So’nggi yangiliklar

15:03"Челси" Бразилия терма жамоаси хавбекига қизиқмоқда  1 14:39Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг Олимпиада учун расмий қайдномаси маълум ёхуд кимлар захирада қолди?  8 14:19"Барселона" собиқ ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтади  1 13:53"Барселона" Ольмони қайтариш учун асосий таркиб футболчиси билан хайрлашишга тайёр  5 13:29"Барселона" иш ҳақи харажатларини сезиларли даражада камайтирди  3 13:01Қозоғистон футбол федерацияси Черчесов олдига қандай вазифа қўйган?  3 12:37"FourFourTwo" Яшинни барча даврларнинг энг яхши дарвозабони деб топди  4 12:10"Ювентус" "Верона" футболчисини трансфер қилди  1 11:46"Металлург" 2 нафар футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  1 11:25Олимпиада олдидан. Элдор Шомуродов билан очиқчасига суҳбат  5 11:11Мбаппе вакиллари ПСЖга таҳдид қилди  2 10:50Нима учун Лени Йорони «Реал»га эмас, МЮга ўтгани маълум  9 10:21«Реал Мадрид» яна бир афсонаси билан шартномани узайтирди  8 09:48Жаҳон чемпиони Саудия Арабистонидан АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  3 09:19ФИФА яна бир терма жамоани дисквалификация қилиши мумкин  23

OKMK Benzema boshchiligidagi "Al Ittihod"ga qarshi (prevyu) Yangiliklar

OKMK Benzema boshchiligidagi "Al Ittihod"ga qarshi (prevyu)

Bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-turida "Al Ittihod" - OKMK uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadigan o'yin haqidagi malumotlar bilan tanishing: 


Klublarning OCHLdagi avvalgi ishtiroki

2004 va 2005 yillarda Osiyo chempionlar ligasi g'olib bo'lgan, 2009 yil finalga qadar etib borgan "Al Ittihod" klubi 4 yillik tanaffusdan so'ng yana musobaqaga qaytdi. "Ittihod" 2017, 2018, 2020, 2021 va 2022 yilgi mavsumlarda moliyaviy mojarolar tufayli OFK licenziyalashidan o'ta olmagani uchun Osiyoning eng nufuzli musobaqasida ishtirok eta olmagandi.

OKMK esa 2019 yil guruh bosqichiga chiqish o'yinida yutqazgandi, 2021 yilgi mavsumda esa ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli o'tib guruhda o'ynagandi.



Tarkibdagi yo'qotishlar


Joriy mavsum yarmida OKMKga kelgan Sardor Mirzaevning jarohati jiddiyligi sababli operaciya qilinishi lozimligi malum bo'ldi va Mirzaev bu yil maydonga tusha olmaydi. SHuningdek, Vitaliy Denisov belidagi kichik jarohati tufayli jamoa bilan birgalikda Saudiya Arabistoniga uchmadi.

"Ittihod" safida Igor Koronado va Jota jarohat sabab "Al Hilol"ga qarshi o'yinda maydonni tark etishgandi. Ular tiklanishda davom etishmoqda. Darvozabon Marselo Groxe o'zida kichik noqulaylik sezdi va tibbiy ko'rikdan o'tdi.





Forma ranglari


Bugungi bahsda "Al Ittihod" sariq-qora-sariq, OKMK esa oq-kulrang-oq rangli libosda harakat qilishadi.




Murabbiylar fikri


Mirjalol Qosimov (OKMK bosh murabbiyi): "Al Ittihod"ga qarshi inson inson bilan qanday kurashsa, shu tarzda kurashamiz. Bizga oson bo'lmaydi. Tushunib turibmiz. Evropani top jamoalarida o'z o'rniga ega bo'lgan futbolchilar hozir "Al Ittihod"da o'ynamoqda. Biroq, mag'lub bo'lmaydigan jamoa yo'q. Bu futbol. Bu erda eng keraklisi, biz o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak. Buni albatta vaqt ko'rsatadi.

Nunu Eshpiritu Santu ("Al Ittihod" bosh murabbiyi): OCHL nufuzli musobaqa. Biz ushbu turnirga qaytganimizdan mumnunmiz. "Al Ittihod" bu turnir tarixida yaxshi natijalar qayd etgan. Ushbu musobaqaning avvalidanoq g'alabani maqsad qilganmiz. Maqsadimiz bosh sovrinni qo'lga kiritish. Biz OKMKning maydondagi imkoniyatlarini hurmat qilamiz. Rejamiz esa tushunarli: g'alaba uchun o'ynash. Qiyin o'yinga tayyorlanmoqdamiz. 




Hakamlar

Uchrashuvni yaponiyalik Xiroyuki Kimura boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Ushbu hakam yaqindagina "Al Vakra" - "Navbahor" uchrashuvida ishlagandi. O'shanda O'zbekiston klubi safarda 1:0 hisobida g'alaba qozongandi.

OCHL 2023/24, guruh bosqichi, 1-tur.
“Al Ittihod” (Saudiya Arabistoni) — OKMK (O'zbekiston)
18 sentyabr 2023 yil. Jidda, "SHahzoda Abdulloh Al Faysal" stadioni. 21:00 (Toshkent vaqti).
Bosh hakam:
Xiroyuki Kimura (Yaponiya)
Yordamchi hakamlar: Nishixashi Isao, Takagi Takumi (Yaponiya)
Zaxira hakami: Xiroki Kasaxara (Yaponiya)
Hakamlar nazoratchisi: Saad Alfadhli (Kuvayt)
Komissar: Ali Jebril (Falastin)





Jamoalarning chempionatdagi so'nggi o'yini


"Al Ittihod" OKMK bilan o'yindan avval Saudiya Arabistoni chempionatining 6-turida "Al Ahdud" klubi mehmoni bo'ldi va Karim Benzemaning yagona goli evaziga g'alaba qozondi - 1:0. 6ta o'yinda 5ta g'alabaga erishgan va 1ta mag'lubiyatga uchragan "Ittihod" 15 ochko bilan musobaqa jadvalining ikkinchi pog'onasida bormoqda.

"Al Axdud" — "Al Ittihod" 0:1
14 sentyabr 2023 yil.
Gol:
Karim Benzema 72, - 0:1.
"Al Ittihod": Marselo Groxe, Madallah Alolayan, Axmed Bamsaud, Hasan Kadesh, Luis Felipe (Xarun Kamara, 67), Romarino (Umar Ibrohim, 90), Solih al Jaman (Sulton Farhan, 77), N'Golo Kante, Fabino, Axmed SHaraxili, Karim Benzema.


OKMK esa Superligadagi oxirgi o'yinni 30 avgust kuni safarda "Navbahor"ga qarshi o'tkazgan va 0:0 hisobida durang o'ynagandi. Olmaliq klubi 18ta turdan 29 ochko to'plab musobaqa jadvalining 5-o'rinida bormoqda.

"Navbahor" – OKMK 0:0
30 avgust 2023 yil.
OKMK:
1.Botirali Ergashev, 2.Akramjon Komilov (10.Xurshid G'iyosov, 76), 3.Sardor Rahmonov, 5.Anzur Ismoilov, 8.Abdulla Abdullaev, 9.Ruben Sanches, 17.Sanjar Tursunov (15.Oybek Rustamov, 88), 20.Islom To'xtaxo'jaev, 22.SHohruh Gadoev, 27.Martin Boake (14.Mirjahon Mirahmadov, 76), 88.Siyavash Xaqnazariy (4.Mirjamol Qosimov, 90+2).





"Al Ittihod"ning o'zbek klublariga qarshi natijalari

"Al Ittihod"ning OCHLda o'zbek klublariga qarshi o'yinlardagi umumiy natijasi: 16ta o'yin, 8ta g'alaba, 6ta durang, 2ta mag'lubiyat.

2004 yil
"Neftchi" - "Al Ittihod" 1:3
"Al Ittihod" - "Neftchi" 3:0

2008 yil
"Al Ittihod" - "Bunyodkor" 1:0
"Bunyodkor" - "Al Ittihod" 2:0

2009 yil
"Paxtakor" - "Al Ittihod" 1:1
"Al Ittihod" - "Paxtakor" 4:0

2010 yil
"Bunyodkor" - "Al Ittihod" 3:0
"Al Ittihod" - "Bunyodkor" 1:1

2011 yil
"Bunyodkor" - "Al Ittihod" 0:1
"Al Ittihod" - "Bunyodkor" 1:1

2012 yil
"Al Ittihod" - "Paxtakor" 4:0
"Paxtakor" - "Al Ittihod" 1:2

2016 yil
"Lokomotiv" - "Al Ittihod" 1:1
"Al Ittihod" - "Lokomotiv" 1:1

2019 yil
"Al Ittihod" - "Lokomotiv" 3:2
"Lokomotiv" - "Al Ittihod" 1:1




Jamoalarning OCHL uchun qaydnomasi

OKMK
Darvozabonlar

1.Botirali Ergashev
12.Dilshodbek Yoqubov
25.Valijon Rahimov

Himoyachilar
2.Akramjon Komilov
3.Sardor Rahmonov
5.Anzur Ismoilov
7.Dilshod Ahmadaliev
20.Islom To'xtaxo'jaev
23.Iskandar Bo'sinov
29.Vitaliy Denisov
34.Ulug'bek Sunnatov
40.Jahongir Fozilov

Yarim himoyachilar
4.Mirjamol Qosimov
8.Baxtiyorjon Qosimov
10.Xurshid G'iyosov
11.Sardor Mirzaev
15.Oybek Rustamov
17.Sanjar Tursunov
19.Muhammadanas Hasanov
22.SHohruh Gadoev
24.Murat Ermatov
33.Asadbek Ahmadjonov
38.Sirojiddin Bashriddinov
39.Aslbek Umirzoqov
88.Siyavash Xaqnazariy

Hujumchilar

9.Ruben Sanches
14.Mirjahon Mirahmadov
27.Martin Boake




"Al Ittihod"
Darvozabonlar

1.Abdulloh Al Mayyuf
21.Abdulloh Al Jadaani
34.Marselo Groxe (Braziliya)
88.Osama Al Marmash

Himoyachilar
4.Omar Havsavi
5.Luiz Felipe (Italiya)
12.Zakariya Havsavi
13.Muhannad Al SHanqiti
15.Hassan Kadesh
20.Ahmed SHarahili
25.Suvailem Al Menholi
26.Ahmed Xegazi (Misr)
28.Ahmed Bamsaud
33.Madallah Al Olayan

Yarim himoyachilar
6.Sultan Al Farhan
7.N'Golo Kante (Franciya)
8.Fabino (Braziliya)
10.Igor Koronado (Braziliya)
11.Jota (Portugaliya)
14.Avad Al Nashri
16.Faysal Al Gamdi
17.Marvan Al Sahafi
24.Abdulrahmon Al Obud
29.Farah Al SHamroni
52.Talal Abubakr Xoji
77.Solih Al Amri

Hujumchilar
9.Karim Benzema (Franciya)
70.Xorun Kamara
90.Romarino (Braziliya)
99.Abdulrazzoq Hamdallah (Marokash)




Al Ittihad

Haroune Camara - 11', Romarinho - 15', Romarinho - 42'

AFC Champions League Grp. C . 1-tur

18/09/2023, 21:00

0
:
3
Tugadi

AGMK

45'
90'
11'  Haroune Camara
11'  Abderrazak Hamdallah
15'  Romarinho
42'  Romarinho
45'  Abderrazak Hamdallah (Saleh Al Jamaan)
63'  Omar Hawsawi (Sultan Al Farhan)
63'  Romarinho (Luiz Felipe)
79'  N'Golo Kante (Farha Al-Shamrani)
79'  Haroune Camara (Marwan Al Sahafi)
89'  Sultan Al Farhan
46'  Dilshod Akhmadaliev (Siavash Haghnazari)
72'  Mirjamol Kasimov (Oybek Rustamov)
72'  Martin Boakye (Mirzhakhon Mirakhmadov)
80'  Sanzhar Tursunov (Bakhtiyorjon Kasymov)
84'  Shohruh Gadoev (Akramjon Komilov)
88'  Bakhtiyorjon Kasymov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика