So’nggi yangiliklar

02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  0 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  1 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  2 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  2 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  25 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4

"Old Trafford"dagi qayta qurilishlar: MYU ten Xag kelishi bilan qanday o'smoqda? (mutolaa uchun) Yangiliklar

"Old Trafford"dagi qayta qurilishlar: MYU ten Xag kelishi bilan qanday o'smoqda? (mutolaa uchun)

"Manchester Yunayted"ning uyg'onishi haqida.

O'tgan yozda joriy mavsum Angliya Premer-ligasi MYU uchun uchinchi turdayoq yakunlanishi haqida ko'p hazillar qilishdi. O'shanda "Manchester Yunayted" "Liverpul"ga qarshi o'ynashi kerak edi. "Qizillar" o'tgan mavsum mankunianlarni 5:0 va 4:0ga yutganini hisobga olsa, jamoatchilikning kayfiyati tushunarli edi. Ammo, MYU o'z uyida principial raqibi ustidan 2:1 hisobida g'alabaga erishdi.

"Liverpul"ga qarshi g'alaba "Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag uchun APLdagi birinchisi bo'ldi. Manchesterliklar yarim himoyachisi Brunu Fernandeshning so'zlariga ko'ra, jamoa shu o'yindan so'ng o'z kuchiga bo'lgan ishonchga ega bo'lgan. O'shandan ko'p vaqtlar o'tdi. MYU doim ham barqaror bo'lmadi, ammo klubning o'sishini inkor etish mumkinmas.



"Yunayted" hozirda Premer-liganing eng yaxshi jamoalari uchligiga kiradi va hatto chempionlik poygasida ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, mankunianlar Evropa Ligasi 1/16 finalida "Barselona"dan o'tishdi va bu ham jamoaga bo'lgan ishonchni qo'shadi. Ten Xag shuningdek o'zining MYUdagi ilk mavsumi so'nggiga qadar klub uchun 5 yil ichida ilk bor sovrinni, aniqrog'i Angliya liga kubogini yutdi. Sovrin unchalik muhim emas, ammo baribir.

Yozda ko'pchilik niderlandiyalik mankunianlarni qayta uyg'otishga qodirligiga shubha bilan qaragandi. "Ayaks" ham katta klub, ammo "Yunayted" – barcha ko'rsatkichlar bo'yicha boshqa daraja. Mutaxassis yangi chaqiriqdan qo'rqmadi, hozir esa MYUga bo'lgan shubhalar kamayib bormoqda. Ten Xag birinchi bo'lib o'yinchilarga singdirgan narsa intizomdir. Murabbiy birdan futbolchilar o'rtasida unda favorit yo'qligini, maydondagi o'ringa esa loyiq bo'lish kerakligini ko'rsatdi.

Bu janjallarsiz o'tmadi (Krishtianu Ronalduni yodga olamiz), ammo ish berdi. Fernandesh oldinroq aynan shunday temir intizom mankunianlarga juda ham etmaganini aytdi. Gap faqat Ronalduda emas. Markus Reshford faoliyatidagi eng yaxshi mavsumlaridan birini o'tkazmoqda, ammo "Vulverxempton"ga qarshi o'yin asosiy tarkibidan jamoaviy uchrashuvga kechikkani sabab ayrildi. Futbolchi murabbiyning qarorini tushundi, ikkinchi taymda maydonga chiqdi va g'alaba golini urdi.



Jeydon Sancho bilan ham shunga o'xshash vaziyat ro'y berdi. Niderlandiyalik unga 85 mln evro to'langaniga qaramay, angliyalikni maydonga tushirmadi. U hatto o'yinchiga asosiy jamoa bilan ham mashg'ulot o'tkazishga qo'ymadi. Mutaxassis shunday qilib optimal formaga kelib olish uchun o'yinchiga ko'proq ishlashga motivaciya berdi. Natija – tarkibga qaytishdan so'ng uch o'yinda ikkita gol. Va bu faqatgina ommaga malum bo'lgan holatlar. Bunday temir intizom Aleks Fergyuson davridan beri MYUda bo'lmagan deyishadi. Futbolchilarga bu yoqadi.

Ten Xag ishining foydali jihatlaridan yana biri bir necha nafar o'yinchilarning birdan o'sishi hisoblanadi. Bunda Reshford yaqqol ajralib turibdi. Joriy mavsum Markus uchun samaradorlik bo'yicha eng yaxshilaridan biri. 25 yoshli vinger ayni dam barcha musobaqalarda 38ta o'yinda 25ta gol va 9ta assist qayd etdi. "Yunayted" tarbiyalanuvchisi 2023 yilda 14ta gol urishga ulgurdi. Bu top-ligalar o'yinchilari orasidagi eng yaxshi natija. Bundan tashqari, Reshford butun jamoadan ko'p gol urmoqda. Masalan, "Liverpul" va "CHelsi" joriy yil birgina Markusdan kam to'p kiritishgan.



Ammo, barchasi Reshford bilan kifoyalanmaydi. Alexandro Garnacho MYUning eng yaxshi yosh o'yinchilaridan biriga aylandi. 18 yoshli vinger joriy mavsum mankunianlarning asosiy jamoasida 26ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 5ta assist qayd etdi. Bundan tashqari, ulardan 2tasi g'alaba gollari bo'ldi. Aaron Van-Bissaka mavsumning birinchi qismida klubdan ketishga yaqin edi, hozir esa o'ng qanot mudofaadagi joy uchun Diogu Dalot bilan muvaffaqiyatli raqobat qilmoqda. Lyuk SHou esa yangi murabbiy kelishi bilan markaziy himoya poziciyasida yomon o'ynamasligini bilib oldi.

Ten Xag MYUga o'zi bilan olib kelgan yana bir muhim jihat transferlarga bo'lgan yondashuvdir. Mankunianlar hali ham pullarni hisoblashmaydi, ammo endilikda yangi o'yinchilarning tanlanishiga etiborliroq bo'lishgan. O'tgan yozda "Yunayted"ga himoyachilar Lisandro Martines (57 mln evro) va Tayler Malasia (15 mln), xavbeklar Kazemiro (70 mln) va Kristian Eriksen (erkin agent), shuningdek vinger Antoni (95 mln) keldi. MYU qishda yarim himoyachi Marsel Zabitcer va forvard Vaut Vergxostni ijaraga oldi.



Yozda kelgan yangi o'yinchilarning deyarli barchasi jamoaga foyda olib keladi. Malasia Brendon Uilyamsga imkoniyat qoldirmagan holda Lyuk SHou bilan raqobatda o'zini yaxshi his qilmoqda. Martines asosiy markaziy himoyachi bo'ldi, Kazemiro esa umuman jamoadagi eng yaxshi o'yinchilardan. U o'zi bilan nafaqat sifat, balki professionalizm va oldin mankunianlarga etmagan g'oliblik mentalitetini ham olib keldi. Bundan tashqari, braziliyalik markaziy chiziqda oldin deyarli har bir o'yindan so'ng tanqid qilingan Makfred (Skott Maktominey va Fred) juftligini parchaladi. Eriksenning tekin transferi MYU uchun katta bonus bo'ldi, sababi daniyalik maydonning uchinchi qismida jamoaga hilma-xillikni qo'shdi.

Hozircha faqatgina Antoni borasida savollar qolmoqda. 24 yoshli vinger hozirda APLda atigi 3ta gol urdi. Deyarli 100 million to'lagan o'yinchi uchun kam, ammo manchesterliklar u siz ham yomon uddalashmayapti. Albatta, oldinda MYUda ko'p ishlar, jumladan transfer bozoridagi harakatlar qolmoqda. Vergxorst qolgan taqdirda ham, yozdagi asosiy vazifalardan biri hujumchi bilan shartnoma imzolash. Ammo, bularning barchasi o'z kuchiga ishonadigan jamoani yaratishning bir qismidir va ten Xag hozircha bu ishni muvaffaqiyatli uddalamoqda.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика