So’nggi yangiliklar

09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  0 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  1 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  0 07:35Лионель Месси жароҳат олди  1 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  1 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  3 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  112 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  18 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4

Oliy liga. 1-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 1-tur ramziy terma jamoasi

12 va 14 mart kunlari oliy ligada 1-tur bahslari bo'lib o'tdi. Bunda bir qator kutilmagan natijalar qayd etilganidan xabaringiz bor.
Xususan, "Mashal"ning safarda "Navbahor"ni, yana oliy ligaga qaytgan "Qo'qon-1912"ning esa "Dinamo"ni mag'lub etishi kutilmagan voqea bo'ldi. Bundan tashqari, amaldagi chempion "Paxtakor" o'z maydonida "Olmaliq" bilan durang o'ynadi. "Lokomotiv" esa Bekobodda "Metallurg" qarshiligini enga olmadi.



Biz saytimiz odatiga muvofiq 1-tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik. Ramziy termadan "Metallurg", "Olmaliq", "Mashal", "SHo'rtan", "Nasaf", "Bunyodkor", "Qo'qon-1912", "Neftchi" va "Qizilqum" futbolchilari joy olishdi. Ayrim sabablarga ko'ra, "Buxoro", "Paxtakor", "So'g'diyona", "Dinamo", "Navbahor", "Lokomotiv" va "Andijon" klublaridan 1-tur ramziy termasiga hech kim kiritilmadi.

DARVOZABON
Suhrob Sultonov ("Metallurg")

HIMOYACHILAR
Mirg'iyos Sulaymonov ("Metallurg")  
Adrian Kashkaval ("Olmaliq")
Darko Stanoevich ("SHo'rtan")
Jahongir Jiyamurodov ("Mashal")



YARIM HIMOYACHILAR
Artur Gevorkyan ("Nasaf")
SHaker Zuagi ("Bunyodkor")
Jamshid Hasanov ("Mashal")
Orif Mamajonov ("Qo'qon-1912")
Akmal Xolmatov ("Neftchi")

HUJUMCHI
Bahriddin Vahobov ("Qizilqum")

Bosh murabbiy: Igor SHkvirin ("Olmaliq")



Oliy liganing ilk turini o'z maydonida o'tkazgan "Metallurg" chempionlikka davogar "Lokomotiv"ni qabul qilib, durangga erishdi. Bu o'yinda mezbonlar safida darvozabon Suhrob Sultonov yaxshi harakat qildi. SHuningdek, Mirg'iyos Sulaymonov ham ijobiy taassurot qoldirdi.

"Olmaliq"ning "Paxtakor"ga qarshi kechgan bahsida esa markaziy himoyachi Adrian Kashkaval ajralib turdi. U ko'plab vaziyatlarda raqib hujumini bartaraf etdi. "SHo'rtan" tarkibiga bu yil qo'shilgan serbiyalik Darko Stanoevich "Neftchi" darvozasiga to'p kiritgan bo'lsa, bir necha yillik tanaffusdan so'ng yana "Mashal"ga qaytgan Jahongir Jiyamurodov birinchi uchrashuvdayoq jamoaga kirishib keta oldi.

"Nasaf" etakchisi Artur Gevorkyan yana o'z mahoratini ko'rsatishni boshladi. Turkmanistonlik futbolchi "Andijon" darvozasiga ikkita to'p kiritishdan tashqari, uchinchi golda jamoadoshiga to'pni aniq etkazib berdi. Tunislik SHaker Zuagi "Buxoro" bilan kechgan bellashuvda o'zini ko'rsatdi. "Mashal"ning tezkor futbolchsi Jamshid Hasanov esa muborakliklarning safarda g'alaba qozonishiga munosib hissa qo'shdi.



Bir necha yillik tanaffusdan so'ng yana oliy ligaga qaytgan "Qo'qon-1912" safarda "Dinamo"ni kichik hisobda mag'lub etdi. Bu o'yinda Orif Mamajonov o'zini ko'rsata oldi. "Neftchi" tarkibida esa Akmal Xolmatov yaxshi harakat qildi. 1-turda "So'g'diyona" bilan bahs olib borgan "Qizilqum" yirik 4:1 hisobida zafar quchdi. Bu o'yinda Bahriddin Vahobov uchta gol urishning uddasidan chiqdi va bu yilgi chempionatning ilk xet-trik muallifi bo'ldi.

Tur ramziy terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida "Olmaliq" ustozi Igor SHkvirinni tanladik. Negaki "Olmaliq" amaldagi chempion uyidan durang bilan qaytdi. Qolaversa, shu kuni "Olmaliq" o'yinni asosiy tarkibda sakkiz nafar yangi futbolchi bilan boshlagan bo'lishiga qaramay, yigitlar o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi. Igor SHkvirin esa joriy mavsum kuchli jamoani yuzaga keltirsa ajab emas.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика