So’nggi yangiliklar

10:50“Барселона“ Маркус Рэшфорд бўйича бир қарорга келди  1 10:23“Ливерпуль“ яна тўртта трансферни амалга оширмоқчи  5 09:57“Краснодар“ футболчисига МЮ ва ПСЖ қизиқиш билдирмоқда  2 09:30Неймар “Сантос“ билан янги шартнома имзолади. Унинг янги маоши маълум  1 09:01Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир чорак финалчи аниқланади  2 08:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси ўртоқлик учрашувида йирик ҳисобдаги ғалабани қўлга киритди  3 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги нимчорак финалчилар маълум  6 07:21Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2 га тушириб юборилди  3 02:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди  16 01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  1 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  7 00:50"Арсенал", "Челси" ва "Бавария" Барколяни сотиб олиш учун кураш олиб бормоқда  1 00:30Григорий Колосовский: "Бугун "Арал"дан кўра иккита кўп хато қилдик"  2 00:17Неъматилло Қуттибоев: "Бугун ғалаба қозонмасак, "Локомотив" билан орадаги фарқ ортиб кетарди"  1 00:02Асрор Алиқулов: "Кубокка даъвогар жамоани мусобақадан чиқариб юбордик. "Нефтчи"нинг услубига тайёр эдик"  9

Oliy liga. 17-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 17-tur ramziy terma jamoasi

Oliy ligamizda 17-tur bahslari bo'lib o'tdi. Saytimiz odatiga ko'ra, turning ramziy terma jamoasini keltirib o'tamiz.
Mazkur turda eng kutilmagan natija “Bunyodkor” - “Dinamo” uchrashuvida qayd etilib, bunda samarqandliklar Toshkentdan 1:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytishdi. SHu bois ramziy terma jamoaga “Dinamo”dan uch nafar futbolchini kiritdik. Bundan tashqari, “Qizilqum”, “Olmaliq”, “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Andijon” klublaridan ham o'yinchilar ramziy termaga loyiq ko'rildi.

Darvozaga “Dinamo” posboni Andrey Melnichukni qo'ydik. CHunki bu darvozabon “Bunyodkor” bilan kechgan bahsda yaxshi o'yin ko'rsatdi. U bir necha bor o'z darvozasini muqarrar gollardan saqlab qoldi. Umuman olganda, Melnichuk “Dinamo” uchun juda yaxshi darvozabon hisoblanadi.



Himoya chizig'iga Georgiy Kvesieshvili, Azamat Isroilov, Ildar Mamatkazin, Salim Mustafoev kabi o'yinchilarni qo'ydik. Kvesieshvili bilan Isroilov bu turda gol urgan bo'lsa, Ildar Mamatkazin “Dinamo” safida ancha yaxshi ko'rindi. SHuningdek, “Loko”ning chap qanot himoyachisi Salim Mustafoev ham yaxshi o'yin namoyish etdi. U “Loko”ga kelganidan beri anchagina o'sishga erishdi.



Yarim himoyachilardan birinchi navbatda hammaning etibori Azamat Bobojonovga qaratilsa ajab emas. Xorazmlik futbolchi ko'p o'yinlarda “Dinamo” zaxirasida qolib ketmoqda. U “Bunyodkor” bilan kechgan bellashuvda ham zaxiradan o'yinga qo'shildi, biroq tezda kirishib keta oldi. Bobojonovning bahs oxirlarida jarima to'pidan kiritgan to'pi juda chiroyli ko'rinish oldi.

Bu turda shuningdek, Ruslan Vagapov ham o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi. Aynan u tomondan etkazib berilgan to'pdan so'ng “Neftchi” darvozasining ishg'ol etilishi “Qizilqum” g'alabasini taminladi. Garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, “Bunyodkor”dagi Doston Hamdamovning o'yini ko'pchilikka maqul keldi. Dostonbekni Sergey Lushanning haqiqiy shogirdi desa bo'ladi. “Nasaf” mazkur turda “Navbahor”ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi. Ushbu uchrashuvda maydon egalari vakili Erkin Boydullaev yaxshi o'yin namoyish qildi.



Va nihoyat hujum chizig'idan Bahodir Pardaev bilan Abdulatif Abduqodirov o'rin oldi. Pardaev ikkinchi davra arafasida “Paxtakor”ga o'tgan bo'lishiga qaramay, tezda yangi jamoasiga kirishib keta oldi. U “Mashal” bilan kechgan bellashuvda hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi, bundan tashqari faol harakatlari bilan ajralib turdi. Birinchi ligadan chiqib kelgan Abdulatif Abduqodirov bilan oliy ligaga tezda moslashib oldi. U o'tgan turda “Olmaliq” darvozasiga to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.



Ramziy terma jamoaga bosh murabbiy sifatida Tachmurod Agamurodovni tanladik. To'g'ri, Tachmurod SHamakovich “Dinamo”ning bosh murabbiyi emas. U kishi hozirda maslahatchi-murabbiy bo'lib ishlayapti. Ammo aynan turkmanistonlik murabbiy ish boshlaganidan so'ng “Dinamo”ning ishlari yurishib ketdi. Jamoa ikkinchi davra boshlanganidan beri g'alaba qozonish tugul, hatto gol urolmasdan kelayotgandi. Mana endi bu tur safarda kimsan “Bunyodkor” mag'lub etildi.
 
DARVOZABON
Andrey Melnichuk (“Dinamo”)

XIMOYACHILAR
Georgiy Kvesieshvili (“Qizilqum”)
Azamat Isroilov (“Olmaliq”)
Ildar Mamatkazin (“Dinamo”)
Salim Mustafoev (“Lokomotiv”)

YARIM HIMOYACHILAR
Azamat Bobojonov (“Dinamo”)
Ruslan Vagapov (“Qizilqum”)
Doston Hamdamov (“Bunyodkor”)
Erkin Boydullaev (“Nasaf”)

XUJUMCHILAR
Bahodir Pardaev (“Paxtakor”)
Abdulatif Abduqodirov (“Andijon”)

BOSH MURABBIY
Tachmurod Agamurodov (“Dinamo”)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика