Oksleyd-CHemberlen ushbu hafta mashg'ulotlarni boshlaydi
06 jan 2014 10:03
Yangiliklar


Oksleyd-CHemberlen ushbu hafta mashg'ulotlarni boshlaydi
“Arsenal” klubi bosh murabbiyi Arsen Venger, jamoa yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-CHemberlen yaqinda safga qaytishi haqida malumot berdi.
“U mashg'ulotlarni boshlashga yaqin turibdi. Oksleyd shu hafta safga qaytishi kerak.
Ammo formasini to'liq tiklab olishi uchun unga bir oz vaqt kerak bo'ladi”, - deya takidladi mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, 20 yoshli yarim himoyachisi “Aston Villa”ga qarshi o'yinda tizzasidan jarohat olgan edi (1:3).

Fikrlar