So’nggi yangiliklar

23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  4 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  11 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9

OFK sayti: Osiyo Kubogida qahramon bo'lishi kutilayotgan 5 futbolchi Yangiliklar

OFK sayti: Osiyo Kubogida qahramon bo'lishi kutilayotgan 5 futbolchi

Teglar :  Osiyo Kubogi
Qishda barchaning etibori BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi-2019 musobaqasiga qaratiladi. Malumki, tarixda ilk bor ushbu musobaqada 24ta jamoa ishtirok etadi.

OFK rasmiy sayti hozir eng yaxshi formada bo'lib turgan futbolchilar orasidan 5 nafarini tanlab Osiyo Kubogi-2019 qahramoni bo'lishini taxmin qildi. Quyida shu futbolchilarni keltirib o'tamiz.

1. Alirizo Beyranvand ("Persepolis" va Eron)
25 yoshli darvozabon haqida ko'pchilik iliq fikrda. Beyranvand JCH-2018da Eronning yaxshi futbolchilaridan biri bo'ldi. U hatto Krishtianu Ronalduning penaltidan zarbasini qaytarishga erishdi. Alirizo bemalol Osiyo Kubogida ham o'zini ko'rsata oladi. Bo'yi 194 sm. bo'lgan darvozabon har tomonlama ajoyib ko'rsatkichga ega.

2. Gen SHoji ("Kashima Antlers" va Yaponiya)
Gen SHoji ham jahon chempionatida o'zidan iliq taasssurot qoldirdi. U "samuraylar"ning pley-offga chiqishida katta hissa qo'shdi. SHoji "Kashima" tarkibida OCHLda 41 marta maydonga tushgan. Mutaxassislar uni yapon futbolining kelajagi sifatida etirof etishmoqda.

3. Hassan Al Haydos ("Al Sadd" va Qatar)
2011 yil Osiyo chempionlar ligasida zafar quchgan ushbu futbolchi Qatar termasining asosiy o'yinchilaridan biri hisoblanadi. 27 yoshli Hassan Al Haydos 8 yoshidan beri "Al Sadd" klubida to'p tepib kelyapti. Al Haydos terma jamoadagi sheriklari Akram Afif, Ali Asad kabi futbolchilar bilan yaxshi til topishib keta oladi.

4. Jao Xuri ("Tianjin Kuanjian" va Xitoy)
Jao 2016 yildan beri "Tianjin" safida o'ynab kelyapti. U bungacha ikki bor "Guangju Evergrand" bilan OCHLda g'olib chiqqan. Jao faxriy futbolchi bo'lishiga qaramay, hamon bir tekis o'ynashda davom etmoqda. U Osiyo Kubogida Xitoyning asosiy o'yinchilaridan biri bo'lishi mumkin.

5. Ruzbeh CHeshmi ("Istiqlol" va Eron)
24 yoshli himoyachi jarohati sabab jahon chempionatida ko'p o'ynay olmadi. Ammo hozir o'zini ancha yaxshi his qilyapti va klubi "Istiqlol" bilan OCHL o'yinlariga tayyorgarlik ko'rmoqda. CHeshmi OCHL guruh bahslarida o'zini har tomonlama ko'rsata oldi.

Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика