OKMK dastlabki transferini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
8 yanv 2024, 22:05
Olmaliqning OKMK klubi yangi mavsum oldidan o'zining dastlabki transferini e'lon qildi.

Olmaliqliklar so'nggi mavsum "Qizilqum" sharafini himoya qilgan Javohir Ilyosov bilan ikki yillik bitim tuzishdi.


"Mashal" futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Javohir Ilyosov 1994 yil 6 fevral sanasida Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tavallud topgan. Faoliyati davomida Muborakning "Mashal", Bekobodning "Metallurg", Toshkentning  "Lokomotiv" va Navoiyning "Qizilqum" jamolari sharafini himoya qilgan mahoratli darvozabon yangi mavsumdan e'tiboran jamoamiz safida harakat qiladi. OKMK va futbolchi o'rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi.


OKMK jamoasining ahil oilasi  a'zosiga aylangan Javohir Ilyosov "konchilar" safidagi faoliyatiga omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz!


OKMK ahil oilasiga xush kelibsan, Javohir" - deyiladi klub rasmiy bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia