So’nggi yangiliklar

01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  3 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  1 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  8 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5

Oliy liga. 12-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 12-tur ramziy terma jamoasi

Oliy ligamizda 12-tur bahslari bo'lib o'tdi.
Bunda muxlislar bir qator qiziqarli uchrashuvlar guvohi bo'lishdi.

Bu turda kuchli beshlik uchun harakat qilayotgan "Neftchi" va "Olmaliq" o'zaro bahs olib borib, Farg'onada kechgan bellashuvda maydon egalarining qo'li baland keldi. Yakuniga etgan turda yana bir etiborga molik voqea kuzatildi: "Andijon" safarda o'zining ilk g'alabasini nishlonladi. Toshkentda bo'lib o'tgan turning markaziy bahsi - "Bunyodkor" - "Nasaf" qarama-qarshiligida esa hisob ochilmadi. Biz saytimiz odatiga ko'ra, tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.

DARVOZABON
Temur Jo'raev ("SHo'rtan")

HIMOYACHILAR
SHukurali Po'latov ("Neftchi")
Darko Stanoevich ("SHo'rtan")
Yuriy Rijko ("Navbahor")
Anvar G'ofurov ("Bunyodkor")

YARIM HIMOYACHILAR
Akmal Xolmatov ("Neftchi")
Jasur Hasanov ("Lokomotiv")
SHoxruh Gadoev ("Nasaf")
SHerzod Karimov ("Paxtakor")

HUJUMCHILAR
Said Abdujabborov ("Metallurg")
Lochin Soliev ("Andijon")

BOSH MURABBIY: Muxtor Qurbonov

12-tur ramziy terma jamoasidan "SHo'rtan", "Neftchi", "Navbahor", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Nasaf", "Paxtakor", "Metallurg" va "Andijon" futbolchilari joy olishdi. Endi chiziqlar bo'yicha har bir futbolchiga to'xtalib o'tamiz.

Darvozaga To'mur Jo'raevni qo'ydik. "SHo'rtan" posboni bu turda penalti qaytarish bilan birga jamoasining safarda g'alaba qozonishiga muhim hissa qo'shdi. Natijada voha derbisida "SHo'rtan" "Mashal"ni mag'lub etib qaytdi.



Himoya chizig'idan SHukurali Po'latov, Darko Stanoevich, Yuriy Rijko, Anvar G'ofurov singari futbolchilar joy olishdi. Markaziy himoyachi SHukur Po'latov "Olmaliq" bilan kechgan o'yinni ko'tarinki ruhda o'tkazdi. Ham jamoasi g'alaba qozongan bo'lsa, ham o'zi jarima to'pidan chiroyli gol urdi. Darko Stanoevich esa "Mashal"ga qarshi bahsda g'uzorliklarning himoya qo'rg'oni bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi. Himoyachilardan Yuriy Rijko bilan Anvar G'ofurov ham bu turda yaxshi o'yin namoyish etishdi.



Yarim himoyadan Akmal Xolmatov, Jasur Hasanov, SHohruh Gadoev, SHerzod Karimov singari futbolchilar joy egallashdi. Qizig'i shundaki, bu o'yinchilarning barchasi qanot futbolchilari hisoblanadi. "Neftchi" yarim himoyachisi Akmal Xolmatovga alohida to'xtalish shart emas. Tajribali yarim himoyachi deyarli har bir uchrashuvda o'zini ko'rsatib kelmoqda. Xolmatov oxirgi turda "Olmaliq" darvozasiga to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. "Lokomotiv"ning chap qanot futbolchisi Jasur Hasanov ham yaxshi harakat qildi. Aynan uning yagona goli "Lokomotiv"ga navbatdagi uch ochkoni taqdim etdi. SHohruh Gadoev "Bunyodkor" bilan kechgan bahsda muxlislarda iliq taassurot qoldirgan bo'lsa, SHerzod Karimov jamoasining safardan uch ochko bilan qaytishida katta rol o'ynadi.



Hujum chizig'iga Said Abdujabborov bilan Lochin Solievni tanlab oldik. "Metallurg" hujumchisi "Qo'qon-1912" darvozasini ikki bor ishg'ol etdi. Lochin Soliev esa "So'g'diyona" darvozasiga to'p kiritib, "Andijon"ning ilk bor safardan yutuq bilan qaytishini taminladi.

12-tur ramziy terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida Muxtor Qurbonovni maqul ko'rdik. Negaki Qurbonov boshchiligidagi "SHo'rtan" oxirgi paytlarda ancha mazmunli o'yin ko'rsatmoqda. G'uzorliklar Kubokning birinchi o'yinida "Paxtakor"dan ustun kelishdi, keyin esa Muborakda "Mashal"ni mag'lub etishdi. Albatta, "Mashal"ni Muborakda engish oson emas, lekin "SHo'rtan" bu ishning uddasidan chiqa oldi. SHu sababli Qashqadaryo derbisida g'alaba qozongan Muxtor Qurbonovni ramziy termaga bosh murabbiyi sifatida maqul ko'rdik.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика