So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Oliy liga-2013 yakunlari. Kamaygan sariq va qizil kartochkalar haqida Yangiliklar

Oliy liga-2013 yakunlari. Kamaygan sariq va qizil kartochkalar haqida

2013 yilgi oliy liganing yakunlariga bag'ishlangan statistik malumotlarni taqdim etishda davom etamiz.
Bu yilgi oliy ligamizda bo'lib o'tgan 182 ta o'yin davomida hakamlar 29 marta futbolchilarni maydondan chetlatishgan. Har bir o'yinga o'rtacha 0,16 tadan qizil kartochka to'g'ri kelmoqda. Yani har oltinchi o'yinda bitta qizil kartochka ko'rsatilgan deganidir.

Oliy ligamizda jamoalar soni o'zgarib borgani va shu baroborida o'yinlar soni turlicha bo'lgani tufayli chetlatishlarning o'rtacha ko'rsatkichiga qarab baho berish to'g'ri deb o'ylaymiz. So'nggi 10 yillikni oladigan bo'lsak oliy ligamizda har bir o'yinga o'rtacha 0,2 tadan qizil kartochka to'g'ri keladi. Eng yuqori ko'rsatkichlar 2006 va 2010 yillarga to'g'ri keladi. SHu yillarda har bir o'yinga o'rtacha 0,24 tadan chetlatish to'g'ri kelgan. Ancha “sokin” o'tgan 2011 yilda esa eng kam qizil kartochka ko'rsatilgan, har bir o'yinga o'rtacha 0,14 tadan. Bu yilgi mavsumda ham chetlatishlar soni keskin kamaydi.

Ogohlantirishlar ham o'tgan yilga nisbatan kamaydi – 629ta (o'rtacha 3,46tadan sariq). So'nggi 10 yillikda o'rtacha eng kam sariq kartochka aynan shu yil ko'rsatildi. 2010 yilda eng ko'p sariq kartochka ko'rsatilgan – har bir o'yinga o'rtacha 4,24 tadan.

So'nggi 10 mavsum davomidagi qizil va sariq kartochkalar
 

1

2

3

4

5

6

2004

182

40

0,22

654

3,59

2005

182

38

0,21

680

3,74

2006

240

58

0,24

894

3,72

2007

240

39

0,16

861

3,59

2008

240

43

0,18

852

3,55

2009

240

54

0,22

908

3,78

2010

182

43

0,24

772

4,24

2011

182

26

0,14

642

3,53

2012

182

42

0,23

693

3,81

2013

182

29

0,16

629

3,46


Izoh: 1 – yil, 2 – jami o'yinlar soni, 3 – qizil kartochkalar, 4 – o'rtacha qizil kartochkalar soni, 5 – sariq kartochkalar, 6 – o'rtacha sariq kartochkalar soni.

SHu yilning o'ziga to'xtaladigan bo'lsak 2 nafar futbolchi ikki martadan qizil kartochka olganini ko'rishimiz mumkin bo'ladi. “Dinamo” klubining yosh vakili Komil SHarofetdinov oliy ligadagi o'zining dastlabki mavsumidayoq 2ta qizil va 4ta sariq kartochka “ishlab oldi”. Yarim himoyachi dastlabki qizil kartochkasini “Buxoro”ga qarshi kechgan 8-tur o'yinida ishlab olgandi. O'shanda u hakam tomonidan ikkita marta sariq kartochka bilan jazolanib maydonni tark etishga majbur bo'lgandi. 13-turda “Qizilqum”ga qarshi o'yinda Dilshod SHarofetdinovning ukasi to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgandi. Etiborlisi, ikkala o'yinda ham Komil o'yinga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda chetlatilgan. 

Ikki marta qizil kartochka olgan yana bir futbolchi Jalil Kimsanov bo'ldi. Mavsumni “So'g'diyona”da boshlab “Qizilqum”da tugatga himoyachi bu yilgi mavsumda qizil kartochka olgan dastlabki futbolchiga aylangandi. Dastlabki turda “Bunyodkor”ga qarshi o'yinning 12-daqiqada Kimsanov darvozaga kirib ketayotgan to'pni qo'li bilan qaytargani uchun chetlatilgan. Davralar oralig'ida “Qizilqum”ga o'tgan futbolchi 15-turda “Nasaf”ga qarshi bahsning 84-daqiqasida ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etgandi. Qizig'i aynan o'sha o'yindan so'ng Jalil Kimsanov umuman maydonga tushgani yo'q.

2013 yilda “Paxtakor” yarim himoyachisi Oybek Qilichev oliy ligada eng ko'p sariq kartochka olgan futbolchiga aylandi. U bu yil hakamlar tomonidan 10 marta ogohlantirildi. 8 martadan sariq kartochka olgan Robbim Hasanov (“Guliston”) bu borada ikkinchi bo'ldi.

Jamoalarni oladigan bo'lsak “Lokomotiv” klubidan hech bir futbolchi mavsum davomida qizil kartochka olmadi. “Temiryo'lchilar” bu borada boshqalarga o'rnak bo'lishdi. “Olmaliq” va “Buxoro” futbolchilari esa 4 martadan chetlatish ishlab olishgan.

Sariq kartochkalar borasida “Metallurg” eng yaxshi ko'rsatkichga ega (28ta), “Neftchi” esa aksincha (62ta).

2013 yilda jamoalar olgan qizil va sariq kartochkalar soni

QK

SK

Jamoa

0

45

Lokomotiv

1

47

Bunyodkor

1

50

Qizilqum

1

62

Neftchi

2

28

Metallurg

2

41

Paxtakor

2

42

Guliston

2

48

Navbahor

2

53

Dinamo

2

60

SHo'rtan

3

32

So'g'diyona

3

33

Nasaf

4

40

Olmaliq

4

48

Buxoro



Narzulla Saydullaev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика