So’nggi yangiliklar

08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  0 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  1 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  11 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  2 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  14 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  5 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9

Oliy liga, 11-tur. "Nasaf" - "So'g'diyona" 3:1 Yangiliklar

Oliy liga, 11-tur. "Nasaf" - "So'g'diyona" 3:1

Oliy liganing 11-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "So'g'diyona" uchrashuvida mezbonlarning qo'llari baland keldi.

Oliy liga, 11-tur.

"Nasaf" (Qarshi) - "So'g'diyona" (Jizzax) 3:1

Qarshi, "Markaziy" stadion.

Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), B. Yulcharaev (Guliston)

Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

Gollar: SHohruh Gadoev (32), Maqsud Karimov (56), Roy Rok (79, pas: SHerzod Azamov), Jasur Hakimov (87)

Nasaf: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov (14. SHarof Muhiddinov, 82), 9.Ilhom SHomurodov, 15.Roy Rok, 17.Artur Gevorkyan (c), 18.Bahrom Abduraximov (27. Ilhom Yunusov, 68), 20.Erkin Boydullaev, 22.SHohruh Gadoev (34.Farruh Sayfiev, 68), 23.SHerzod Azamov, 28.SHuhrat Muhammadiev, 32.Hamza Karimov.

Zahira: 30.O'tkir Yusupov, 5.Botir Qoraev, 7.Akramjon Bahritdinov, 14.SHarof Muhitdinov, 16.Alisher Yusupov, 27.Ilhom Yunusov, 34.Farrux Sayfiev.

So'g'diyona: 31.Mixail Spiridonov, 24.Asiljon Begiqulov, 4.Elyor Oripov, 20.Vusol Magerramov, 5.Akbar Sattaev, 13.Elyor Jahonov (28. Sanjar Rixsiboev, 71), 8.Suhrob Qobilov, 17.Muzaffar Muzaffarov, 7.Sanjar Rashidov (10.Jasur Hakimov, 64), 40.Muqim Toshmatov, 21.Akmal Abdurahmonov (6.Sobir Hamidov, 81).

Zahira: 1.Mixail Naumov, 23.Bobir Qosimov, 22.Saydullo Rahmatov, 28.Sanjar Rihsiboev, 11.Nodirjon Ibragimov, 6.Sobir Hamidov, 10.Jasur Hakimov.

Amalga oshirilmagan penalti: Artur Gevorkyan (35)

Ogohlantirishlar: Hamza Karimov (40), Sanjar Rashidov (56)



                              MATNLI TRANSLYACIYA

                                        YANGILASH




- "Nasaf" - "So'g'diyona" (3:1) uchrashuvidan olib borgan matnli onlayn translyaciyamizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha.


- Qarshida "Nasaf" "So'g'diyona" ustidan g'alaba qozondi.


- UCHRASHUV YAKUNLANDI!


-
"So'g'diyona" futbolchilariga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.


90`
Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.


89`
"Nasaf" bor etiborini hujumga qaratib himoyani unutayozdi. Natijada esa "So'g'diyona" bu imkoniyatdan unumli foydalandi.


87` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Jasur Hakimov! "Nasaf"ning himoyadagi qo'pol xatosi gol bilantugadi. Jasur Hakimov himoyachilarning etiborisiz qolib ketgandi. "So'g'diyona" hujumchisi yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va hisobni qisqartiruvchi gol muallifiga aylandi, 3:1!


84`
"Nasaf"ning navbatdagi hujumi ham xavfli ko'rinish oldi. Farruh Sayfiev oshirib bergan to'pga Roy Rok boshi bilan zarba berdi. Biroq bu vaziyatda Mixail Spiridonov jamoasini navbatdagi goldan saqlab qoldi.


82` O'zgarish. "Nasaf".
Maqsud Karimov o'z o'rnini SHarof Muhiddinovga bo'shatib berdi.


81` O'zgarish. "So'g'diyona".
Akmal Abdurahmonov o'rniga Sobir Hamidov maydonga tushdi.


79` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ROY ROK! SHerzod Azamovning himoyadan turib Roy Rokni qulay vaziyatga chiqarib yubordi. Roy Rok esa haqiqiy evropacha uslubda to'pni darvozabonning ustidan oshirib qo'ydi va hisobni yiriklashtirdi.


77`
Murodjon Toshmatovning jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to'pni Jasur Hakimov boshi bilan darvozaga yo'lladi. Eldor Suyunov esa to'pni ortiqcha qiyinchiliksiz ushlab oldi.


75`
Artur Gevorkyan va Ilhom SHomurodovda gol urish uchun juda qulay imkoniyat yuzaga kelgandi. Biroq har ikkala futbolchi ham bu vaziyatda aniq harakat qila olishmadi.


73`
"Nasaf" jarima zarbasi tepdi. Artur Gevorkyanning juda chiroyli yo'naltirgan zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.


72` O'zgarish. "So'g'diyona".
Elyor Jahonov o'rniga Sanjar Rixsiboev maydonga tushdi.


71`
SHuhrat Muhammadiev jarohat olib maydonda yotibdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.


69`
Bugungi o'yinni stadionda 2820 nafar tomoshabin tomosha qilib borishmoqda.


68` O'zgarish. "Nasaf"
. SHohruh Gadoev o'rniga Farruh Sayfiev, Bahrom Abduraximov esa o'z o'rnini Ilhom Yunusovga bo'shatib berdi.


66`
SHohruh Gadoev raqib darvozasi tomon yurish qildi. Uning darvoza tomon tepgan zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.


64` O'zgarish. "So'g'diyona".
Sanjar Rashidov o'rniga Jasur Hakimov maydonga tushdi.


61`
"Nasaf" burchak zarbasini amalga oshirdi. Artur Gevorkyan - Roy Rok kombinaciyasidan so'ng raqib himoyachilari xavfni o'z jarima maydonchalari oldidan uzoqlashtirishgandi. Qaytgan to'pga esa Bahrom Abduraximov zarba berdi. Birozgina noaniq.


59`
"So'g'diyona"ning hujumi xavfli tus oldi. Eldor Suyunov to'pni qabul qilishda xato o'ynadi. Lekin keyingi vaziyatda o'z xatosini to'g'irlab vaziyatni yumshatdi.


56` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Maqsud Karimov! "So'g'diyona" jarima maydoni ichida palapartishlik yuzaga keldi. Erkin Baydullaevning zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'lgan Mixail Spiridonov qaytgan to'pni bartaraf eta olmadi. Maqsud Karimov bo'sh qolgan darvozani osonlik bilan ishg'ol etdi, 2:0!


55`
Jamoalar navbati bilan hujumga o'tishmoqda. O'yin tempi biroz oshdi.


54` Xavfli vaziyat!
Akmal Abdurahmonov Eldor Suyunov bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi. Lekin Suyunov to'pga birinchilardan bo'lib chiqib keldi va jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.


53`
"Nasaf" "So'g'diyona" darvozasiga ikkinchi golni kiritdi. Hamza Karimovning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvozadan o'rin oldi. Biroq bu vaziyatda qanot hakami bayroqchasini ko'tarib qolgandi.


52`
Artur gevorkyan SHuhrat Muhammadievni to'p bilan taminladi. Muhammadiev jarima maydonchasi ichiga kirib borishda to'pni o'zidan biroz uzoqlashtirib yubordi. Natijada himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.


50`
O'yin asosan maydon markazida kechmoqda. Hozircha xavfli vaziyatlar kuzatilmayapti.


48`
"So'g'diyona" ikkinchi bo'limni birinchisi kabi himoyaviy o'yin bilan boshlamadi. Ular to'pni qabul qilishlari bilan tezda oldinga intilishmoqda. Biroq "Nasaf" himoyachilari ularga erkin harakat qilishlariga sharoit yaratib berishmayapti.


46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!



Artur Gevorkyan penaltini urolmagan vaziyat. Mixail Spiridonov bu vaziyatda o'zini ko'rsatdi


Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lgan SHohruh Gadoevga "CA" hamda PFL sovrinini Noil Lutfulin berdi


To'lagan Isoqov va Artur Gevorkyan. "Nasaf" sardori Artur Gevorkyan "yuzlik-klubi"ga azo bo'lgani munosabati bilan taqdirlandi

- Birinchi taym tugadi! TANAFFUS!


45`
Birinchi bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi.


44`
"Nasaf" hujumga o'tishga oshiqmayapti. Tanaffusga qadar ularni tablodagi hisob to'liq qanoatlantirishini payqash qiyin emas. "So'g'diyona" esa aksincha oldinga o'tmoqda.


43`
Davron Fayziev shogirdlari ancha jonlanib qolishdi. "Nasaf" endi himoyaga ham etibor qaratmoqda.


41` Xavfli vaziyat! Sanjar Rashidov!!!!!!!! Eldor Suyunov!!!!! "So'g'diyona"ning ajoyib hujumi va juda chiroyli zarba! Murodjon Toshmatovning tashlab bergan to'piga Sanjar Rashidov juda chiroyli va kuchli zarba yo'lladi. To'p shundoq darvozaning "to'qqizligi"ga borayotgan bir vaziyatda Eldor Suyunov juda zargarona "seyv"ni amalga oshirdi va jamoasini goldan saqlab qoldi.


40`
Hamza Karimov "So'g'diyona" futbolchisiga nisbatan qoida buzgani uchun ogohlantirildi.


38`
Hozirga qadar mehmonlar tarkibidagi eng faol futbolchi bu shubhasiz Mixail Spiridonov!


36` FIFA.UZ muxlislarining asosiy qismi hozir "ehhhh attang..." deyishgan bo'lsa ne ajab...



35` Yo'q! Gol emas! Artur Gevorkyanning o'ylagan rejasini Spiridonov payqab qoldi! Tasanno! Artur Gevorkyan Pirlo uslubida to'pni darvoza markaziga "tashlab" qo'ymoqchi bo'lgandi. Biroq Mixail Spiridonov bu vaziyat qahramoniga aylandi va to'pni bemalol ushlab oldi.


34` Penalti! "So'g'diyona" darvozasi tomon penalti!
Bahrom Abduraximovga nisbatan qo'pollik ishlatildi.


32` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHOHRUH GADOEV! Artur Gvorkyanning jarima zarbasidan oshirib bergan to'pini Hamza Karimov boshi bilan darvozaga yo'llagandi. Biroq Spiridonov bu vaziyatda ham o'z mahoratini ishga solib zarbani qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Ammo qaytgan to'pni SHohruh Gadoev boshi bilan darvozaga kiritdi va o'yinda hisobni ochdi, 1:0!


31`
SHuhrat Muhammadievning faolligi evaziga "Nasaf" jarima zarbasi ishlab oldi. "So'g'diyona" himoyachisi to'pni qo'li bilan o'ynagandi.


30`
Qanot hakami yana SHohruh Gadoevni o'yindan tashqari holatda ekanligini ko'rib qoldi va bayroqchasini ko'tardi.


28`
SHohruh Gadoev o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.


26`
Xavfli vaziyat! "So'g'diyona" jamoasining hujumi xavfli tus oldi. Muzaffar Muzaffarovning kuchli zarbasini Eldor Suyunov moxirlik bilan qaytarib yubordi.


24`
"Nasaf" burchak zarbasini amalga oshirdi. Biroq bu vaziyatda mehmonlar himoyachilari ikkinchi qavatda yaxshi o'ynashdi va xavfni bartaraf etishdi.
 

22` Xavfli vaziyat!
"Nasaf"ning hujumi gol bilan yakunlanishi mumkin edi. SHuhrat Muhammadievning qanotdan oshirib bergan to'pini Maqsud Karimov boshi bilan darvozaga yo'lladi. Biroq bu vaziyatda Mixail Spiridonov o'z mahoratini ko'rsatdi va to'pni katta qiyinchilik bilan qaytarib qoldi. Qaytgan to'pni esa himoyachilar o'z jarima maydonchalari oldidan uzoqlashtirishdi.


20`
O'yin surati yuqori emas.


19`
O'yin yana mehmonlar jarima maydonchalari oldiga ko'chdi. "So'g'diyona" himoyaga juda zich joylashib olgan. "Nasaf"ga ushbu himoyani yorib o'tish qiyinchilik tug'dirmoqda.


17` Xavfli vaziyat!
"Nasaf" navbatdagi imkoniyatdan unumli foydalana olmayapti. Bahrom Abduraximov bir o'zi jarima maydonchasigacha kirib bordi va to'pni o'tkir burchakdan darvozaga yo'lladi. Noaniq.


15`
"Nasaf"ning ketma-ket hujumlari samara keltirmadi. Ilhom SHomurodov va Gadoev bir-birlariga ishonib qolishdi va natijada hech kim to'pga zarba bera olmadi.


13`
Roy Rok himoyada juda chiroyli harakati bilan raqib futbolchisini aldab o'tdi va shu bilan birgalikda "So'g'diyona"ning hujumini to'xtatib qoldi.


12`
"So'g'diyona" uzoq masofadan jarima zarbasi tepish huquini qo'lga kiritgandi. Muzaffar Muzaffarovning yo'llagan zarbasi juda noaniq ko'rinish oldi.


11`
"So'g'diyona" o'yinni o'z jarima maydonchasi atrofidan uzoqlashtirishga erishdi.


9`
"So'g'diyona" ham faollashdi. Sanjar Rashidov raqib darvozasini uzoqdan "o'qqa" tutmoqchi bo'ldi. Biroq uning tepgan to'pi himoyachiga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi.


8`
Nihoyat mehmonlar ham oldinga o'tishdi. Ularning dastlabki harakati besamar ketdi. Eldor Suyunov bu vaziyatda to'pga birinchi bo'lib etib keldi va xavfni bartaraf etdi.


7`
"Nasaf" raqibga bosim uyushtirishda davom etmoqda. Bu safar o'ng qanotdan tashkil etilgan hujum paytida Muhammadiev raqibiga nisbatan o'yin qoidasini buzdi.


5`
"So'g'diyona" hozircha maydon markazidan nariga o'ta olganicha yo'q. "Nasaf" butun jamoa bo'lib maydonning ikkinchi yarmida harakat qilmoqda.


4`
To'p nazorati to'liqligicha "Nasaf" jamoasi qo'lida. "So'g'diyona" hozircha himoyaga asoslangan futbol o'ynamoqda.


3`
Yana hujum. Bu safar maydon egalari o'ng qanot bo'ylab oldinga borishdi. SHuhrat Muhammadiev oshirib bergan to'pga Ilhom SHomurodov boshi bilan zarba berdi. Noaniq.


2` "Nasaf" o'yinni hujumkorlik bilan boshladi. CHap qanotdan Roy Rok tomonidan oshirib berilgan to'pni raqib posboni Spiridonov bartaraf etdi.


- UCHRASHUV BOSHLANDI!



- SHuningdek, "yuzlik klubi"ga azo bo'lgan Artur Gevorkyan ham maxsus sovrinni To'lagan Isoqovning qo'lidan qabul qilib oldi.


- SHohruh Gadoevga o'tgan aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lgani munosabati bilan "CA" hamda PFLning maxsus sovrini topshirilmoqda. Sovrinni SHohruh Gadoevga PFL vakili Noil Lutfulin topshirdi.


- Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda.


- Jamoalar o'yinoldi chigalyozdi mashg'ulotlarini yakunlashdi.


- Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari malum bo'ldi.










- Har ikkala jamoa bosh murabbiylari Ro'ziqul Berdiev hamda Davron Fayziev o'z vaqtida "Nasaf"da birga to'p surishgan. Bugun esa ular bir-birlariga qarama-qarshi.


- Jamoalar stadionga etib kelishdi.


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Oliy liganing 11-tur uchrashuvi doirasida "Nasaf" hamda "So'g'diyona" jamoalari o'zaro bahs olib borishadi. Qarshidagi o'yinni saytimiz orqali matnli onlayn translyaciya qilamiz. Xizmatingizda kamina SHahboz Beg'amov bo'ladi.


- Uchrashuv soat 19:30da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика