So’nggi yangiliklar

10:23Виталий Левченко: "Иккинчи бўлимда назорат қўлимизда бўлишига қарамай вазиятлардан фойдаланмадик"   0 10:21Шуҳрат Қурбонов: "Бизга битта ғалаба зарур эди"  0 09:55«Ливерпуль» Слот учун «Фейеноорд»га қанча товон тўлагани маълум  2 09:31Мбаппенинг «Реал Мадрид»даги маоши маълум  3 09:05Хушбек Қосимов: "Мақсадимиз ёш футболчиларни катта футболга муносиб тайёрлаш"  1 08:39Кутганмидингиз? Тен Хаг ёзда «Манчестер Юнайтед»ни тарк этади  21 08:13Неъматилло Қуттибоев: "Цементчи" Биринчи лигада рақобат ярата олади"  1 07:48«Лестер» бир йиллик танаффусдан сўнг яна АПЛга қайтди  4 07:24Ўзбекистон кубоги. 3-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:15ЛаЛига. "Реал Сосьедад" - "Реал Мадрид" 0:1   0 07:10Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 3:3 (пенальтилар 4:5)  0 07:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд - Тожикистон 3:3 (пенальтилар 6:5)  1 07:00Футзал бўйича Осиё Кубоги. Вьетнам - Қирғиз Республикаси 2:3  4 06:55U-23 Осиё кубоги. Ироқ - Вьетнам 1:0  0 06:50U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони 2:0  10

Oleg Zoteev: "Osiyo Kubogida yomon natija ko'rsatib Jahon chempionatiga chiqib bo'lmaydi Yangiliklar

Oleg Zoteev: "Osiyo Kubogida yomon natija ko'rsatib Jahon chempionatiga chiqib bo'lmaydi

O'tgan mavsumda "Lokomotiv"ni Pro ligaga olib chiqishiga hissa qo'shgan Oleg Zoteev endi "So'g'diyona" azosi hisoblanadi.

 Rasman: Oleg Zoteev - "So'g'diyona" futbolchisi!


Yaqinda futbolchi va klub o'rtasida shartnoma imzolandi. "So'g'diyona"ning tajribali himoyachisi Antaliya yig'ini oldidan saytimizga intervyu berdi. 

- 2008 yildan so'ng oradan ancha vaqt o'tib Superligadan bir pog'ona pastki ligada to'p tepdingiz. Pro liga qanday taassurot qoldirdi?

- Pro ligani ochig'i qanday chempionat ekanligini tushunmadim. Uslub yoki taktik harakatlar emas, pragmatik futbol ko'rsatishadi. Tarkibimizda tajribali futbolchilar kam edi. "Dinamo" selekciya, tarkib jihatdan bizdan kuchli edi. SHunga qaramasdan mavsumni chempion sifatida yakunladik. Katta qiyinchilik bo'lgani yo'q. Faqat 2ta uchrashuvda haqiqiy qarshilikka duch keldik. "Dinamo" va safarda "Qo'qon-1912" bilan qiynaldik. 

- "Mashal"ga qarshi kechgan uchrashuvdagi qizil kartochka va jarohat qanchalik bir-biriga bog'liq edi?

- "Mashal" bilan o'yindagi jarohatimni hamma ko'rdi. Hakam mendan uzoqda edi. Vaziyatni ko'rmadi. To'rtinchi hakam kelib turishimni aytdi. Oyog'imdan qon oqayotgandi. Undan keyin qizil kartochka oldim. Hammasini vaqt ko'rsatadi. O'tgan ish o'tdi.  

- Yaqingacha ham Pro ligada maydon chimini o'rmaslik, o'yindan avval suv sepmaslik holatlari bo'lardi. Bu esa futbol o'ynaydigan jamoalarga qiyinchilik tug'dirardi. Aynan shunday holatlar yana bo'ldimi?

- Pro liga saviyasi ancha oshgan. "Aral" suniy maydonda o'ynaydi. Bu futbol uchun yomon. Suniy maydon chimini yangisini qo'yish kerak yoki umuman qo'ymaslik kerak. Qolgan jamoalarning maydonlari yaxshi. Oldingidek texnik jamoalar borsa suv sepmaslik, o'rmaslik holatlari deyarli yo'q. 

- "So'g'diyona" taklifi qachon bo'lgandi? "Lokomotiv" Superligaga jamoa yig'ayotganini hisobga olsak, "temiryo'lchilar" safida qolishingiz mumkinmidi?

- Noyabr oyida Ivan Boshkovich qo'ng'iroq qildi va qiziqarli loyiha qilayotganini aytdi. Undan keyin yana takliflar bor edi. "Lokomotiv"da qolishim ham mumkin edi. Dekabr oyi o'rtalarida Ivan Boshkovich bilan ko'rishib gaplashdim. Fakt bo'yicha oladigan bo'lsak, men o'ynagan jamoalar doim yuqori o'rinlarni egallagan. "So'g'diyona"ga bor tajribamni bo'lishmoqchiman. 

- Hozirda 34 yoshdasiz. Sizning poziciyangizda tezlik va chaqqonlik kerak. SHu yoshda ham yuqori darajada o'ynashingizga ishonasizmi?

- Bilasizmi, Koreyada o'ynagan vaqtimda 2ta qanot vingerlari 38 yoshda bo'lgan. Ular bilan gaplashganimda xayron qolgandim. Jasur Hasanov 40 yoshda ham o'ynadi. Tartibga amal qilsangiz, jarohat olmasangiz o'ynayverasiz. Yoshning ahamiyati katta emas. Hozir ayni futbol o'ynaydigan yoshdaman. 

- O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogida...

- O'zbekiston terma jamoasining Katanec boshchiligidagi bir nechta o'yinini ko'rdim. Osiyo Kubogida ko'p narsa yigitlarning o'ziga, ichki muhitiga bog'liq. Musobaqaga qanday kirishib ketish ham muhim. Kuchli jamoalar o'yindan-o'yinga ochilib boradi. Suriya bilan o'yin hozirgi holatimizga qisman aniqlik kiritib beradi. Jarohatlardan so'ng rejalarning o'zgarishi tabiiy. Bu yil terma jamoamiz kuchli. Futbolchilar o'ziga ishonsa, uzoqqa bora olishadi. 

- Avstraliya tarkibida o'zgarishlar katta. Oldingidek katta nomlar yo'q. "Kengurular" bilan uchinchi turdagi o'yinimiz qanday kechishini taxmin qilasiz?

- O'tgan Osiyo Kubogida Avstraliya bilan 120 daqiqa durang o'ynagandik. Faqat penaltilar seriyasida omadimiz kelmagan. Avstraliya bilan o'yinni qanday o'tkazishimiz avvalgi 2ta uchrashuvimizga bog'liq. Katanecga mana endi bosim boshlanadi. Osiyo Kubogida yomon natija ko'rsatib, Jahon chempionatiga chiqib bo'lmaydi. Hozir natija kerak. Bu yigitlarning Jahon chempionati saralashida ruhiyatiga o'z tasirini o'tkazadi. Osiyo Kubogiga qarab mundialga qanday chiqishimizga xulosa bera olamiz. Ishtirokchilar soni oshgan, kvota ko'proq berildi. SHu bois bu safar Jahon chempionatiga chiqishda muammo bo'lmasligi kerak.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика