Oliy liga. 18-tur ramziy terma jamoasi
09 sen 2014 16:16
Yangiliklar

Oliy liga. 18-tur ramziy terma jamoasi
Yakshanba kuni o'tkazilgan “Olmaliq” - “Paxtakor” bahsidan so'ng oliy liganing 18-tur bahslariga yakun yasaldi.
Saytimiz odatiga binoan o'tgan tur ramziy termasini keltirib o'tamiz. Tur ramziy terma jamoasiga eng ko'p futbolchi “Bunyodkor”dan kiritildi - uch nafar. CHunki “Bunyodkor” o'ta qiyin bellashuvda “Lokomotiv”ni mag'lub etdi. SHuningdek, o'zini ko'rsatgan futbolchilar qatoriga “Paxtakor”, “Mashal”, “Dinamo”, “Buxoro” va “Nasaf”dan o'yinchilarni tanlab oldik.
DARVOZABON
Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”)
“Olmaliq” maydoniga safar qilgan “Paxtakor” 3:0 hisobidagi g'alaba bilan ortga qaytdi. Jamoaning asosiy darvozaboni Aleksandr Loyubanov mazkur bahsda o'z darvozasini yaxshi qo'riqladi. U raqib futbolchilariga umuman to'p kiritish imkoni bermadi. SHu bois Lobanovni ramziy termamizga asosiy darvozabon sifatida tanladik.
HIMOYACHILAR
Davron Hoshimov (“Paxtakor”)
Mirzohid G'ofurov (“Mashal”)
Akmal Bozorov (“Dinamo”)
Anvar G'ofurov (“Bunyodkor”)
“Olmaliq” bilan kechgan bahsda “sherlar”ning o'ng qanot himoyachisi Davron Hoshimov ham yaxshi o'yin namoyish etdi. U ikkita golga o'z hissasini qo'shdi va Sergeev bilan Kozak to'p kiritgan vaziyatlarda to'pni sheriklariga ajoyib tarzda uzatib berdi.
“Mashal”ning chap qanot himoyachisi Mirzohid G'ofurov ham bu turda o'zini ko'rsata oldi. Muborakda kechgan “Qizilqum” bilan o'yinda Mirzohid chap qanotdagi harakatlari orqali muxlislarda iliq taassurot qoldirdi.
“Dinamo” vakili Akmal Bozorov esa gol urishning uddasidan chiqdi. Qolaversa, uning himoyadagi harakatlari evaziga samarqandliklar raqibdan gol o'tkazishmadi.
Bu turda o'zini ko'rsatganlar orasida Anvar G'ofurovni alohida ko'rsatib o'tsak arziydi. Yil boshida “Lokomotiv”ga o'tib, Vadim Abramov kelganidan so'ng yana “Bunyodkor”ga qaytib ketgan Anvar “Loko” bilan bahsda o'zining bor kuchini ishga soldi. G'ofurov butun o'yin davomida yaxshi harakat qildi.
YARIM HIMOYACHILAR
Dostonbek Hamdamov (“Bunyodkor”)
Javlon Ibrohimov (“Bunyodkor”)
Farrux Sayfiev (“Nasaf”)
Predrag Vuyovich (“Buxoro”)
Yarim himoya chizig'iga “Bunyodkor”dan ikki futbolchini tanlab oldik. Negaki “Lokomotiv”ga qarshi kechgan bellashuvda Dostonbek Hamdamov bilan Javlon Ibrohimov yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Xususan Dostonbek yosh bo'lishiga qaramay, tezda o'yinga kirishib keta oldi. Javlon esa maydon markazida katta hajmdagi ishni bajardi.
Bu turda “Neftchi” mehmoni bo'lgan “Nasaf” kichik hisobdagi g'alaba bilan qaytdi. Bu uchrashuvda qarshiliklar safida Farrux Sayfiev ancha mehnat qildi. Bejizga uni Mirjalol Qosimov milliy terma jamoaga chaqirgani yo'q. CHunki Farrux har turda o'zini ko'rsatib kelmoqda.
“Buxoro”ning chernogoriyalik legioneri Predrag Vuyovich ham deyarli har bir uchrashuvda yaxshi harakat qilib kelmoqda. Bu safar u gol urishning ham uddasidan chiqdi. Umuman olganda, Vuyovichning o'yini borasida ko'pchilik iliq fikrda.
HUJUMCHILAR
Zohir Qo'ziboev (“Mashal”)
Ulug'bek Baqoev (“Buxoro”)
Hujum chizig'iga esa Zohir Qo'ziboev bilan Ulug'bek Baqoevni tanlab oldik. Faoliyati davomida ilk bor oliy ligada to'p tepish baxtiga muyassar bo'lgan Qo'ziboevning bu mavsumda rosa omadi kelyapti. U o'tgan tur “Qizilqum” bilan kechgan bahsda ham raqib darvozasiga to'p kiritdi.
Tajribali hujumchi Ulug'bek Baqoev oliy ligaga qayttgach, tezda o'z nomiga gol yozib qo'ydi. Elitada qolish uchun kurash olib borayotgan “So'g'diyona” bilan kechgan bahsda Baqoev ham gol urdi, ham birinchi golga pas berdi.
BOSH MURABBIY
Sergey Lushan (“Bunyodkor”)
SHubhasiz, 18-tur ramziy terma jamoasining bosh murabbiyi deb “Bunyodkor” ustozi Sergey Lushanni tanladik. Lushan klub bosh murabbiyligini qo'lga olgach, tezda eng shimarib ishga kirishdi. Hamda jamoa o'yinida o'z imzosini tushirishga harakat qilmoqda. Lushan akademiyada o'zi tarbiyalagan Akrom Komilov, Zabixillo O'rinboev, Dostonbek Hamdamov kabi yoshlarga ishonch bildirdi va hozircha yoshlarning o'yini chakki chiqmayapti. Biroz kuchsizlangan “Bunyodkor”ning safarda chempionlik uchun kurashayotgan “Lokomotiv” ustidan g'alaba qozonishi tasodifiy emas va bu g'alabada Lushanning hissasi katta.

Fikrlar