganini eslatib o'tmoqchimiz.  

“Lokomotiv” ustozi Hakim Fuzaylov 2013 yilda 9 marta samarali o'zgartirishni amalga oshirib bu borada eng topqir murabbiy nomiga erishdi. Keyingi o'rinlarda Mirjalol Qosimov (8ta) va Igor SHkvirin (7ta) kabi murabbiylar qayd etilishdi. Yuriy Sarkisyan, Edgar Gess, Kamo Gazarov, Ravshan Haydarov, Erkin Mirzaev va Evgeniy SHoxin bu mavsumda bironta ham samarali o'zgartirishni amalga oshira olishmadi. 

Murabbiy

Klub

1

2

3

4

5

6

7

8

Agamurodov Tachmurod

Buxoro

26

10

3

13

33-44

33

42.31

1

Ashurmatov Baxtiyor

Guliston

26

6

2

18

28-62

20

25.64

2

Bayramov Mustafo

Navbahor

26

7

6

13

30-48

27

34.62

3

Berdiev Ro'ziqul

Nasaf

26

18

4

4

64-27

58

74.36

6

Ismoilov Murodjon

Paxtakor

26

17

3

6

45-25

54

69.23

5

Qosimov Mirjalol

Bunyodkor

26

19

4

3

59-13

61

78.21

8

Mirsodqov Rustam

Metallurg

26

10

3

13

36-45

33

42.31

5

Hakim Fuzaylov

Lokomotiv

26

19

3

4

63-21

60

76.92

9

Fayziev Davron

So'g'diyona

26

8

4

14

34-54

28

35.9

5

SHkvirin Igor

Olmaliq

26

11

7

8

46-43

40

51.28

7

Haydarov Ravshan

Qizilqum

/ Dinamo

23

8

5

10

31-36

29

42.03

0

Memet Amet

Neftchi

16

7

2

7

18-15

23

47.92

3

To'raqulov Zoir

SHo'rtan

15

2

3

10

12-23

9

20

2

Lukin Yuriy

Qizilqum

13

6

0

7

14-17

18

46.15

3

Zabirov Rustam

Qizilqum

9

2

1

6

10-20

7

25.93

1

Sarkisyan Yuriy

Neftchi

8

2

1

5

9-12

7

29.17

0

Gazarov Kamo

Dinamo

7

0

3

4

1-11

3

14.29

0

Gess Edgar

SHo'rtan

7

2

1

4

5-10

7

33.33

0

Mirzaev Erkin

SHo'rtan

4

0

1

3

5-14

1

8.33

0

SHoxin Evgeniy

Neftchi

2

0

0

2

1-4

0

0

0


Izoh: 1-o'yin, 2-yutuq, 3-durang, 4-mag'lubiyat, 5-urilgan va o'tkazib yuborilgan gollar soni, 6-jamg'arilgan ochkolar, 7-ochkolar foiz hisobida, 8-samarali o'zgartirishlar.   


Narzulla Saydullaev tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика