Ole-Gunnar Sulsher: "Liverpul"da golli vaziyat bo'lganini eslolmayman"
24 fev 2019 23:11
Yangiliklar


Ole-Gunnar Sulsher: "Liverpul"da golli vaziyat bo'lganini eslolmayman"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Sulsher "Liverpul" bilan bo'lgan uchrashuvdagi nursiz durang haqida fikr bildirdi.
"Bizda 4 nafar futbolchimiz jarohatlangan edi. Markus Rashfordni jarohatdan saqlab qolishga majbur edik. O'yin qiyin va og'ir o'tishi kutilgan edi. "Liverpul"da golli vaziyat bo'lganini eslolmayman. Ular to'pni nazorat qilishdi, lekin David De Xeaning seyv amalga oshirganini eslay olmadim.
Skott Maktominay juda yaxshi harakat qildi. Raqibimizga gol kerak bo'lgan paytda, ular Salohni almashtirishdi. Sababi, Lyuk SHou unga imkoniyat bermadi", – deya Sulsherning so'zlarini keltirdi BBC nashri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar