So’nggi yangiliklar

12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  1 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  3 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  12 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11

OFK to'xtab qolgan JCH-2022 saralash bahslarini yodga oldi Yangiliklar

OFK to'xtab qolgan JCH-2022 saralash bahslarini yodga oldi

Agar koronavirus bo'lmasa jahon chempionatiga saralashning ikkinchi bosqichi shu yilning o'zidayoq yakun topishi kerak edi.

Biroq koronavirus chiqib hammasini ostin-ustun qilib yubordi. Endilikda to'xtab qolgan bahslar kelasi yildan davom ettiriladi. Dastlabki ikki tur mart oyida o'tkazilsa, qolgan ikkita tur iyunning birinchi yarmiga qadar o'tib bo'ladi. 

SHundan so'ng keyingi bosqichga yo'l oladigan 12 jamoani bilib olamiz. OFK rasmiy sayti to'xtab qolgan JCH-2022 saralash bahslarini yodga oldi va har bir guruhdagi vaziyatga to'xtaldi. 

Malumki, JCH saralashning ikkinchi bosqichida jami 40ta jamoa kurash olib bormoqda. Jamoalar beshtadan 8 guruhga bo'lingan. Har bir guruhdan guruh g'oliblari hamda eng yaxshi ko'rsatkichga ega 4ta jamoa - jami 12 jamoa saralashning uchinchi raundiga yo'l oladi.

 

O'zbekiston terma jamoasi "D" guruhidan joy olgan bo'lib, 9 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi o'rindagi Saudiya Arabistoni hisobida 8 ochko mavjud. Bizda uchta o'yin qolgan, Saudiya Arabistonida esa 4ta. Bo'lib ham saudiyaliklar biz bilan Ar Riyodda o'ynaydi va bu eng markaziy bahsga aylanadi. 

OFK sayti "D" guruhidan qaysi jamoa keyingi bosqichga chiqadi?" deb so'rovnoma o'tkazishga ham ulgurdi va bunda Saudiya Arabistoni 60,94 foiz ovoz to'pladi. Milliy terma jamoamiz 27,84 % bilan ikkinchi bo'ldi. SHuni aytish kerakki, hozircha hammasi o'z qo'limizda. Agar navbatdagi uchta o'yinni ijobiy yakunlasak, guruh bahslarini albatta birinchi o'rin bilan tugatamiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика