OK-2011 to'purari, uchta JCH ishtirokchisi, "Uotford" sobiq futbolchisi, Belgiya chempionatining eng yaxshi o'yinchisi - AGMK raqibi "Al Garafa" qaysi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazdi
05 apr 2021 16:56
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/629288_original.jpg)
![](/upload/storage/629288_220.jpg)
OK-2011 to'purari, uchta JCH ishtirokchisi, "Uotford" sobiq futbolchisi, Belgiya chempionatining eng yaxshi o'yinchisi - AGMK raqibi "Al Garafa" qaysi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazdi
Ro'yxatdan reglamentga muvofiq 4 nafar legioner joy olgan. Quyida mana shu legionerlar haqida qisqacha malumot berib o'tamiz:
Meksikalik himoyachi Ektor Moreno 1988 yilda tug'ilgan. Faoliyati davomida UNAM (Meksika), AZ va PSV (Niderlandiya), "Espanol" va "Real Sosedad" (Ispaniya), "Roma" (Italiya) kabi klublarda o'ynagan. 2007 yildan buyon Meksika terma jamoasi safida jami 109ta o'yinda maydonga tushgan va 4ta gol urgan. Ikki marta Niderlandiya chempioni bo'lgan, 2005 yil U-17 Jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgan, 2011 va 2019 yillarda KONKAKAF Oltin kubogida g'olib bo'lgan, 2015 yil KONKAKAF kubogi sohibiga aylangan. 2010, 2014 va 2018 yillarda o'tgan Jahon chempionatlari ishtirokchisi.
Koreyalik yarim himoyachi Ku Ja CHol 1989 yilda tug'ilgan. Faoliyati davomida "CHeju Yunayted" (J.Koreya), "Volfsburg", "Augsburg", "Maync" (barchasi Germaniya) klublarida o'ynagan. 2008-2019 yillar davomida Janubiy Koreya terma jamoasi safida jami 76ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol urgan. SHundan 3tasini O'zbekiston terma jamoasi darvozasiga urgan. Ku Ja CHol 2012 yilgi Olimpiada o'yinlarida va 2010 yilgi Osiyo o'yinlarida bronza medallarini qo'lga kiritgan. 2011 yilgi Osiyo Kubogida bronza, 2015 yilgi Osiyo Kubogida esa kumush medalga ega chiqqan. 2011 yilgi Osiyo Kubogida 5ta gol bilan musobaqa to'purari bo'lgan. 2014 yilgi Jahon chempionatida Janubiy Koreya terma jamoasi sardori sifatida ishtirok etgan va Jazoir bilan o'yinda gol urgan.
Jazoirlik yarim himoyachi Adlen Gediura 1985 yilda tavallud topgan. Faoliyati davomida mashhur klublardan "Sedan", "Vulverxempton", "Nottingem Forest", "Kristal Pelas", "Uotford" va "Middlsbro"da o'ynagan. 2010 yildan buyon Jazoir terma jamoasi azosi va hozirgacha 58ta uchrashuvda 2ta gol urgan. Gediura Jazoir terma jamoasi safida 2019 yilgi Afrika millatlar kubogi g'olibiga aylangan. O'sha musobaqada futbolchi ramziy terma jamoaga kiritilgan. Gediura 2010 yil JARda o'tgan mundialda ishtirok etgan va uchta bahsda maydonga tushgan.
Jazoirlik yarim himoyachi Sofyan Xanni 1990 yilda tug'ilgan. "Al Garafa"ga qadar "Nant" (Franciya), "Qayseri Erkiyesspor", "Ankaraspor" (ikkalasi Turkiya), "Mexelen", "Anderlext" (ikkalasi Belgiya), "Spartak" (Rossiya) klublarida to'p tepgan. 2016 yildan beri Jazoir milliy terma jamoasi safida 8ta o'yinda maydonga tushib 4ta gol urishga erishgan. 2017 yil "Anderlext" safida Belgiya chempioni bo'lgan va Belgiya Superkubogini qo'lga kiritgan. 2016 yil Belgiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 2020 yil Qatar Yulduzlar ligasi mavsum ramziy terma jamoasidan o'rin olgan.
To'liq ro'yxat bilan tanishing:
Darvozabonlar
1.Qosim Burxon
21.Yusuf Hassan
22.Jaloliddin Eltom
23.Ahmed Sofyan
Himoyachilar
2.Said Al Xaj
3.Tamim Al Muhaza
8.Yusuf Mufta
15.Ektor Moreno (Meksika)
24.Homam Ahmed
34.Hassan Volid
40.Abdalla Sirelxatem
77.Abdulrahmon Al Rashidi
Yarim himoyachi
6.Muaz Al Salemi
7.Moayad Hassan
10.Ku Ja CHol (Janubiy Koreya)
11.Otman Al Yahri
17.Adlen Gediura (Jazoir)
18.Amro Abdelfatah
20.Xolid Abdulvohid
27.Andri Syaxputra
30.Nossir Al Enazi
42.Xolid Al Xitmi
60.Saud Abdulrab
67.Nosir Al Kaabi
70.Nosir Al Ahrak
72.Jassim Al Zarra
94.Sofyan Xanni (Jazoir)
Hujumchilar
9.Ahmed Al Janhi
13.Ahmed Alaadin
85.Abdulrahmon Al Abdulrahmon
Narzulla Saydullaev tayyorladi
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar