So’nggi yangiliklar

14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  1 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  2 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  2 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  2 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  4 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  6 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  24 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  33 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  5 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  21 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  9 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  9

Oleg Tyulkin: "Hali bekobodliklar nimalarga qodirligini ko'rsatishlariga ishonaman" Yangiliklar

Oleg Tyulkin: "Hali bekobodliklar nimalarga qodirligini ko'rsatishlariga ishonaman"

Teglar :  Oleg TyulkinDinamo
"Metallurg" - "Dinamo" uchrashidan keyingi matbuot anjumanida samarqandliklar ustozi Oleg Tyulkin jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.
"Bekoboddagi o'yin og'ir kechini bilgandik, sababi biz oliy ligaga endi qaytdik, birinchi o'yin, mezbon jamoa esa juda tajribali. SHu sababdan ham uchrashuvga himoyaviy taktikani tanladik. Xato qilmagan ekanmiz, g'alaba qozondik. Barcha muxlislarimizni birinchi g'alaba bilan tabriklayman. Bu yutuq yo'lida mehnat qilgan barcha futbolchilarga, murabbiylar shtabiga va bizning muvaffaqiyatimizga ishongan muxlislarga esa katta rahmat.

Bugun maydonning holatini ko'rdingiz, bunday sharoitda himoyalanish oson. "Metallurg" esa texnikasi yuqori jamoa. Maydonlarimiz yaxshi holatga kelganda bekobodliklar nimalarga qodirligini ko'rsatishlariga ishonaman. Maydonga tushirilgan o'yinchilar xususida to'xtaladigan bo'lsam, bizga tezkor o'yinchilar kerak edi. Mezbonlar butun jamoa bo'lib hujumga o'tgach qochib ketadigan yoshlarni maydonga tashladik. Natijada ikkinchi golni kiritib, g'alabani mustahkamladik, - deydi Oleg Tyulkin.

"Metallurg" matbuot xizmati
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика