So’nggi yangiliklar

00:55Антони: "Ишонаверинг, янги мавсум менинг исмимни гол ва ассистлар билан бирга эшитасиз"  3 00:32Александр Крестинин: "Яратган вазиятларимизнинг учдан бир қисминиголга айлантира олганимизда ҳам бугун ғалаба қозонган бўлардик"  2 00:30Париж-2024 финал. Франция - Испания 3:5, Анри бошчилигидаги Франция ютқазди  0 00:12Расман: Давид Де Хеа – "Фиорентина" дарвозабони!  5 23:47Испания Францияни қўшимча бўлимларда мағлуб қилиб, Париж Олимпиадаси олтин медалларига эга чиқди!  22 22:30Денис Коростиченко: "Жамоада катта ўзгаришлар рўй берди. Суперлигада жон сақлаб қолиш эмас, юқорироқ ўрин эгаллашни мақсад қилганмиз"  3 22:09Про лига. "Қўқон-1912" меҳмонда "Машъал" устидан ғалаба қозонди  3 21:35Суперлига. "Локомотив" - "Олимпик" 1:1  8 21:17Суперлига. "Олимпик" ҳамон "тирик" экан, ёш футболчилар "Локомотив" билан дуранг ўйнашди  6 21:10Ольмо "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши маълум бўлди  5 20:45"Челси" тез орада 60 млн евролик трансферни амалга оширади  5 20:17Париж-2024. Франция ва Испаниянинг финал ўйини учун бошланғич таркиблари аниқ  1 19:45ПСЖ 40 млн еврога ҳимоячи сотиб олди  1 19:18"Тоттенхэм" "Борнмут" юлдузини трансфер қилмоқда  1 18:58Про лига. "Машъал" – "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  2

OFK U23. Dastlabki turning ramziy terma jamoasi Yangiliklar

OFK U23. Dastlabki turning ramziy terma jamoasi

Qatarda U23 Osiyo chempionati guruh bosqichi 1-tur o'yinlari yakuniga etdi.

Biz ilk turda o'zini ko'rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.

Darvozabon:
Somporn Yos (Tailand)  

Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda tailandlik posbon juda yaxshi o'ynadi. Uchrashuv davomida raqiblarning 5ta zarbasidan so'ng seyv qilgan Somporn 13-daqiqada penaltidan Mustafo Al Bassas tomonidan yo'llangan zarbani qaytarishga ham erishdi.



Himoyachilar:
Abdulkarim Hassan (Qatar)
Naomichi Ueda (Yaponiya)
Ali Fayoz (Iroq)
Yeon Jei Min (Janubiy Koreya)

Qatar olimpiya terma jamoasi sardori bo'lgan Abdulkarim Hassan Xitoyga qarshi bahsda qahramonga aylandi. Hisob 0:1 bo'lib turgan paytda hisobni tenglashtirgan va chiroyli zarba bilan jamoasini oldinga olib chiqqan aynan Hassan bo'ldi. Malumot uchun, bu futbolchi OCHL-2015da "Al Sadd" safida "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda (6:2) maydonga tushgan Mamur Ikromov darvozasiga gol urgandi.


Yaponiya terma jamoasi musobaqani kichik hisobdagi g'alaba bilan boshladi. KXDR bilan bahsda yagona golni yaponiyalik himoyachi Naomichi Ueda raqib darvozasiga urdi. Bundan tashqari Ueda himoyada ham ishonchli o'ynadi.


Iroqlik Ali Fayoz Yaman bilan uchrashuvda penaltidan hisobni ochdi. Bu futbolchi jamoasining hujumlarini boshlashda va raqib hujumini qaytarishda faol bo'ldi.



Koreyalik Yeon Jei Min O'zbekiston bilan o'yinda asosiy hujumchimiz bo'lgan Igor Sergeevga umuman o'yin bermadi. Jei Min Sergeevni o'yin davomida "qo'riqlab" yurdi va gol urishga imkon bergani yo'q.



Yarim himoyachilar:
Dostonbek Hamdamov (O'zbekiston)  
Abdulla Ali (BAA)
Mun CHang Jin (Janubiy Koreya)

Ramziy terma jamoaga O'zbekistondan bir futbolchini kiritdik. O'yin davomida boshqa sheriklariga nisbatan biroz faolroq bo'lgan Hamdamov ikkinchi bo'limda chiroyli gol urishga erishdi. 2015 yilda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Dostonbek keyingi o'yinlarda ham o'zini ko'rsatadi deb o'ylaymiz.


O'zbekistonga qarshi bahsda o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ygan Mun CHang Jin haqli ravishda ramziyga kiritildi. Bu futbolchi yaratilgan imkoniyatdan unumli foydalana olishini barchamizga ko'rsatib qo'ydi.


BAA sardori Abdulla Ali tashqi ko'rinishidan Umar Abdulrahmonga o'xshab ketadi. O'yin uslubi ham o'xshaydi. Avstraliyaga qarshi bahsda Ali anchagina faol o'ynadi. SHu bois uni ramziy terma jamoaga munosib ko'rdik.



Hujumchilar:
Arsalan Motaxxari (Eron)
Baha Faysal (Iordaniya)
Muhammad Al Saiari (Saudiya Arabistoni)

Eronlik Araslan Motaxxari "Naft tehron" safida OCHL-2015da "Paxtakor"ga qarshi bahslar orqali muxlislarimizga tanilgan. U Suriya bilan o'yinda chiroyli tarzda gol urib hisobni ochdi. Bahs oxirida aynan uning pasidan so'ng sherigi ikkinchi bor to'p kiritdi.


Birinchi turda dublga erishgan uchinchi futbolchi bu Iordaniya terma jamoasi azosi Baha Faysal bo'ldi. Hujumchi Vetnam bilan o'yinda o'z hisobiga ikkita gol yozib qo'ydi.


Saudiya Arabistoni ilk turda Tailand bilan o'yinda durang o'ynadi - 1:1. Arablarning yagona golini Muhammad Al Sairai urdi. Bundan tashqari 13-daqiqada Al Saiari penalti ishladi. Biroq sherigi 11 metrli jarima to'pidan gol ura olmadi.



Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика