Ole-Gunnar Sulsher: "Ehtimol, MYU qishda bir nechta futbolchilarni ijaraga olishi mumkin"
24 noy 2019 16:40
Yangiliklar


Ole-Gunnar Sulsher: "Ehtimol, MYU qishda bir nechta futbolchilarni ijaraga olishi mumkin"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher yaqin qolgan transferlar oynasida jamoasi nimani rejalashtirayotgani haqida gapirdi.
"Gap pul miqdori haqida emas. Biz jamoaga uch-to'rt oy yordam bera oladiganlarni emas, balki uzoq muddat jamoaga xizmat qiladigan o'yinchini sotib olamiz. Qishda bunday futbolchilarni xarid qilish mumkin bo'ladimi? Katta ehtimol bilan yo'q, chunki barcha jamoalar yanvar oyida futbolchilar bilan xayrlashish istagida bo'lmaydilar.
Ehtimol, "Manchester Yunayted" bitta yoki ikkita o'yinchini ijaraga oladi. Ko'ramiz, qanday variantlar biz uchun mavjud bo'larkin” - deydi MYU murabbiyi.
Malumot uchun "Manchester Yunayted" bitta o'yin zaxirasi bilan Premer-liga turnir jadvalida o'ninchi o'rinda bormoqda. "Qizil iblislar"ning navbatdagi uchrashuvi - 24 noyabr kuni "SHeffild"ga qarshi kechadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar