So’nggi yangiliklar

23:32Эрон нашрлари Машарипов жароҳати жиддий деб ёзишмоқда. Футболчи бу саволга ўзи жавоб берди  0 23:24"Милан" ва "Ал Ҳилол" қизиқаётган Нуньес мавсумолди ўйинларида 5 та гол урди, у ўтган мавсум АПЛда шундай натижа қайд этган эди  0 23:04Ўртоқлик ўйини. "Ливерпуль" Ла Лига жамоасини таслим қилди, мухлислар 20-дақиқада Жота хотирасига бир дақиқа қарсак чалишди  0 22:15Шешко МЮга ўтишни хоҳлаяпти, аммо "Ньюкасл" вариантига ҳам қарши эмас  0 21:31Лука Модрич: "Мен 13 йилни дунёнинг энг буюк клубида ўтказдим, энди эса ўтмишда ҳозирги "Реал" даражадаси бўлган клубга келдим"  3 20:48"Ал Насср" Роналду орқали МЮ собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олиши мумкин  0 19:59Миш-мишларга чек қўйилди: Лунин Мадридда қолади  0 19:33"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи: "Менга кўп футболчилар керак эмас"  3 19:05ТОП-5 қачон бошланади? Жамоалар янги мавсумга қандай тайёрланмоқда?  6 18:40Легионер посбон, Фарғонада ютган мураббий, дублга эришган футболчи ва собиқ клубига гол урган ҳужумчи — Суперлигада 16-турнинг энг яхшилари   2 18:28"Барселона" "Тэгу"ни йирик ҳисобда мағлуб этди — битта гол Рэшфорд ҳисобида  2 18:10Плетнёв, Таҳсин, Токотаев, Санчес... Суперлига 16-тур рамзий терма жамоаси   8 17:50Машинани эмас, ҳайдовчини алмаштириш керак  9 17:36Манба: Аббос Файзуллаев Конференциялар Лигаси учрашувини ўтказиб юборади  3 17:24Фарғона давлат университети стадиони Про лига баҳсига мезбонлик қилади  9

OKning ochilish marosimi haqida: Bu daqiqani men 28 yil, 2 oy-u, 19 kun kutdim, sevinchdan yuragim hapqirib ketyapti Yangiliklar

OKning ochilish marosimi haqida: Bu daqiqani men 28 yil, 2 oy-u, 19 kun kutdim, sevinchdan yuragim hapqirib ketyapti

Robinzon Kruzo tomonidan aytilgan mazkur jumla ko'plab komedik vaziyatlarda ishlatiladi.

OSIYO Kubogi - 2024

Biz MTJ ishtirokidagi yirik musobaqalarni orziqib kutamiz. Mana o'sha kun keldi. 12 yanvar kuni Osiyo Kubogining birinchi uchrashuvi bo'lib o'tdi. 2011 yildan boshlab Osiyo Kubogi doimiy ravishda yangi yilning ilk kunlariga to'g'ri kelyapti. Qizig'i bu ananani aynan qatarliklar boshlab berganlar. Arab davlatlarining imkoniyatlari oshaverishi, ko'plab sport tadbirlariga mezbonlik qilishlariga sabab bo'lyapti. 2015 yilgi musobaqa Avstraliyada, 2019 esa BAAda bo'lganini unutmagan bo'lsangiz kerak. Aslida bu turnir 2023 yil Xitoyda bo'lib o'tishi kerakligi yodingizdan chiqmagan bo'lsa kerak. Pandemiya rejalarga o'zgartirish kiritdi. Kelasi musobaqa 2027 yilda Saudiya Arabistonida bo'ladi, buni qarang, u ham qish fasliga to'g'ri keladi. 


OCHILISH marosimi

84 000 muxlis qarshida tashkil qilingan ochilish marosimida barcha mehmonlarga tashkilotchilar tomonidan kichik sovg'alar taqdim qilindi. Sahna ko'rinishlarini kecha saytimizda chiqqan videolarda ko'rgan bo'lsangiz kerak. 24 ta davlat timsollari "jonlantirgan" kompaniya, ularni shunchaki yasab qo'ymagan. Uzoqdan Xuddi jonliga o'xshab ko'rinadi. Tadbirga Qatar Amirining shahsan o'zi va FIFA hamda OFK prezidentlari ham  tashrif buyurdilar. 


AVAZ aka bilan jonli suhbat

Championat.asia ning 8 nafar vakili ishtirok etayotgan turnirda reja tuzib olganmiz. Tolib Qosimov va Jahongir Fayzullaev suratlarga masul. Jalolxon Inog'omxo'jaev va Abduvosit Bektemirov xalqaro ishlar bilan. Men, Kamoliddin Alimov va operatorimiz Samandar SHokirov musobaqa atrofini jonli yoritib berishga masulmiz. Gayrat Xasbiulin esa chet el nashrlari bilan hamkorlik o'rnatish bilan ovora bo'ladi. 2011 yildan beri Osiyo Kuboklarida ishtirok etamiz. Bu erda o'ziga yarasha muammoli vaziyatlar paydo bo'lib qolsa, bizga hech qachon yo'q demay yordam berib turadigan AVAZ aka Berdiqulov bo'ladilar. Kechagi ochilish o'yinini birgalikda tomosha qildik va Osiyo Kubogi atrofidagi ko'p axborotlarni berdilar. Bu haqda ertaga batafsil yoritamiz. Bugun MTJ o'yini bilan band bo'lamiz.


Qatar - Livan 3:0

2011 yili alamda qolgan Qatar bu safar imkoniyatni qo'ldan boy bermasligini bashorat qilish qiyin emas edi. Bugungi kunda Qatar raqibidan ancha kuchli edi. Afifdek hujumchiga ega jamoani, Omar Abdurahmoni bor BAAga qiyoslash mumkin. Livan bizga begona emas, yani murabbiy tomonidan. O'z paytida Miodrag Radulovich bilan yarim yilga yaqin birga faoliyat olib borganman. Uning qanday imkoniyatga ega ekanligini yaxshi bilaman. Kuchli mutaxassis, Livan o'yinni boshidanoq gol o'tkazib yubordi, ammo bu erda ofsayd qayd qilindi. Qatar yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsada, Livan hech bo'lmasa bitta gol urishi kerak edi. Ammo Barsham o'z darvozasini yaxshi qo'riqladi. Birinchi bo'lib yakuniga etishiga oz qolganida Akram Afif hisobni ochdi. U 90+6 daqiqada dublga erishdi. 


FAN zona



Bunday yirik musobaqalarning "fishkasi" muxlislar uchun tashkil qilinadigan fan zonalar bo'ladi. Kecha "Lusayl" stadioni turli millat vakillarining ananalariga ega shoularga boy bo'ldi. Garchand Livan mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, hech bir muxlisida qayg'uni ko'rmaysiz. Oilaviy stadionga kelganlar, o'yindan keyin ham o'yin kulgi qilishda davom etdilar. Buni quyidagi videoda ham ko'rishingiz mumkin.


Biz esa O'zbekiston va Suriya terma jamoalari o'yini tomon yo'lga chiqamiz. CA Dumaloq TV ga obuna bo'ling!

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика