Oliy liga-2013 yakunlari. Eng kam sariq kartochka olgan - "Metallurg"
21 noy 2013 16:52
Yangiliklar


Oliy liga-2013 yakunlari. Eng kam sariq kartochka olgan - "Metallurg"
"Metallurg" klubi haqidagi malumotlarni berishda davom etamiz.
Bu yil "Metallurg" mavsum davomida 36ta gol urdi, shulardan 23tasi o'z maydonidagi o'yinlarda urilgan, qolgan 13ta gol safardagi bahslarda urilgan. "Metallurg" ochkolarining asosiy qismini (74 foizidan ko'proq) o'z maydonida bo'lib o'tgan o'yinlarda qo'lga kiritgan. Bekobod klubi 5ta o'yinda to'p o'tkazmagan, 6ta o'yinda esa raqiblar darvozasiga yo'l topa olmadi. Rustam Mirsodiqov bu yil bironta legioner xizmatidan foydalanmadi. Jamoa 28ta sariq kartochka oldi, bu oliy ligada eng past ko'rsatkich bo'ldi.
Quyidagi jadvalda klubning bu mavsumdagi qayd etgan natijalari keltirilgan.
Bugun yana "Metallurg" haqida maqola kuting.
Narzulla Saydullaev tayyorladi.
Quyidagi jadvalda klubning bu mavsumdagi qayd etgan natijalari keltirilgan.
Bugun yana "Metallurg" haqida maqola kuting.
O'yinlar soni |
26 |
Gollar |
36 |
Uydagi gollar |
23 (63.89%) |
Mehmondagi gollar |
13 (36.11%) |
O'tkazib yuborilgan gollar |
45 |
Uyda o'tkazilgan gollar |
16 (35.56%) |
Mehmonda o'tkazilgan gollar |
29 (64.44%) |
O'rtacha har bir o'yinda gol |
1.38 |
O'rtacha har bir o'yinda o'tkazilgan |
1.73 |
Uydagi jamg'arilgan ochko |
29/39 (74.36 %) |
Mehmondagi jamg'arilgan ochko |
4/39 (10.26 %) |
Eng yirik g'alaba |
5:3 – Guliston |
Eng yirik mag'lubiyat |
0:4 – Lokomotiv |
Quruq o'yinlar |
5 (19.23%) |
Golsiz o'yinlar |
6 (23.08%) |
Irodali g'alabalar |
1 |
Irodali durang |
1 |
Irodasiz mag'lubiyat |
3 |
Irodasiz durang |
0 |
Yirik g'alabalar |
0 |
Yirik mag'lubiyat |
3 |
Avtogollar (urilgan/o'tkazilgan) |
0/0 |
Ogohlantirishlar (o'rtacha) |
28 (1.08) |
CHetlatish (o'rtacha) |
2 (0.08) |
Maydonga tushganlar (legioner) |
23 (0) |
Tomoshabin (jami/o'rtacha) |
96132 / 3697 |
Narzulla Saydullaev tayyorladi.

Fikrlar